“ilk qadam” davlat o‘quv dasturi sifatli ta’lim va tarbiya kafolati seytmuratova Venera Shimbergenovna



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix16.06.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#131475
  1   2   3   4   5


5
th
 -ICARHSE 
International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from New York, USA 
https://conferencea.org August 28
th
 2022
210 
“ILK QADAM” DAVLAT O‘QUV DASTURI SIFATLI TA’LIM VA TARBIYA 
KAFOLATI 
Seytmuratova Venera Shimbergenovna 
Qoraqolpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi “Ta’lim 
sifatini taminlash va metodik xizmatini tashkil etish” sho‘basi metodisti 
 
Annotatsiya 
Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda “Ilk Qadam” davlat o‘quv 
dasturining intensiv yo‘llari va usullari haqida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga 
qo‘yilayotgan davlat talablari normalaridan kelib chiqib ilmiy asosga ega bo‘lgan nazariy va 
amaliy fikr mulohazalar tahlil qilib berilgan. 
 
Kalit so‘zlar: Zamonaviy ta’lim dasturi, Ta’lim texnologiyasi, Ilk Qadam, Kompetensiya, 
«Men» konsepsiyasi. 
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tubdan yaxshilash maktabgacha 
yoshdagi bolalar qamrovini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda har jihatdan 
zamonaviy tizim yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada maktabgacha 
ta’lim bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlash bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga 
oshirilishda uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich bosqichidir.
Bolalarning qiziqishi va intilishlarini hisobga olgan holda ularga ta’lim-tarbiya berish, 
dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobilyatlarini rivojlantirish, ongiga milliy va 
umuminsoniy qadriyatlarini singdirib borish mazmunini hamda maktabgacha ta’limning 
boshqaruv tizimini qayta ko‘rib chiqilishini toqazo etmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimini 
kompleks rivojlantirish, bolalarni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashning barcha jihatlari 
belgilab berildi. Xususan, yangi tuzilgan maktabgacha ta’lim vazirligi oldida shu soha 
bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari 
davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni 
malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni 
qamrab olishini keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va 
texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intelektual, ma’naviy-estetik, 
jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari 
qo‘yildi.  
Shu maqsadda maktabgacha ta’lim tashkilotiga “Ilk Qadam” Davlat o‘quv dasturi joriy etildi. 
Dasturning ahamiyati shundan iboratki, u o‘z ichiga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni 
qamrab olgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda “Ilk Qadam” 
dasturining ahamiyati shundan iboratki, u bolada erkinlik hissining shakllanishida, o‘z-o‘ziga 
bo‘lgan ishonch, mustaqil fikrlash, erkin ijod qila olish, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, 
kattalarga bo‘lgan hurmat kabi xislatlarni rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Ushbu dastur 



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin