“ilk qadam” davlat o‘quv dasturi sifatli ta’lim va tarbiya kafolati seytmuratova Venera Shimbergenovna



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix16.06.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#131475
1   2   3   4   5
5
th
 -ICARHSE 
International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from New York, USA 
https://conferencea.org August 28
th
 2022
213 
Dasturda barcha narsaning asosi ijtimoiy yondashuvdir, ya’ni ta’lim-tarbiya jarayonining 
diqqat markazida bola va uning manfaatlari turadi. Pedagog ota-ona, pedagogik tarkib, 
bolaning o‘zi va albatta, jamiyat hamda davlat kabi ijtimoiy hamkorlar bilan bir ijtimoiy 
muhitni tashkil qiladi.
Avvalo, “Ilk Qadam” davlat o‘quv dasturi asosida bolalarni bilim olish jarayonini o‘yinlar 
orqali rivojlantirish yotadi. Bu esa bolalarda ilm olish, ijod, ijtimoiy yo‘nalish kabi 
tushunchalarni rivojlanatirib, bolada sog‘lom hayot tarzi tarbiyalanadi va ular ijtimoiy muhitda 
o‘zlarini qanday tutish kerakligini tushuna boshlashadi.
Bolalarning jamiyatga ijtimoiylashuvini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etilishi 
“Ilk Qadam” davlat o‘quv dasturining zamonaviy jahon standartlari andozalari asosida 
yaratilganlini ko‘rsatib beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda 
kompetensiyaviy yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy 
muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, axloqiy me’yor va qadriyatlarni 
o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog‘liq 
bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi.
Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq sub’ekti sifatidagi yaxlit 
rivojlanishini talab etadi.
Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka, qobiliyat va qadriyatlari majmuidir. 
Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola shaxsi shakllanishi 
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga kompetensiyaviy 
yondashuv, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablarida 
belgilab berilgan kichik va maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarni besh yo‘nalishda 
rivojlantirib, bolani 4 kompetensiyaga ega bo‘lgan holda 1-sinfga chiqishidagi 
motivatsion vazifalarni hamda “Ilk Qadam” davlat o‘quv dasturi vazifalarni to‘laqonli 
bajarilishini ko‘zlaydi.
Istiqbolda belgilanayotgan bunday ulkan vazifalarning amalga oshirilishi soha 
mutaxassislarini, sohaga oid me’yoriy huquqiy hujjatlarni hamda maktabgacha ta’lim 
pedagogikasini puxta o‘zlashtirib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim-tarbiya 
jarayoniga keng tatbiq etishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib bermoqda.
Bundan tashqari kasb-hunar kollej o‘quvchilarini, maktabgacha ta’lim tashkiloti 
tarbiyachilarining pedagogik mahoratini oshirish borasida o‘tkazilayotgan amaliy seminar-
treninglarning asosiy maqsadi “Ilk Qadam” davlat o‘quv dasturi doirasida bolalarga bilim 
berishda bolalar xonalarning hatto kichik detallarigacha qulay dizayni bilan jihozlashni, ular 
uchun boy adabiyotlar va rivojlantiruvchi o‘yinlardan to‘g‘ri va unumli foydalanish usullarini 
o‘rgatishdir.
Bu esa kelajagimiz davomchilari yosh avlodni, erta bolalikdan jamiyatda o‘zini tutish va 
shaxsiy gigiena ko‘nikmalarini tarbiya qilish kabi alohida jihatlarni o‘zida tarkib toptirishga 
hamda maktabgacha ta’lim tizimi muvaffaqiyatining asosini tashkil etishga xizmat qiladi.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin