Ildiz mevalarni saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə28/36
tarix30.09.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#150932
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
portal.guldu.uz-ILDIZ MEVALARNI SAQLASH VA DASTLABKI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI

Nazorat savollari.

  1. Qand lavlagi qirindisidan sharbat ajratishdagi texnologik omillar qaysilar ?.

  2. Qand lavlagi qirindisidan sharbatni ajratishdagi lavlagi o‘lchovini ta’sirini tushintiring

  3. Qand lavlagi qirindisidan sharbat olishda mikrofloralar ta’siri.

  4. Lavlagi qirindisidan sharbat ajratish paytida ishlatiladigan suvni sifati jarayonga qanday ta’sir ko‘rsatadi ?



Adabiyotlar:
1. SapronovA.R. Texnologiya saxarnogo proizvodstva. Moskva agropromizdat 1986.
2. Pravila po texniki bezopasnosti i proizvodstvennoy sanitarii-M pesh prom.1984.
3. Mixatova G.N. Rascheti produktov saxarnogo proizvodstva. pesh prom.1973.
4. Silin P.M. Texnologiya saxara-M pesh prom.1967.


8-Mavzu. DIFFUZIYA SHARBATINI TOZALASH VA DASTLABKI DEFEKATSIYALASH.
Diffuziya sharbati tozalashni prinsipial sxemasi.
Diffuziya sharbati yarimkomponentli sistema. Uning tarkibida saxarozadan tashqari shakarmas (nesaxara) moddalar: oqsil, pektin moddalari, kuchsiz azotli asoslarga ega bo‘lgan aminokislotalar, organik va neorganik kislotalar tuzlari eritmali ko‘rinishida uchraydi. Lavlagidan diffuziya sharbatiga 98% ga yaqin saxaroza va 80% gacha erigan shakarmas moddalar o‘tadi. Bundan tashqari diffuziya sharbati tarkibida 1,5-3 g/l mezga bo‘ladi. Sharbat tarkibida uchraydigan barcha shakarmas moddalar o‘z navbatida saxarozani krisstallanish jarayoniga xalaqt berib uni melassa tarkibidagi miqdorini ortishiga olib keladi. Krisstalizatsiya jarayonida bir qism shakarmas moddalar o‘z tarkibida 1,2-1,5 qism saxarozani ushlab qolish imkoniyatiga ega. Shuning uchun shakar ishlab chiqarish texnologiyasining asosiy vazifalaridan biri diffuziya sharbati tarkibidagi shakarmas moddalarni maksimal darajada tozalashdan iborat.
Bu vazifani hal qilish uchun fiziko-kimyoviy tozalash jarayonlari qo‘llaniladi. Diffuziya sharbatini tozalashni bir qancha usullari ma’lum, ammo amaliyotda quproq samara beradigan va arzon usullari keng tarqalgan. Bugungi kunda keng qo‘llanilayotgan usul bu, diffuziya sharbatini ohak suti (defekatsiya) bilan va uni keyingi etaplarda dioksid uglerod (saturatsiya) yordamida qayta ishlab chiqarib tashlashdan iborat.
Texnologik operatsiyalari oddiyligi va reagentlar narxi arzonligi jixatidan bu usulni tozalash samaradorligi ancha yuqori va bundan tashqari bu usulda saxarozani parchalaniish darajasi kam bo‘ladi. Diffuziya sharbatidagi shakarmaslarni kimyoviy tuzilishi turlicha va shu sababli ularni sharbatdan chiqarishda turli xil keng spektrli fiziko-kimyoviy xarakterga ega bo‘lgan reaksiyalar bo‘lib o‘tadi.
Tozalashdagi reagentlar sfatida gidrooksid kalsiy va uglerod ikki oksidlari qo‘llanilganida koagulyatsiya, cho‘ktirish, parchalanish, ikkilamchi almashinuv, gidroliz, adsobsiya va ionalmashinuv reaksiyalari bo‘lib o‘tadi.
Ko‘pgina reaksiyalar to‘liq tugallanishi uchun ma’lum darajadagi sharoitlar yaratilishini talab etadi. Bu o‘z navbatida diffuziya sharbatini oxak-uglekislotali tozalashni bir necha etapda o‘tkazilishi sababli texnologik sxemani murakkablashtiradi. Bugungi kundagi texnologik sxemalarda sharbatni oxak bilan 2-4 usulda, uglekislota bilan esa 2-3 usulda xosil bo‘lgan cho‘kmalarni chiqarib tashlash bilan olib boriladi.
1-Sxemada diffuziya sharbatini tozalash va uni sharbat tozalash bo‘limida qayla(sirop) xolatigacha quyultirish prinsipial texnologik sxemasi ko‘rsatilgan.
Mezgadan tozalangan kuchsiznordon diffuziya sharbatini tozalashni 85-90 So gacha qizdirilib 1-chi saturatsiya va asosiy defekatsiya ishqorli sharbatlari bilan shunday miqdorda aralashtirish talab etiladiki, bunda Yuqori Molekulali Birikmalar (YUMB) koagulyatsiyasi va shabatni kalloid zarrachalari dispersiyasi rN20 10,8-11,6 dastlabki defekatsiya uchun optimal sharoit yaratilsin. So‘ngra sharbatga yana qo‘shimcha oxak suti qo‘shilib uni asosiy defekatsiya rN20 12,2-12,3 gacha ko‘tariladi. Asosiy defekatsiyada qo‘shimcha oxak suti ta’sirida ba’zi bir shakarmaslar parchalanishi natijasida kalsiyli tuzlar xosil bo‘ladi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin