TARBIYA VA IJTIMOIY TARBIYA 1. Tarbiya va ijtimoiy tarbiya tushunchalarini izohlang
Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon ; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida
2 kurs talabasi (………)
129
koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. T. insonning insonligini taʼminlaydigan eng qad. va abadiy qadriyatdir. T.siz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar T. tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi. 2. Ijtimoiy tarbiyaning maqsad va vazifalarini aytib bering
Pedagogik adabiyotlarda "T." atamasi keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda T. inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarish.i va ijtimoiy , madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini taʼminlashga karatilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar , intilishlar yigindisini anglatadi. Bunday tushunishda T. faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas , balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi goyalari , adabiyot, sanʼat, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek , keng maʼnodagi T. tushunchasi ichiga taʼlim va maʼlumot olish ham kiradi.