“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 228
orqali hal etish imkonini beradi. Maktabda kreativ fikrlashni rivojlantirishning
ahamiyati faqatgina mehnat bozori bilan cheklanmaydi. Maktab yoshlar uchun oʻz
qobiliyat va koʻnikmalarini, shu jumladan ijodiy iste’dodlarini kashf etishda muhim
ahamiyatga egadir. Shuningdek, kreativ fikrlash oʻquvchilarning taʼlim olishini
hodisalar, tajribalar va xatti-harakatlarni yangicha va shaxsan mazmunli usulda talqin
etish orqali qoʻllab quvvatlaydi. Oʻquvchining qiziquvchanligi taʼlim jarayonida qoʻl
keladi, ijodiy fikrlash shu tariqa oʻzaro kelishuvchanlik vositasiga aylanadi, hattoki
avvaldan belgilangan taʼlim maqsadlari kontekstida ham bu samara beradi. Maktabda
oʻquvchining motivatsiyasi va qiziqishini oshirish uchun, barcha oʻquvchilarning
ijodiy salohiyati va shijoatini hisobga oluvchi taʼlimning yangi shakllari yoʻlga
qoʻyilishi zarur. Bu ayniqsa taʼlim jarayoniga unchalik qiziqish bildirmayotgan
oʻquvchilarga yordam berishi mumkin va ular oʻz fikrini ayta olishiga, salohiyatini
ochishiga xizmat qiladi. Boshqa koʻnikmalar kabi, kreativ fikrlash ham amaliy va
yo‘naltirilgan yondashuv orqali rivojlantirilishi mumkin. Baʼzi o‘qituvchilarga
oʻquvchining kreativ fikrlashini rivojlantirish oʻquv dasturidagi boshqa fanlar evaziga
boʻlayotgandek ko‘rinadi. Aslida, oʻquvchilar barcha fanlarda kreativ fikrlashi
mumkin. Kreativ fikrlash bilim berishga qaratilgan dars mobaynida koʻr-koʻrona
yodlash oʻrniga tadqiqot va ixtironi qo‘llab-quvvatlaydigan yondashuvlar orqali
rivojlantirilishi bilan alohida ahamiyatga ega.
O‘qituvchilar kreativ fikrlashni ajrata olishlari, bunday fikrlashga mos shart-
sharoitlarni bilishlari va oʻzlari ham oʻquvchilarga fikrlashda koʻproq ijodiy
yondashishga yordam bera olishni bilishlari kerak. Kreativ fikrlash qay tariqa
vujudga kelishi borasidagi puxtaroq tasavvur, oʻz navbatida, o‘qituvchilarga taʼlim
jarayonida o‘quvchilarda ijodiy gʻoyalar boʻlishi uchun muayyan vaqt talab etiladi.
Kreativ fikrlash ko’nikmalarini baholash isbotga tayangan dalillar asosida
shakllantirilib, oʻquvchilar kompyuter platformasida qilayotgan, oʻqiyotgan va
yaratayotgan narsalarni koʻp jihatli malakalar bilan bogʻlaydi.