“ilk qadam” davlat o‘quv dasturi sifatli ta’lim va tarbiya kafolati seytmuratova Venera Shimbergenovna



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix16.06.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#131475
1   2   3   4   5
5
th
 -ICARHSE 
International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from New York, USA 
https://conferencea.org August 28
th
 2022
212 
O‘quv dasturining uchinchi bobi maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda 
kompetensiyaviy yondashuv haqida fikrlar bildirilgan bo‘lib, 2-bandni qamrab olgan:
I.Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari bunga: 
Kommunikativ kompetensiya; O‘yin kompetensiyasi; Ijtimoiy kompetensiya; Bilish 
kompetensiyasi.
II.Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari ham o‘z navbatida bir necha turlarga 
bo‘linadi: “Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” sohasi 
kompetensiyalari; “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari; “Nutq, muloqot, 
o‘qish va yozish malakalari” sohasi kompetensiyalari; “Bilish jarayonining rivojlanishi” 
sohasi kompetensiyalari; “Ijodiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari.
To‘rtinchi bobi o‘quv-tarbiyaviy jarayon o‘z ichiga olgan bo‘lib, «O‘zbekiston 
Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan davlat 
talablari» asosida amalga oshirilishi, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish haqida fikrlar 
bayon etilgan.
Beshinchi bobi bolaning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari hisoblanadi. Bolaning 
rivojlanish xaritasi 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi, har bir bola uchun 
individual tarzda yiliga uch marta to‘ldirilishi va 6-7 yoshli bolalarning maktabga tayyorlik 
xaritasi faqat maktabgacha ta’lim tashkilot bitiruvchilari uchungina to‘diriladi.
Oltinchi bobi rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim 
tashkilotida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning o‘ziga xos belgilarga ega 
bo‘lgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahmiyat kasb etadi.
Yettinchi bobi Davlat o‘quv dasturiga ilovalar ya’ni maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim 
dasturini tuzish bo‘yicha tavsiyalar iborat.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimida qator islohotlar o‘tkazilmoqda, ularning bari 
bolalar va pedagoglar manfaatlari yo‘lida xizmat qilishiga, shuningdek maktabgacha ta’lim 
sifatini yaxshilashga qaratilgan.
Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat 
siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bir qatorda, respublikamizda maktabgacha 
yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olishga hamda ta’lim jarayoniga 
endi kirib kelayotgan kichik yoshli bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdek 
ma’suliyatli vazifani belgilab berdi.
Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyunda 1-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 
O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga 
qo‘yiladigan davlat talablari asosida ishlab chiqilgan hamda 2018 yil sentabr oyidan 
respublikamizning barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazib berilib amaliyotga 
tatbiq etilgan yangi “Ilk Qadam” davlat o‘quv dasturi ta’lim jarayoniga qo‘shilayotgan kichik 
yoshli bolalarning ilk qadamlarining asosiy tamoyildir.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin