Ijtimoiy psixologiya


Demak, ijtimoiy ustanovkalar (attityud)



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/80
tarix14.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#178362
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   80
Ijtimoiy-psixologiya

Demak, ijtimoiy ustanovkalar (attityud) 
— ijtimoiy vaziyat 
ta ’sirida ijtimoiy obyektlarga nisbatan shakllanadigan ustanovka­
lar hisoblanadi. Ularni o‘zgartirish uchun ijtimoiy shart-sharoit- 
lar va shaxsning ularga nisbatan baho va munosabatlari tizim ini 
o‘zgartirish kerak bo‘ladi.
Uchinchi daraja — ijtimoiy ustanovka manbai sifatida ijtimoiy 
faollikka nisbatan shaxsning umumiy qiziqishlar yo‘nalishini o‘z 
ichiga oladi. Bunda shaxs o‘z ehtiyojlarini qondirish bilan birga aniq 
faoliyat turiga nisbatan faollikni ham namoyon qilishi ko‘zga tash- 
lanadi. Albatta, bunda ham ijtimoiy qiymatga ega boigan yuqori- 
dagi 3 komponent tizimi ishtirok etadi. Demak, 
bazaviy ijtimoiy
ustanovkalar 
shaxsning umumiy yo‘nalishini belgilaydi va ularni 
o‘zgartirish e’tiqodlar va dunyoqarashlarni o‘zgartirish demakdir.
To‘rtin ch i (eng yuqori) daraja — shaxsning ijtimoiy faollik 
tizim idagi xulq-atvori va faoliyatini m a’lum m e’yorda boshqar­
ish bilan b o g liq . Bunda shaxs faolligi jam iyat va uning iqtisodiy, 
siyosiy va g‘oyaviy yo‘nalishdagi prinsiplari asosida tarkib topa- 
di. D em ak, 
qadriyatlar tizimi 
ustanovkasi avlodlararo m uloqot 
jarayonining m ahsuli sifatida jam iyatda qadr-qim m at topgan 
narsalarga nisbatan ustanovka. M asalan, sahih H adislar islom 
d inidagilar uchun ana shunday qadriyatlardan biri sanaladi va 
bu dinga e ’tiqod qiluvchi har bir kishi barcha hadislarni ta n - 
qidsiz, m uhokam asiz qabul qiladi, chunki ular b irin ch id an , 
ilohiylik xususiyatiga ega bo ‘lsa, ikkinchidan, buyuk allom alar 
tom onidan yaratilgandir. Shuning uchun ham qadriyatlar tiz ­
im i h ar doim avloddan avlodga o ‘z qadrini yo‘qotm ay o‘tkazib 
kelinadi va bunga mos holda ustanovkalar shakllanadi.


V.A. Yadov tom onidan ishlab chiqilgan m azkur ierarxik tizim
shaxs faoliyatini to ‘g‘ri tashkil etish bilan bog'liq psixologik hi- 
moya ierarxiyasi tizim ini tasavvur etishda ham m a’lum d ara­
jada asos bo‘lib xizm at qilishi m um kin. M asaian, taqdim etil­
gan 1-daraja predmetga nisbatan shaxsning bevosita dastlabki 
harakatlarini ko'rsatsa, 2-daraja esa shaxsning o‘z xatti-harakat- 
larini idora qila olishi bilan bog‘liqlikdan dalolat beradi, 3-daraja 
xatti-harakatlardagi vaziyatni hal qilish bilan bog‘liq kechinm a- 
larni va nihoyat, 4-daraja esa xulq-atvorning bir butunligini yoki 
shaxs faoliyati bir butunligini ifodalovchi m ezon sifatida yakun- 
lanadi.
Psixologik himoya va ustanovka uyg‘unligining metodologik 
asosini talqin qilishda, psixologiya fanida m a’lum va m ashhur 
D.N. Uznadze maktabi tadqiqotchilari tom onidan ustanovka 
m uam m osining maxsus predm et sifatida ishlab chiqilib ilmiy xu­
losalar chiqarilganligini unutm aslik lozim.
Ustanovka muammosi ijtimoiy psixologiya fanining eng m uhim
obyekti ekanligini, D.N. Uznadze tom onidan keltirilgan quyidagi 
ta ’rifda ham ko‘rish m um kin: 1. Ustanovka m a’lum faollik ho- 
latiga nisbatan tayyorgarlikdir. Ayni paytda, subyekt ehtiyoji va 
unga mos obyektiv vaziyatning yaratilishi bilan bog‘liq subyekt- 
ning bir butun dinam ik holatidir. Bu o ‘rinda obyektiv vaziyat 
bilan bog‘liq psixologik him oyaning shaxs faolligiga ta ’sir etu ­
vchi ijtimoiy om illarning o‘rni va ahamiyati alohida o ‘rin tut- 
ganligi ko‘rinib turibdi. Lekin D.N. Uznadze o‘z tadqiqotlarida 
shaxsning oddiy fiziologik ehtiyojlarini o‘rganish va tahlil qilish 
asosida ustanovka qonuniyatlarini ochib beradi va ilmiy xulosalar 
qila bildi.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin