affektiv qismi (emotsional)
— o‘sha obyektni
hissiy-emotsional baholash bolib, obyektga nisbatan yoqtirish
yoki yoqtirmaslik tarzidagi hissiyotlar kiradi.
Konativ qism
— xulq-atvor bilan bog‘liq qism bo‘lib, unga
obyektga nisbatan amalga oshiriladigan xatti-harakatlar, aynan
xulq-atvor ko‘rinishlari kiradi. Xulq-atvor komponenti o‘z ichiga
obyektga nisbatan real (inson tom onidan bajarilayotgan) yoki po-
tensial (shaxs bajarishga tayyor bo‘lgan) xatti-harakatlarni qam -
rab oladi.
Ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganish jarayonida ularning jam iyat
da bajaradigan uchta asosiy vazifalarini ajratish muhimdir:
1. Bilish funksiyasi.
M azkur funksiya shaxsga ijtimoiy obyekt-
lar haqidagi bilim larni operativ qabul qilish im konini beradi. Ijti
moiy ustanovkaning bilish funksiyasi kognitiv tarkib orqali rea-
lizatsiya qilinadi (amalga oshiriladi).
2. Ifodalash funksiyasi.
Bu funksiya shunda namoyon bo‘-
ladiki, ijtimoiy ustanovkalar insonning jam iyat bilan m uno-
sabatlarida uni shaxs sifatida taqdim qiladi. M azkur funksiya
asosan ijtimoiy ustanovkaning emotsional komponenti orqali
amalga oshiriladi.
3. Moslashtiruvchi
funksiya.
Bu
funksiya quyidagilarda
namoyon boiadi: agarda ijtimoiy ustanovkalar jam iyatning (gu-
ruhning) real holatiga mos kelsa, u holda ular individga m azkur
jamiyatga (m azkur ijtimoiy guruhga) moslashishiga imkon bera
di. Ijtimoiy ustanovkaning bu funksiyasi asosan uning xulq-atvor
komponenti orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy ustanovka muammosining rus psixologiyasida
o‘rganiIishi
Tadqiqotchilarni har doim shaxs ustanovkalari uning qila-
yotgan ishlariga qanchalik darajada ta ’sir qilishi qiziqtirib kel-
gan. Shaxsning qarashlari, his-tuyg‘ulari orqali uning jam iyatdagi
xulq-atvori aniqlanadi, bu xulq-atvorni o‘zgartirish uchun aqlni
va yurakni o‘zgartirish kerak, degan taxm in mavjud.
«Ustanovka» tushunchasini rus psixologiyasiga gruzin psixo-
logiya m aktabining yetakchisi D.N. U znadze olib kirgan, bu tu-
shuncha ruscha «ustanovka» so‘zidan olingan bo‘lib, yo‘nalish,
yo‘naltirish m a’nolarini anglatadi. Shundan kelib chiqqan holda
D.N. Uznadze ustanovkaga quyidagicha ta ’rif beradi: Ustanovka
— kishining tevarak-atrofdagi odam larga yoki obyektlarga q an
day m unosabatda bo ‘lish, ularni m a’lum darajada idrok qilish,
sezish, baho berish va ularga nisbatan qandaydir harakat qilish-
ga tayyorgarligini anglatadigan holatidir. Ijtimoiy ustanovkalar
esa sof ijtimoiy psixologik kategoriya sifatida o ‘ziga xos m azm un
kasb etadi va uning m a’nosi — yangicha tafakkur va dunyo-
qarashni shakllantiruvchi va o ‘zgartiruvchi ijtimoiy psixologik
m exanizm dir. D em ak, ijtimoiy ustanovka — shaxsning atrof-
m uhitida sodir bo ‘layotgan ijtimoiy hodisalarni, obyektlarni,
ijtimoiy g u ru h larn i m a’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va
ular bilan m unosabatlar o‘rnatishga yo'naltirilgan ruhiy ichki
hozirlik bo4ib, bu hozirlik asosida shaxsning dunyoqarashini
ham o ‘zgartirish m um kindir.
Ijtimoiy ustanovka tushunchasi (Obuxovskiy, 1972) insonlar
ning xatti-harakatlarini bashorat qilishda kundalik hayotda ham
qoilaniladi: «Nilufar bu konsertga borm asa kerak, chunki u es-
trada musiqasiga mutlaqo qarshi». Bu holatda kundalik hayotdagi
ijtimoiy ustanovka tushunchasi «munosabat» tushunchasiga ya-
qinroq yuradi.
L.I. Bojovich yo‘nalganlik m uam m osini o‘rgana turib, quyidagi
ta ’rifni beradi: «yo‘nalganlilik shaxsning ichki pozitsiyasi sifatida
ijtimoiy muhitga nisbatan shakllanib boradi. Ushbu ta ’rifdagi
«yo‘nalganlilik» tushunchasi ijtimoiy ustanovka tushunchasi bilan
bir qatorda turuvchi m a’noni bildiradi.
Shaxsning asosiy ijtimoiy-psixologik tavsiflaridan biri uning
ijtimoiy ustanovkalari hisoblanadi. Ijtimoiy ustanovka (social atti
tude — ingl.) bu insonning boshqa kishilarga, ijtimoiy guruhlarga,
tashkilotiarga, jam iyatda yuz berayotgan jarayonlarga va hodisa-
larga bo'lgan barqaror munosabatdir. Barcha mutaxassislar bir
fikrga kelishganki, ijtimoiy ustanovkalarni o ‘rganish shaxsni tu-
shunishga bo‘lgan ijtimoiy psixologik yondashuvdir.
Ijtimoiy ustanovka atamasi psixologiyada bir necha m a’nolarga
egaligi va g‘arb ijtimoiy psixologiyasida ijtimoiy ustanovkalarni
«Attitude» atamasi bilan nomlashganligini yuqorida qayd etib
o‘tgan edik.
Attityud tushunchasiga G.M .Andreyeva (1988) tom onidan
quyidagi to‘rt ilmiy yo‘nalishni belgilash asosida yanada oydinlik
kiritiladi:
1) muvofiqlashtirish — o ‘z maqsadlariga erishish uchun xiz-
mat qiluvchi attityudning obyektga nisbatan subyektni yo‘naltira
olishi;
2) bilish — u yoki bu obyektga nisbatan attityudning sodda-
lashtirilgan xulq-atvor ko'rsatmasini ta ’minlay olishi;
3) ifodalilik — shaxs o'z-o'zini idora qilishida attityud shaxs
sifatida o‘zini ifodalash uchun subyektning keskin, tang holatlari-
dan xalos qilish usuli sifatida namoyon eta olishi;
4) himoya — attityudning shaxs ichki ziddiyatlarini bartaraf
etishga xizmat qilishi. Demak, aytish m um kinki, attityudning
bu to ‘rt vazifasi ham inson va faoliyat taraqqiyoti uyg'unligiga
xizmat qiluvchi psixologik m uhofazaning qaror toptirilishiga
ko‘maklashishi tabiiy. Chunki ijtimoiy taraqqiyot omillari ham isha
inson ustanovkalari kamolotiga hamohangdir. Bu ham ohanglikni
to liq his etgan holda attityudni yanada kengroq ko‘lamda «ijti
moiy ustanovka» nomi bilan e ’tiro f etish qabul qilingan (V.A. Ya
dov, D .N .U znadze, G.M .Andreyeva, P.N.Shixerev, Sh.A .N a-
dirashvili, A.G. Asmolov va boshqalar.). Bu esa ijtimoiy psixologiya
fani uchun m uhim bo‘lgan psixologik muhofaza metodologiyasini
nazariy-ilm iy jihatdan yanada oydinlashtirishga xizmat qiladi.
C hunonchi, D.N. Uznadzening tadqiqotida ustanovka m a’lum
ehtiyojlar va ularni qondirish majmuasi sifatida m ukam m al ochib
berilgan bo‘lsa (U znadze D.N., 1961), V.A. Yadov tadqiqotlari-
da ustanovka m a’lum vaziyatlar bilan bog‘liq «o‘z-o ‘zini idora
qilish» mezoni sifatida o ‘rganiladi va bu o‘z navbatida, ijtimoiy
psixologiya fanining taraqqiyotiga «ijtimoiy faoliyat ierarxiyasi»,
degan yangi tushunchaning olib kirilishiga sabab bo‘ladi (Yadov
V.A., 1979).
Dostları ilə paylaş: |