Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi-fayllar.org
MILLIY MENTALITET VA UNING IJTIMOIYLASHUVIDA TUTGAN O’RNI O’zbek xalqi o’ziga xos etnik muhitga egadir. Bunday muhitda bolalar
yoshligidan o’z ona (milliy) tillarining va unda o’z
aksini topgan ertaklar
,
afsonalar,
rivoyatlar
, maqollar, ashulalarning ta‘sirida bo’ladilar. Bolalar asta-sekin
milliy
an‘analar,
urf-odatlarning
aniq
me‘yorlariga
ko’nikishadi.
O’quvchilar
milliy tarixni
, adabiyotni o’rganish va ona tillarida turli ma‘lumotlarni
olish orqali o’smirlik yoshidayoq o’z etnik va umummilliy mansubliklarini anglay
boshlaydilar.
Etnomadaniy sharoitlarning ijtimoiylashuviga ta‘siri mentalitet darajasida
nisbatan yorqin namoyon bo’ladi. ―Mentalitet‖ tushunchasi XX asr boshida fransuz
olimi L. Levi-Bryul tomonidan fanga kiritilgan. Mentalitet ―etnos‖ (xalq, elat)
tushunchasi bilan chambarchas bog‗liqdir.
Etnos-bu tarixan bir hududda shakllangan, til,
madaniyat
, ruhiyatning
umumiy, nisbatan barqaror xususiyatlariga ega bo’lgan,
shuningdek
, boshqa
shunday tuzilmalardan o’z o’zini anglashi bilan ajralib turuvchi insonlar
majmuasidir. Biron bir etnosga mansublik tug‗ilishdanoq bo’lmay, ijtimoiylashuv,
shaxsning muayyan
madaniy sohadagi shakllanishi
, bolaning axloqiy steriotiplarni
o’zlashtirishi davomida namoyon bo’ladi. Mentallik insonning olam, o’zining bu
olamda tutgan o’rni haqidagi tasavvurlari asosida yotgan obrazlar tizimi bo’lib,
biron-bir davrdagi u yoki bu etnik guruhga xos bo’lgan dunyoqarashdir.
―Mentalitet” kategoriyasi hozirgi vaqtda gumanitar fanlarda an‘analar va
madaniyat orqali aniqlab beriluvchi ommaviy dunyoqarashning tarkibini ifodalash
uchun ishlatilmokda. Mentalitetning turli ta‘riflari mavjud bo’lib, anglanmagan
darajada jamoa tasavvurlari majmuasidir. Mentalitet muayyan tabiiy-iqlimiy va
tarixiy-madaniy sharoitlarda shakllanadi.