Ildiz mevalarni saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi


-rasm qand lavlagini yuvish mashinasi



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə24/36
tarix30.09.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#150932
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
portal.guldu.uz-ILDIZ MEVALARNI SAQLASH VA DASTLABKI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI

11-rasm qand lavlagini yuvish mashinasi

Toza lavlagini ko‘tarib olib lavlagilarni kesadigan joyga qo‘yish uchun lentasimon transportyor yoki cho‘michli lavlagi elevatoridan foydalaniladi. Lavlagi elevatori qat’iy ravishda vertikal o‘rnatilishi kerak. Lavlagi elevatoridan toza xom ashyo gorizontal joylashgan eni 1,5 metrli lentasimon transportyorga kelib tushadi. Kelib tushgan xom ashyodan yuqoriga osib qo‘yilgan elektromagnit separator yordamida metal aralashmalar va tushib qolgan noma’lum narsalar chiqarib tashlanadi. Nazorat qilish lentasimon transportyorni xarakat tezligi 0,3 – 0,35 m/s.


Qandni yo‘qotilishi. Lavlagini yuvish jarayonida lavlagini tarkibidagi saxarozani ma’lum darajada yo‘qotilishi kuzatiladi. bunday olatlar asosan gidravlika (suv ta’sirida) yordamida lavlagilarni zavodga uzatishda, va yuvish jarayonida qandning bir qismi transportyorli yuvish mashinasida bakteriyalar yordamida parchalanadi. Ushbu jarayonda umumiy qandning yo‘qotilishi lavlagining og‘irligiga nisbatan 0,6-0,8% foyizni tashkil etadi.
Qandning yo‘qotilishi transportyorli yuvish suvining ko‘p ishlatilishi oqibatida arorati ortib boradi (meyor bo‘yicha suvning arorati 170S dan ortmasligi shart). Bundan tashqari ildizmevalarning fizik xolatini yomonlashishi (so‘lishi, mexanik shikastlanishi), lavlagilar uzatiladigan yo‘lda qirrali narsalarni paydo bo‘lib qolishi va boshqa shikastlantiradigan aralashmalarni mavjudligi qand miqdorini pasayishiga olib keladi.


Lavlagini qirqish va qirindisini olish jarayoni
Lavlagini qiriqish va qirindisini olish jarayoni uchun markazdan qochma, diskli va barabanli lavlagi kesuvchi dastgoxlar qo‘llaniladi. Ularni ishlash prinsipi lavlagi va kesuvchi pichoqlarni turlicha xarakatlanishiga asoslangan. Markazdan qochma mashinalarda pichoqlar vertikal joylashgan silindrlar devoriga jilmaydigan qilib o‘rnatilgan, lavlagilar silindrni ichki yuzasida xarakatlanib markazdan qochuvchi kuch yordaimda pichoqlarga qarab yo‘naltiriladi. Diskli lavlagi kesuvchi dastgoxda lavlagilar gorizontal dastgoga makamlangan pichoqlar ustida o‘zini og‘irligi bilan yopishib, harakatsiz yotadi. Disklar xarakatga keltirilganda pichoqlar xarakatlanib ularni kesadi. Barabanli mashinalarda gorizontal olatda aylanayotgan barabanlarni devorlariga pichoqlar o‘rnatilgan bo‘lib, lavlagilar barabani ichida maxsus qisgich bilan maxkamlanadi. Hozirgi vaqtda qand zavodlarida 24 ramali markazdan qochuvchi mashinalar qo‘llaniladi (12-rasm).




Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin