Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/202
tarix20.11.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#165006
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   202
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9

Affiksatsiya
. Tilda ko‘p shakllanish turlari mavjud bo‘lib,shulardan biri 
affiksatsiyadir.
 
Affiksatsiya eng keng tarqalgan morfologik jarayon sifatida da’vo 
qilish mumkin. Inson tilida ehtimol qo ‘shma so ‘zlarni yaratishning eng keng 
tarqalgan usulidir. Syzmanekning fikricha, affiksatsiya, umuman “ Ildizli morfema 
bilan bog’lanishning birikmasi ya’ni o ‘zakka qo ‘shilgan morfema affiks yoki 
affiksatsiya deb atalish jarayoni ” deb ta’riflagan. (1989:62) 
 
Affiksatsiya – asosga 
hosila affikslarini qo ‘shish orqali so ‘z yasalishidir. Affikslar yordamida, ya’ni 
qo’shimcha qo’shib so’z yasash ingliz tilining uzoq tarixi davomida eng ko’p 
qo’llanilgan produktiv usuldir. Bunda biror–bir so’z turkumiga oid so’zga 
qo’shimcha qo’shiladi. Tilshunoslar affikslarni uch turga ajratadilar: suffiks, prefix va 
infiks Asosning old tomoniga bog’langan affiks 
prefiks
deyiladi, asosning oxiriga 
biriktirilgan bo ‘lsa suffiks deyiladi so ‘zning o ‘rtasida kelsa 
infiks
deyiladi, bu 
yerda prefix, infiks va suffiks larga ba’zi misollar keltirilgan. 
Prefikslar:
ingliz tilidagi de-activate, re - organize,un -happy, o‘zbek tiladagi 
ser-farzand, super-yutuq, ba-davlat. 


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
233 
Suffikslar: 
ingliz tilidagi
 
govern-ment, hunt-er, kind-ness, o‘zbek tilidagi 
erksev-ar, ola-zor ,shifo-baxsh

Infikslar
: ingliz tilidagi
 
passer-s-by,spoonsful, o ‘zbek tilidagi savod-xon-lik, 
pora-xo ‘r-lik. 
Ingliz tilidagi qo ‘shma so‘zlarda uchraydigan qo‘shimchalar ko‘plik (s /es), 
qo‘shimcha ( -ed), qo‘shimcha ( -er) va (-s) kabilardir. Ingliz tilida ushbu 
qo‘shimchalar bilan ko ‘rsatilgan o ‘n yettita flektiv qo ‘shma so‘zlar mavjud. 
1). Suffiks (-s/-es) – ot so‘z turkumida oid qo‘shma so‘zlar: spokespersons, 
bookshops, bookstores, sunglasses, soulmates, themselves, mindsets , textbooks, 
tribesman, filmmaker. 
2). Suffiks ( -r/-er) – ot so‘z turkumiga oid qo‘shma so‘zlar: filmmaker va 
housekeeper. 
3). Suffiks( -d/-ed) - ot, sifat va fe’l so‘z turkumiga oid qo‘shma so‘zlar: 
outdated, highlighted va underprivileged. 
4) Suffiks (-ing) – fe’l so ‘z turkumiga oid qo‘shma so‘zlar: snowballing. 

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin