“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
231
materiallar asosida yangi leksik birliklarni hosil qilishdan iborat. So‘z yasalishi til
lug’at tarkibini doimiy ravishda boyib borishi uchun o‘z hissasini qo ‘shib keladi.
Qo‘shma so‘zlarni tahlil qilishda tushuntirish uchun har bir birikmaning tuzilishi
yoki qanday elementlar orqali hosil bo‘lishida morfolgik jarayon qo‘llaniladi. Undan
tashqari qo‘shma so‘zlarni hosil bo ‘lishini daraxt diagrammasi orqali tushuntirsak
osonroq bo‘ladi. So’z yasalishi jarayonini leksikologiya bo’limiga
kiritgan olimlar
A.I. Smirnitskiy, I.V. Arnold, T.I. Arbekova kabilarning ishlarini yuqoridagi
fikrlarning isboti sifatida aytishni joiz deb bildik. O’zbek tilshunosligida so’z
yasalishiga birinchilardan bo’lib o’z hissasini qo’shgan olim A. G’ulomovning 50–
yillardagi maqolasini keltirib o’tsak: “So’z yasalishini
biz hozirgacha morfolgik
planda qarab kelmoqdamiz, holbuki, so’z yasalishi qanday bo’lmasin, biror bir usulda
yangi so’z yasashi kerakdir. Demak, u leksika–so’z bahsiga qarashlidir. Eski
grammatik ta’limotga ko’ra, so’z yasalishi va so’z o’zgarishi morfologiyada qaraladi.
Morfologiya so‘z shakli va tuzilishini o‘rganadi. Tilshunoslikda, morfologiya
so‘z yasashda ishtirok etuvchi psixik sistema yoki sohani bildiradi. Ya’ni so‘z bilan
shug‘ullanadigan tilshunoslik bo‘limi va ularning
ichki tuzilishi va qanday
shakllanishini o‘rganadi. Demak, morfologiyaning asosiy nuqtasi so‘zlarni, ularning
ichki tuzilishini va ular orqali qanday hosil bo‘lishini morfema deyiladigan atama
o‘rganadi.
Dostları ilə paylaş: