Ildiz mevalarni saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə21/36
tarix30.09.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#150932
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
portal.guldu.uz-ILDIZ MEVALARNI SAQLASH VA DASTLABKI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI

Nazorat savollari.
1. Qand lavlagini qayta ishlashga qabo‘l qilishdagi qo‘yiladigan talablar.
2. Qand lavlagini saqlashdagi qo‘yiladigan talablar.
3. Qand lavlagini saqlashda aroratni ta’siri.
4. Qand lavlagini saqlashda namlikni ta’siri.
5. Qand lavlagini saqlashda kagatlar tuzilishi.
Adabiyotlar.
1. SapronovA.R. Texnologiya saxarnogo proizvodstva. Moskva agropromizdat 1986.
2. Rasulov A. Sabzavot va poliz mahsulotlarini saqlash. T.: “O‘zbekiston”, 1980.
3. Instruksiya po vvedeniyu texnologicheskogo protsenta svyakgosaxnogo proizvodstva M.SNIITEI 1985.
4. Knyazev V.A. Priyemka i xraneniya saxarnoy svekli po Jadalnoy texnologiya. M. legkaya prom.1984.
5. Silin P.M. Texnologiya saxara-M pesh prom.1967.
6. X.Bo‘riyev, R.Jo‘rayev, O.Alimov. Don masulotlarini saqlash va qayta ishlash. Darslik, T., «Menat», 1997.
4-Mavzu: LAVLAGINI ZAVODGA TASHISH VA BEGONA ARALASHMALARDAN TOZALASH
Lavlagini zavodga uzatish tazimi. Qand lavlagi hosilini qazib olish chog‘ida u tuproq va turli aralashmalar bilan ifloslangan bo‘lib uni qayta ishlash mumkin emas. Bunday ifloslangan lavlagini albatta tozalash kerak bo‘ladi aks olda mineral aralashmalar (qum, tosh va..k) jixozlarini muddatidan avval yaroqsiz olga keltirishi mumkin, palagi va boshqa o‘simlik aralashmalari esa diffuzion sharbatni sifatini pasaytirib qand miqdorini kamayishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari qand lavlagini iflosligi sababli sifatli paraxa olib bo‘lmaydi. Shuning uchun xom ashyoni qayta ishlashgacha uni turli aralashmalardan yaxshilab tozalanadi. Lavlagini zavodga uzatishdan avval uni tozalash uchun gidravlik transporterlar, palak, tosh va qumlarni ushlab qoluvchi, oqimni boshqaruvchi dastgox va yuvish mashinasidan kompleks ravishda foydalaniladi.
10-rasmda qand lavlagini zavodga tashish va turli aralashmalardan tozalash tizimi keltirilgan.
Lavlagi (1) o‘radan pastda va yuqorida joylashgan asosiy gidrotransportyorga uzatiladi. Pastdagi (2) gidrotransportyor lavlagini ko‘tarilishiga qarab qiyalatib yerga chuqurlashtirib joylashtiriladi. Asosiy gidrotransportyorga kirish oldida tiqilib qolmaslik uchun gorizontal va qiya joylangan (3) (8-rasm yengil fraksiyalar, ya’ni lavlagi bargi, har-hil o‘t va xas cho‘plar qoldiqlarini tutib qoluvchi moslamali) reshyotkalar va oqimni boshqarib turadigan (5) dastgoh o‘rnatilgan (boshqaruvchi shiber) (9-rasm). Shiberni oldida qumtutkich (4) joylashtirilgan. Bu yerda lavlagi bilan keladigan yarimdan ko‘p qum, tuproqlar ushlab qolinadi. Bu o‘z navbatida gidrotransportyor lotoklarini ifloslardan saqlab qoladi. Shu sababli yengil aralashmalarni polak tutqichlar ushlab qoladi (6) qoldiqlarini esa toshtutqichlar (8) ushlaydi. Transportyor (7) yordamida barcha aralashmalar maxsus maydonga olib boriladi.




Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin