qayg‘urayotgan (kechikayotgan o‘rtog‘ini «hozir kelib qoladi», deb
oqlayotgan) talaba, o‘rtoqlaridan o ‘ziga nisbatan xuddi shunday
munosabatlarni kutadi. Hatto bunday munosabat qaytarilm asa,
undan xafa ham bo‘ladi.
Niqoblangan egoiz.m
-Bu nazariya tarafdorlari n in g ta’kidlashicha,
altruistik harakat qilayotganda kishi o‘ziga
baho berish, o‘ziga
bo'lgan ishonch yoki hurm atning asosida yotgan ehtiyojlarni
qondiruvchi o‘zidan qoniqish va g‘ururlanish kabi hissiyotlarni
boshidan kechiradi. Bu esa odamga juda katta psixologik kuch
beradi. Masalan, eridan bitta farzand
bilan beva qolgan yosh
ayol turm ushga chiqmaydi. Uni altruist deymiz. «Bechora bolasi
uchun gulday hayotini qurbon qildi», deb qo‘llab-quvvatlaymiz.
Lekin chuqurroq tahlil qilinsa, asosiv sabab: ona turm ushga
chiqsa va o‘gay ota bolasiga yomon munosabatda bo‘lsa,
birinchi
navbatda onaning o ‘zi bezovta bo‘ladi, qiynaladi. Ya’ni altruis
tik xulqning asosi olzining xotirjamligini ta ’m inlashdir. (F ar
zand xursand b o isa, o ‘zi xursand bolladi, xotirjam b oiadi.) Yoki
boshqa bir misol. Talaba uy vazifasini bajarmagan o‘rtog‘iga daf-
tarini ko‘chirish uchun berib turdi. Bu bilan u go‘yoki o ‘rtog‘iga
m anfaat kutmagan holda yaxshilik qildi,
lekin buning asosida
shu o‘rtog‘i uchun sevimli bo‘lish istagi yotmaydi, deb ham aytib
bo‘lmaydi.
Ikkinchi nazariya tarafdorlari birinchi nazariyaga alternativa
sifatida chiqishadi va ular altruistik xulqning
asosida hech qanday
manfaatdorlik yotmaydi, degan fikrni ilgari surishadi. Ular altru
istik xulqni tushuntirishda quyidagicha nuqtayi nazarlarni tak lif
etishadi:
1. Empatiya nazariyasi. Bunda altruistik xulqdagi kishi tabiiy
holatda, o‘zi ham anglam agan holda boshqalar uchun qayg'urish
va g‘amxo‘rlik qilishga moyil bo‘ladi.
Bunday odam lar qiynala-
yotgan kishilarni ko'rsa, o ‘z-o ‘zidan altruistik xulqni namoyon
qiladilar.
2. Ijtimoiy m e’yortiv nazariya. Bu nazariya tarafdorlari-
ning fikricha, kishi ijtimoiy rol va ijtimoiy m e’yorlarni
yaxshi
o‘zlashtirganlari uchungina altruistik xulqni namoyon qiladi.
Bunday odam lar sirasiga ayniqsa m a’lum bir dinga e ’tiqod qiluv-
chilar, jam iyatda mavjud bo‘lgan m a’lum bir qadriyatlarga, ijti
moiy m e’yorga qat’iy amal qiluvchilar kiradi. М.: Transportda o‘zi
charchagan yoki kasal bo‘lsa-da, o‘zidan kattaga joy bo‘shatish,
kim ningdir yukini ko‘tarishib yuborish va h.k.
Bundan tashqari altruistik xulqni tushuntirishda quyidagi
yo‘nalishga asoslanuvchi nazariyalar ham mavjud.
U lar altruistik
xulqning asosida qanday mohiyat yotganligiga ko‘ra quyidagilarni
ajratib ko'rsatishadi:
A ltruistik xulqni namoyon qilayotganda
Dostları ilə paylaş: