“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 227
mavjud. Masalan, o‘quvchilar qiziqarli va ajoyib g‘oyalarga ega bo‘lsalarda
o‘qituvchi o‘zi kreativ tarzda yondashmaganligi, dars jarayonida qo‘llanilayotgan
metodlar o‘quvchilarda erkin mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat
qilmasligi bundan tashqari auditoriyaning umumiy holatidan kelib chiqib
tanlanmagan metodlar ta’lim samaradorligini pasayishiga hamda o’quvchilar
salohiyatini rivojlanishida sustkashliklarga sabab bo’lmoqda. 2017-2021-yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining
“Ta’lim va fan sohasini rivojlanttirish” bandidan kelib chiqib aytishimiz mumkinki,
bugungi kunda ta’limda o‘rganish bilan birga ijodiy faollik, tanqidiy yondashuv,
kreativlik tushunchalari umumiylikda singdirib borish talab qilinmoqda.
Aslida o‘quvchilardagi ijodiy faollik nima? Kreativlik (ijodiylik) (lot. creation –
yaratuvchanlik, ijodkorlik) – qandaydir yangi, betakror narsa yarata olish layoqati,
badiiy shakl yaratish, fikrlash, g‘oya va yechimga olib keluvchi aqliy jarayon;
shaxsning yangi g‘oyalarni yaratish va qabul qilishga tayyorligini tavsiflovchi ijodiy
qobiliyati. Kreativlik o‘quvchi faoliyatida mustahkamlanib, samarali natijalarga
erishish, yangiliklar yaratish, o‘z faoliyatining ijodiy yo‘nalishlarini aniqlashga
imkoniyat beradi. Bundan tashqari, maktab o‘quvchilari uchun PIRLS dasturi orqali
matnni o‘qib tushinish darajasini rivojlantirib borsa, PISA dasturi o‘quvchilarni
ta’limiy yutuqlarini baholab natijalarga ko’ra rag‘batlantirib boradi. Ushbu
dasturlarni deyarli barcha fanlar uchun tatbiq qilsa bo‘ladi ayniqsa, ijtimoy fanlar
uchun mantiqiy fikrlash, matnni tushinish, voqeaga tanqidiy-tahliliy yondashuvni
shakllantirishda PIRLS dasturlarini o‘rni katta. Yangicha metodlarning deyarli
barchasi o‘quvchini o’z ustida ishlash qobiliyatini rivojlantiradi, mantiqiy fikrlashga
o‘rgatadi, kreativligini oshiradi. Kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega boʻlishi kerak
boʻlgan muhim koʻnikma bo‘lib, bu koʻnikma ularga doimiy tarzda va shiddat bilan
oʻzgarayotgan, oddiy savodxonlikdan tashqari yangilanayotgan davrga xos
koʻnikmalarga ega kadrlarni talab etayotgan makonga moslashishga koʻmaklashadi.
Umuman olganda, bugungi oʻquvchi kelajakda hozir hatto mavjud boʻlmagan
sohalarda ishlashi, yangi muammolarni yangi koʻnikmasini shakllantirish ularga
tobora murakkablashayotgan mahalliy va global muammolarni noodatiy yondashuv