Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi


Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi xususiyatlarini tavsiflang



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə45/57
tarix22.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#190472
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   57
Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi-fayllar.org

3. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi xususiyatlarini tavsiflang.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi tutgan o’rni, mohiyati haqida fikr 
yuritishdan ilgari «Ijtimoiy pedagogika» atamasiga e‘tiborni qaratish zarur. Zero 
unda mustaqil ―Ijtimoiy‖, ―Pedagogika‖ yo’nalishdan iborat bo’lgan mustaqil fan 
mujassamlashgandir. Bir necha fanlarning bunday birlashuvi tasodifiy xol 
bo’lmasdan balki, u ixtisoslashuv jarayonlari bilan bog‗liqdir. Darhaqiqat fan 
olamida keyingi yillarda ixtisoslashuv jarayoni bir muncha rivojlandi. Buni 
birgina pedagogika fani misolida ham ko’rishimiz mumkin. Jumladan, 
«Maktabgacha pedagogika», «Maktab pedagogikasi», «Maxsus pedagogika», 
«Kasb-xunar 
pedagogikasi», 
«Oila 
pedagogikasi», 
kabilar.
4. Ijtimoiy pedagogikaning atamalariga ta’rif bering.
Ijtimoiy‖ (lotincha – socialis – umumiy) tushunchasining 
asosini shaxslar

shaxslararo munosabatlarning turli shakllari bilan bog‗liq jarayonlar tashkil 
etadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, agarda pedagogika o’sib kelayotgan 


2 kurs talabasi (………)


130
yosh avlodlarning ta‘lim-tarbiyasi haqidagi fan bo’lsa, ijtimoiy pedagogika ta‘lim-
tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatdagi hayotga qo’shilishiga bog‗liq 
qonuniyat va xodisalarni o’rganadi. Bu o’rinda shuni ham aytib o’tish joizki, 
bolaning jamiyatga ―kirish‖ 
jarayoni
, uning muayyan ijtimoiy tajribani qo’lga 
kiritishi (bilim, qadriyat, yurish-turish qoidalari) bilan bog‗liqdir. Buni 
ijtimoiylashuv deyiladi. 
Tarbiya nazariyasining mohiyati. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining
muhim tarkibiy qismi bo’lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, shakl, metod, vosita
va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o’rganadi. Hayotga yangicha
siyosiy va iqtisodiy nuqati nazardan yondashish o’sib kelayotgan yosh avlod
tarbiyasi bilan bog‗lik jarayonni ham qaytadan ko’rib chiqishni taqozo etmoqda.
Tarbiya nazariyasi Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya
borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o’z qoidalarini asoslash
uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi larning
ma'lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa
bo’limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta'lim nazariyasi hamda xalq ta'limi
tizimini boshqarish bilan uzviy bog‗lik.
Tarbiya jarayonining mazmuni.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida
shaxsni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib
toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan
maqsad yo’lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-
atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat jarayonidir.
Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo’lib, uning
mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g‗oyasi turlicha
ifodalangan bo’lsada, ammo yo’naltiruvchanlik xususiyati hamda ob'ektiga ko’ra
yakdillikni ifoda etadi.
Tarbiya xususida taniqli o’zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi:
«Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo
saodat – yo falokat masalasidur»20. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi


2 kurs talabasi (………)


131
xussiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi,
davlatlarning qudratli bo’lishi avlodlar tarbiyasiga ko’p jihatdan bog‗lik.
O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritgach,
ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. Islohotlarning
asosiy g‗oyasi respublikaning riojlanish va taraqqiyot yo’li deb e'tirof etilgan
demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish uchun xizmat qiladi.
Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish vazifasi o’sib
kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklanadi. O’zbekiston Respublikasining
«Ta'lim to’qrisida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» hamda
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qator asar va nutqlari,
chunonchi, «Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori»,
«O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli asarlarida mustaqil respublikada
ijtimoiy tarbiyani yo’lga qo’yish maqsadi va vazifalari belgilab berilgan.
Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan
pedagogik jarayon bo’lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta'sir
etish imkonini beradi.
Tarbiya jarayoni o’qituvchi va o’quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar
o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik
jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-
tuyg‗ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy aloqalarni
tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladi.
Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan
to’g‗ri uyushtirish g‗oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan
kelayotgan tarbiyaviy ta'sirlarga nisbatan ma'lum munosabatda bo’ladi. Bu
munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va
pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy)
ta'siri
bolaning
ularga
munosabatiga
bog‗likligini
ko’rsatadi.
Bola
faoliyatini
uyushtirishgina emas
, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan
turli kechinmalarni qanday anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan o’zi uchun


2 kurs talabasi (………)


132
nimalarni olayotganligini bilishi zarur. Zero, tarbiya ijtimoiy munosabatlarning
murakkablashib borishi asosida kechadi.
Tarbiya jarayonida o’quvchining ongigina emas, balki his-tuyg‗ularini ham
o’stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq
keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun
o’quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta'sir etib boriladi. Agar bularning
birortasi e'tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya
jarayoniga o’qituvchi rahbarlik qiladi. U o’quvchilar faoliyatini belgilaydi,
ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.
Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o’quvchilarning mustaqilligi,
ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat o’quvchilar jamoasi manfaati va
istagi asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning tengdoshlari va o’zini o’zi
anglash jarayoni yuzaga keladi. Bola o’z xulqi, xatti-harakati uchun jamoa oldida
javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol
qatnashchisi bo’lib qoladi.
Tarbiyani samarali yo’lga qo’yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi,
tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya
jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat.
Tarbiyada o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish
kerak bo’ladi. Bu jihat unutilsa, muayyan qarama-qarshiliklar vujudga keladi.
Faoliyat jarayonida hosil bo’lgan malaka va odatlar axloq me'yorlariga rioya
qilishni yengillashtiradi.
Demak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri – o’quvchilik
yillarida uning ongiga turli faoliyat (o’qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, o’yin, sport,
badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta'sir etish muhimdir. Aks holda xulq
me'yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida shaxs ijtimoiy
munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta'sirga beriluvchan bo’lib qolishi mumkin.
Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir
vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bo’ladi.


2 kurs talabasi (………)


133
Umumiy
pedagogika
jarayonida
tarbiya
muhim
o’rin
tutadi.
Shaxsni
shakllantirish
, boshqarish, nazorat xarakteriga ega bo’lib, bu borada
belgilangan vazifalar tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldinda belgilangan va
puxta o’ylangan rejalar asosida hal etib boriladi. Tarbiya jarayonida uning
maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o’zini-o’zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash
jihatlari muhim o’rin tutadi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida
belgilanib, uning amalga oshishi uchun ma'lum shart-sharoitlarning mavjudligi
talab etiladi. Ushbu g‗oyalar yaxlit tarzda quyidagicha aks etadi:
Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad
asosida tashkil etiladi. Tarbiya maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning
rivojlanish yo’nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy
maqsadi komil shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat.
Tarbiya jarayonining natijasi. Tarbiyaning natijasi yuksak ma'naviy va
axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalashdir. Bu
jarayon ikki tomonlama bo’lib, uyushtirish va rahbarlik, shuningdek, o’quvchi
shaxsining o’zi tomonidan faollik ko’rsatilishini taqozo etadi. Bu jarayonda
pedagog yetakchi rol o’ynaydi. Chunki u ijtimoiy tarbiyaning umumiy
maqsadlari
mohiyatini tushunadi
, maqsad yo’lida amalga oshiriladigan vazifalar
tizimidan yaxshi xabardor, tarbiya shakl, metod va vositalarini asosli, ilmiy tarzda
tanlab oladi va tarbiya jarayoniga tatbiq etadi.
Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga har tomonlama yondashish bilan
muvaffaqiyatli tarzda, ilmity tahlil qilish mumkin.
Shaxs tarbiyaning natijasi sifatida shakllanadigan ijtimoiy mavjudotdir.
Shaxsning ko’pdan-ko’p xislatlari bir-biridan ajratilgan emas, balki o’zaro
mustahkam bog‗langan. Tarbiya jarayonida bolaning shaxsiyati ayrim-ayrim emas,
balki yaxlit ravishda rivojlanadi.
Bola o’sib va rivojlanib borgani sari tarbiya vazifalari murakkablashib,
chuqurlashib, tabahalashib boradi.


