“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 134
YOSH AVLODNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI Karimova Munojat Qo‘chqarovna Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani 41-maktab psixologi
Annotatsiya: Ushbu
maqolada
yosh
avlodni
vatanparvarlik
ruhida
tarbiyalashning psixologik va pedagogik usul va vositalari keltirilgan.
Kalit so‘zlar: harbiy-vatanparvarlik, vatanni sevish, ardoqlash, tarbiya, tarixni
anglash, faxr, iftixor,tarix, barkamol shaxs, intizom, vazifa.
Bugungi kunda ko‘plab maktablarda maktabgacha ta’lim muassasalarida va
honadonlarda bolalarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari keng
ko‘lamda tashkil qilish lozim. Yosh avlodda vatanni sevish uni ardoqlash kabi
tuyg‘ularni shakllantirishda uning psixikasiga ta’sir etish muhim hisoblanadi. Hozirgi
zamon yoshlarida vatanparvarlik hissi kamayib ketmoqda. Bu juda achinarli holatdir.
Chunki har qanday davlatga jismonan sog‘lom, baquvvat, mard, intizomli,
tashabbuskor fuqarolar kerak bo‘lib, kerak bo‘lsa, o‘ylamasdan ham uni himoya
qiladi. Yoshlarni tarbiyalashning eng muhim elementi vatanparvarlik tuyg‘ularini
shakllantirish bo‘lishi kerak, chunki busiz shaxsning barkamol va har tomonlama
rivojlanishi mumkin emas. Shu bois farzandlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashga
alohida
e’tibor
qaratish
zarur.
Yosh
avlodda
tuyg‘ularni
shakllantirishga bag‘ishlangan tadbirlarda bolalar insonparvarlik, odob-axloq, o‘z-
o‘zini hurmat qilish kabi tushunchalar bilan tanishadi. Bundan tashqari, bolalar o‘z
vatanining siyosiy tizimini, davlat institutlarining tuzilishini va shunga o‘xshash
tushunchalarni kichik maktab yoshidan uyda MTT da va maktablarda o‘rgananib asl
mazmun mohiyatini tushunishlari lozim.
Biz bugungi kunda bolalarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi nima ekanligini
va uning ma’nosini unutib qo‘yishyapti. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini
shakllantirish quyidagi tadbirlarda natijasi seziladi: Ommaviy qabrlarga gul qo‘yish,