Nazorat savollari.
Qand lavlagini zavodga uzatish tizimi qanday tuzilgan.
Qand lavlagini zavodga uzatishda qanday aralashmalardan tozalanadi.
Qand lavlagini ko‘tarish qanday bajariladi.
Qand lavlagini qirqish paytida lavlagi miqdori oshib ketmaslik tadbirlari.
Adabiyotlar:
1.SapronovA.R. Texnologiya saxarnogo proizvodstva. Moskva agropromizdat 1986.
2. Grebenyuk S.M. Texnologicheskoye oborudovaniya saxarnix zavodov M.Legkaya prom 1983.
3. Instruksiya po vvedeniyu texnologicheskogo protsenta svyakgosaxnogo proizvodstva M.SNIITEI 1985.
4. Knyazev V.A. Priyemka i xraneniya saxarnoy svekli po Jadalnoy texnologiya. M. legkaya prom.1984.
5-Mavzu: QAND LAVLAGINI YUVISH VA KESISH JARAYONI
Lavlagin yuvish
Lavlagi ildizmevalarni tuproq, loy va boshqa yopishib qolgan aralshmalardan tozalash uchun, zavodlarda asosan tirsakli (kulachkovo‘y) yuvish mashinalari qo‘llaniladi. Mashinalar suvlar yuqori yoki past hamda kombinatsiyalangan xajmlarda bo‘lishi mumkin. Suvi ko‘p bo‘lgan yuvish mashinalarida lavlagi erkin tarqalib og‘ir aralashmalar oson tagiga cho‘kadi, yengillari esa suv yuzasiga chiqib qoladi. Shuning uchun bunday lavlagini yuvish mashinasidan turli aralashmalarni ajratib olish oson kechadi. Suv xajmi kam bo‘lgan yuvish mashinasida ildizmevalar zich joylashishi natijasida bir – biriga ishqalanib loy va boshqa aralashmalar yengil yuviladi. Biroq ildizmevalarni zichligi va yuzida tinch suvning bo‘lmaganligi sababli ishning unumdorligi va samarasi past bo‘ladi.
Kombinatsiyalashgan yuvish mashinalarida birin–ketin joylashtirilgan ikkita mashinalar bo‘lib ularda lavlagidan turli aralashmalarni yuvish jarayoni yaxshi ta’minlanadi, lekin bunday mashinalarni tuzilishi murakkab bo‘lganligi sababli uncha qo‘llanilmaydi. Ko‘pchilik shakar - qand ishlab chiqariladigan zavodlarda lavlagilarni yuvish uchun ko‘p suv yig‘imiga ega bo‘lgan sutkasiga 1,5 ming tonna xom ashyoni yuvadigan KMZ-57 M mashina (11- rasm) ishlatiladi.
KMZ-57M mashinasida (qo‘shimcha tizimlab otiladigan yuvish usuliksiz) lavlagi ifloslarini yuvib tashlash samaradorligi 30% tashkil etadi.
Bundan tashqari tirsakli yuvish mashinalarida ildizmevalarni bir qismi zaxalanadi va maydalanib ketadi, shuni oqibatida qandni miqdori ozayib isrofgarchilik ko‘payadi. Shu sababli oxirgi yillarda tizillab otiladigan suvda yuvish usuli tobora keng tarqalmoqda. Bu usulda xom ashyoni yuvish samaradorligi yuqori bo‘lib, qand miqdorini yo‘qotilishi bir necha marotaba kam.
Dostları ilə paylaş: |