Bu yerda lavlagi 5- pichoqlar bilan ta’minlangan 1-barabanga tushib 2-aylanayotgan val yordamida lavlagi pichoqlarga uloqtiriladi. Kesilgan lavlagilar 1 baraban va 6-kojux orasidan o‘tib barabandan transportyorga chiqariladi, 4-lebyotka yordamida 5-pichoqlar o‘rniga 7-ramalarni o‘rnatish mumkin.
Lavlagilarni 24 ramali mashinani kesish doirasida zich joylashishi isobiga, hamda barabanni atrofida bir xil tarqalishi tufayli eng yuqori ishlab ishlab chiqarishga erishiladi. Yangi lavlagi kesuvchi mashinani barabanini ichida mahsulot zich joylashganligi uchun, lavlagilarni kesish jarayonida jilishi pasayadi, shuning uchun bir xil irindini chiqishi ko‘payadi. Tarkibida sqligan, gullagan, tolali ildizmevalar va turli o‘simlik aralashmalari bo‘lgan lavlagilarni kesishda qovurg‘asiz pichoqlarni ishlatgan yaxshi, chunki hozirgi vaqtda qovurg‘ali Chijek pichog‘i sekin – asta ishlab chiqarishdan siqib chiqarilmoqda. Frezerlangan qovurg‘asiz lavlagi kesuvchi pichoqlar instrumental po‘latni u – 8A rusumligini ikkita turidan: A va B qadami 6;7;8,25;10 mm (12 - rasm) va tolali lavlagilar uchun qadami 12 mm qilib tayyorlanadi. Shakar qand ishlab chiqarish zavodlarida yangi 3180 nomerli patlarni profil burchagi 900 li pichoqlarda to‘rtburchak shaklidagi qirindilar olinadi. Keyingi vaqtlarda markazdan qochiruvchi lavlagi kesuvchi mashinalarda buruluvchi va ishlayotgan paytda pichoqlarni xolatini o‘zgartiruvchi lavlagi kesuvchi pichoqli ramalar qo‘llanmoqda.
Nazorat savollari. Qand lavlagini yuvish mashinasi qanday tuzilgan ?
Qand lavlagini yuvish jarayonida qanday yo‘qotishlar bo‘ladi ?
Qand lavlagini kesishda qanday pichoqlar ishlatiladi ?
Qand lavlagini qirqish mexanizmini ishlash prinsipi qanday?
Adabiyotlar: 1. SapronovA.R. Texnologiya saxarnogo proizvodstva. Moskva agropromizdat 1986.
2. Grebenyuk S.M. Texnologicheskoye oborudovaniya saxarnix zavodov M.Legkaya prom 1983.
3. Instruksiya po vvedeniyu texnologicheskogo protsenta svyakgosaxnogo proizvodstva M.SNIITEI 1985.
4. Knyazev V.A. Priyemka i xraneniya saxarnoy svekli po Jadalnoy texnologiya. M. legkaya prom.1984.