5 th -ICARHSE International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and Education Hosted from New York, USA https://conferencea.org August 28 th 2022 211
amaliyotda, Koreya texnologiyasi asosida andoza sifatida o‘rganilib maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida mashg‘ulotlar jarayoniga tadbiq etildi va bugungi kun tarbiyachisiga ulkan
mas‘uliyat yuklaydi. Pedagoglarni malakasini oshirishda jahon andozalariga mos yangiliklarni
o‘z vaqtida o‘zlashtirish va uni pedagogik jarayonda uzviy qo‘llash “Ilk Qadam” dasturining
asosiy negizi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli hay’at
yig‘ilishi qarori bilan “Ilk Qadam” Davlat o‘quv dasturi tasdiqlangan va nashr qilish uchun
tavsiya etilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston
Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat
talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me‘yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim
tashkilotining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari
ifodalangan, shuningdek, bola ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy
kompetensiyalari belgilangan.
Bolaning dunyoqarashini shakillantirish uchun muhim omillardan biri hisoblangan madaniy-
tarixiy qadriyatlar: milliy va mintaqaviy an‘analar bilan reja asosida olib borishni
tashkillashtirish, shuningdek, axborot texnologiyalridan foydalanish orqali qo‘shni
viloyatlarni madaniy meroslari aks ettiruvchi audio-vediolar bilan tanishtirib borish muhim
ahamiyat kasb etadi. Shu orqali tarbiyalanuvchi bola milliy qadriyatlar, tarixni anglash,
tarixdan g‘ururlanish kabi tuyg‘ularga ega bo‘ladi. Ushbu dasturda maktabgacha yoshdagi bolalarning individual ehtiyojlarini hisobga olgan
holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qo‘yilgan Davlat talablari asosida
hamda “Ilk Qadam” davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol
rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsad qilib olingan. O‘quv-tarbiyaviy
jarayonning maqsadi esa bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari
kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Ushbu o‘quv dasturi birinchi bobi umumiy qoidalar sanalib, birinchi bandida, O‘zbekiston
Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim tashkilotlarida qo‘llanilishi va ta’lim
tashkilotlarida o‘quv dasturlarini yaratish uchun majburiy hujjat ekanligi, ta’lim tashkilotining
ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuzilishi va
amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanishi ko‘rsatib o‘tilgan. Ikkinchi bandda maktabgacha
ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari haqida ma’lumotlar o‘z aksini topgan.
O‘quv dasturining ikkinchi bobi 5-banddan iborat bo‘lib, maktabgacha ta’lim tashkilot ta’lim
jarayonining maqsad va tamoyillari aks etgan: maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim
jarayonining maqsadlari; maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayonini tashkil qilish
tamoyillari; Qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish; Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan
bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati; Ota-onalar bilan hamkorlik jarayonlarini qamrab
olgan.