2 kurs talabasi (………)


134
Har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalash unga izchil ravishda aqliy,
g‗oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat, estetik,
jismoniy
, ekologik, iqtisodiy hamda
huquqiy tarbiya berish, o’quvchilarning ongi, xulq-atvori va faoliyatining birligi,
shuningdek, tarbiya jarayonini tashkil etishning yakka, guruhli va ommaviy
shakllarini qo’shib olib borilishini ta'minlaydigan pedagogik tizimlarni vujudga
keltirish va bu tizim g‗oyalariga amal qilishni talab etadi.
Ijtimoiy tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy fazilatlarini shakllantirish, uning
atrof-tevarak, jamityat, odamlar hamda o’ziga nisbatan munosabatlari doirasini
vujudga keltirish va uni kengaytirishga qaratilgan. Shaxs ishtirok etadigan ijtimoiy
munosabatlar tizimi qanchalik keng, xilma-xil va chuqur bo’lsa, uning ma'naviy
dunyosi shunchalik boy bo’ladi.
O’z tabiatiga ko’ra tarbiya jarayoni ko’p omilli xarakterga ega. Ya'ni, bola
shaxsining qaror topishi oila, ta'lim muassasasi, jamoatchilik, ijtimoiy muhit,
shuningdek, vaziyatlar xilma-xilligi, bevosita va bilvosita ta'sirlar ostida ro’y
beradi.
Tarbiya jarayonining natijalari odatda bir xil xarakterda bo’lmaydi. Bu narsa
o’quvchilarning psixologik (individual, tipologik), fiziologik
va jismoniy
xususiyatlari
, ularning hayotiy va ma'naviy tajribasi, shaxsiy pozitsiyasiga bog‗lik.
Tarbiya jarayoni, odatda, o’z-o’zini tarbiyalash, o’z-o’zini qayta tarbiyalash,
bolaningsh atrof-muhitdagi u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida
vujudga keladigan munosabatlar va ularning xususiyatlarini bartaraf etish bilan
olib boriladi.
O’zini o’zi tarbiyalash shaxsni o’zida ijtimoiy qadrga ega bo’lgan
fazilatlarni hosil qilish va takomillashtirishga hamda salbiy xislatlarni bartaraf
etishga qaratilgan ichki faoliyat sifatida ta'riflanadi.
O’z-o’zini qayta tarbiyalash shaxsning o’zidagi salbiy odatlar, xarakteridagi
zararli sifatlarni yo’qotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyati
jarayonidir. Bola xulqidagi «og‗ish»lar oiladagi nosog‗lom muhit, ota-onaning
tarbiyada yo’l qo’ygan xatolari, o’qituvchi faoliyatidagi kamchiliklar asosida
vujudga keladi. qayta tarbiyalash jarayonida salbiy xulqni hosil qilgan sabab,


2 kurs talabasi (………)


135
sharoit o’zgartiriladi, qayta tarbiyalashda maktab va shaxsning shaxsiy ta'sirini
oila, shu jumladan, ota-ona ham ma'qullashi lozim.
Demak, qayta tarbiyalash o’quvchining o’zigagina emas, balki uning ota-
onasiga ham qaratilishi lozim.
2.Ijtimoiy tarbiyaning asosiy vazifalari. Ijtimoiy tarbiyani tashkil etish
jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Ushbu vazifalar ijtimoiy tarbiya
maqsadidan kelib chiqib belgilanadi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasida ayni
vaqtda yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonida quyidagi vazifalarni
hal etish muhim ahamiyat kasb etmoqda:
a) yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda keng dunyoqarashni tarkib
toptirish, o’z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va amal birligi hissini
uyg‗otish;
b) o’quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar mohiyatidan ogoh etish,
chuqur bilim va tafakkurga ega yoshlarni tarbiyalash, ularning ongini boyitish;
v) umuminsoniy axloq me'yorlari (odamiylik, kamtarlik, o’zaro yordam,
mehr-muhabbat, muruvvat, alodatni yoqlash, insonparvarlik, axloqsizlikka
nisbatan nafrat va hokazolar)ning mohiyatini anglash, o’quvchilarda muomala
odobi, yuksak madaniyatni qaror toptirishga erishish;
g) o’quvchilarda huquqiy va axloqiy me'yorlarga hurmat ruhida yondashish
hissi va fuqarolik tuyg‗usi, ijtimoiy burchga mas'ullikni qaror toptirish;
d) tabiatni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni yuzaga keltirish
borasidagi mas'uliyatni tarkib toptirish;
j) vatanparvarlik va baynalminallik tuyg‗usini shakllantirish, o’zga millat va
xalqlarni hurmat qilish, ularning huquq va burchlarini kamsitmaslik tuyg‗usini
qaror toptirish;
z) mustaqil davlat – O’zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga
to’g‗ri va xolisona baho berishga o’rganish;
i) insonni oliy qadriyat sifatida qadrlash, uning sha'ni, or-nomusi, qadr-
qimmati, huquq va burchlarini hurmat qilishga o’rgatish va boshqalar.


2 kurs talabasi (………)


136
O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy tarbiyaning umumiy
vazifalari ana shulardan iborat.
Shu bilan birga ijtimoiy tarbiya yo’nalishlari – axloqiy, aqliy, jismoniy,
ekologik, iqtisodiy, huquqiy va siyosiy tarbiyaning xususiy maqsadidan kelib
chiqqan holda bir qator vazifalar amalga oshiriladi. Chunonchi,
1) axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o’quvchilarni ijtimoiy-axloqiy
me'yorlar mazmunidan xabardor etish, ularga axloqiy me'yorlarning ijtimoiy
hayotdagi ahamiyatini tushuntirish, ularda ijtimoiy-axloqiy me'yorlar (talab va
ta'qiqlar)ga nisbatan hurmat hissini qaror toptirish asosida axloqiy ong va
madaniyatni shakllantirish;
2) aqliy tarbiyani yo’lga qo’yish chog‗ida - o’quvchilarni ilm-fan, texnika va
texnologiya borasida qo’lga kiritilayotgan yutuqlar, yangilik va kashfiyotlardan
boxabar etish, ularga ijtimoiy va tabiiy fanlar asoslari xususidagi bilimlarni berish
tarzida tafakkurni shakllantirish, dunyoqarashini rivojlantirish;
3) jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o’quvchilarni o’z
sog‗liklarini saqlash va mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy jihatdan
to’g‗ri rivojlanishi hamda uning ishchanlik qobiliyatini oshirish borasida
g‗amxo’rlik qilish tuyg‗usini yuzaga keltirish, ularda yangi harakat to’rlari
borasida ko’nikma va malakalarni hosil qilish, ularni maxsus bilimlar bilan
qurollantirish, o’quvchilarning yoshi, jinsiga muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik,
chaqqonlik, chidamlilik, sabot, mehnat, chidam, iroda va xarakterni qaror toptirish)
asosiy harakat sifatlarini rivojlantirish, ularda shaxsiy gigienani saqlashga nisbatan
ongli
munosabatlarni tarbiyalash
;
4) estetik tarbiyani olib borish jarayonida – o’quvchilarda estetik his-tuyg‗u,
estetik didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, estetik ehtiyojlari va
go’zallikni sevish, go’zallikka intilish tuyg‗ularini rivojlantirish, estetik
madaniyatni shakllantirish;
5) ekologik tarbiyani olib borish chog‗ida – o’quvchilarga ekologik bilimlar
berish asosida shaxs, jamiyat va tabiat birligi hamda aloqadorligini o’quvchilarga
tushuntirish, ularda ekotizimning inson, insoniyat, jamiyat taraqqiyotidagi muhim


2 kurs talabasi (………)


137
o’rni va mohiyati borasidagi tushunchalarni qaror toptirish, tabiatga nisbatan
ehtiyotkorona va mas'uliyat bilan munosabatda bo’lish, tabiatni asrash to’g‗risida
g‗amxo’rlik qilish kabi tuyg‗ularni qaror toptirish, shuningdek, ekologik
madaniyatni shakllantirish;
6) iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o’quvchilarga iqtisodiy
bilimlarni berish asosida mamalakat iqtisodiy barqarorligini ta'minlash, bozor
infrastrukturasi qoidalariga amal qilish, ichki bozorni to’ldirish, kichik va o’rta
biznesni yaratish borasidagi faoliyat jarayonida ishtirok etish ko’nikma va
malakalarini hosil qilish, inson mehnati bilan bunyod qilingan moddiy boyliklarni
asrash, ularni ko’paytirish borasida qayg‗urish tuyg‗ularini qaror toptirish,
iqtisodiy madaniyatni shakllantirish;
7) huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o’quvchilarga davlat
Konstitutsiyasi, davlat haqidagi ta'limot, fuqarolik, oila, mehnat, xo’jalik, ma'muriy
nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma'nosini tushuntirish,
ular ogiga ijtimoiy-huquqiy me'yorlarning shaxs va jamiyat hayotidagi ahamiyati
haqidagi tushunchalarni singdirish, huquqiy munosabatlar mohiyati yuzasidan
tasavvurga ega bo’lishlarini ta'minlash, ularda huquqiy ong, shuningdek, huquqiy
faoliyatni tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarni hosil qilish, huquqiy
madaniyatni shaklllantirish;
8) g‗oyaviy-siyosiy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o’quvchilarga
siyosiy
bilimlarni berish
, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, fuqarolik jamiyati
asoslari, milliy davlat tuzilishi, davlat organlari faoliyati, shuningdek, O’zbekiston
Respublikasining ichki va tashqi siyosati mazmunini o’rganishni ta'minlash asosida
o’quvchilarda siyosiy faoliyat ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish, siyosiy
madaniyatni shakllantirish va hokazolar.
3.Tarbiya tamoyillari. Tarbiya mazmunida oldinga qo’yilgan maqsad va
vazifalarga muvofiq o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilim,
ko’nikma va malakalar, shaxs xulq-atvori hamda sifatlari mohiyati aks etadi.
Tarbiya mazmuni shaxsning shakllanishiga qo’yiluvchi ijtimoiy talablar
mohiyatidan iborat bo’lib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari


2 kurs talabasi (………)


138
mohiyati va darajasi, shuningdek, jamiyat mafkurasi g‗oyalari asosda belgilanadi.
Zamonaviy tarbiya mazmunida quyidagi tamoyillar yotadi:
Tarbiya maqsadining aniqligi. O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy
mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada, amalga oshirilishi ko’zda
tutilayotgan tarbiya maqsadi aniq belgilab olindi. O’zbekiston Respublikasining
«Ta'lim to’qrisida»gi qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»
g‗oyalariga ko’ra ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi – erkin, ijodkor, mustaqil
fikr egasi bo’lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga
yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo’lidagi asosiy vazifa - bu shaxsda
umumiy madaniyat unsurlari, ya'ni, shaxsning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik,
iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalashdan
iborat.
Bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati. O’qituvchilarning bolalar bilan
ma'naviy madaniyatini shakllantirishning eng yaxshi namunasini izlash, shu
asosida tarbiyachi ishining hayotiy me'yor va qadriyatlarini aniqlash o’quvchining
tarbiya jarayonidagi faolligini ta'minlashga olib keladi. Dunyoqarashi hali to’la-
to’kis shakllanmagan bolalar uchun kattalarning hayotiy tajribalari, ularning
shaxsiy namunalari tarbiyaviy ta'sir kuchiga ega.
O’z-o’zini anglash. Tarbiya insonda e'tiqod, demokratik qarashlar va hayotiy
pozitsiyaning shakllanishiga olib keladi. Tarbiya mazmunining eng muhim
unsurlaridan biri – bu insonning hayotiy o’z-o’zini anglashi, uning o’z shaxsiy
hayoti va faoliyatining sub'ekti sifatida e'tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson
kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy o’z-o’zini anglash jihatlari muhim
ahamiyatga egadir.
Tarbiyaning shaxsga yo’naltirilganligi. Mazkur g‗oya ta'lim muassasasi
amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlar, ularning
shakl, metod va vositalari emas. Balki o’quvchi turganligini anglatishga xizmat
qiladi. Tarbiya jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, o’ziga
xos
xarakteri
, o’z qadr-qimmatini anglash tuyg‗ulari rivojlantirilib borilishi zarur.


2 kurs talabasi (………)


139

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin