Ilm-fan va ta’lim



Yüklə 6,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/96
tarix13.12.2023
ölçüsü6,39 Kb.
#174571
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   96
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 6-son (3) (1)

XULOSA: 
Har qanday kasb o’zining nizo va konsepsiyasiga ega.Psixolog 
kasbiga ehtiyoj bo’lgani sababli xozirgi kunda Psixologik markazlarni yurtimizning 
barcha viloyatlarida uchratishimiz mumkin.Bu soxaxam boshqa soxalar kabi davlat 
rivojida, ayniqsa kelajak avlod yuksalishida katta ahamiyatni kasb etadi.Psixologlar 
bajaruvchi ishlar barcha sohalarni qamrab olgan.Eng rivojlangan davlatlarda 
yashovchilarning o’zizning shaxsiy psixologi mavjud va qanday muammoga duch 
kelsa birinchi navbatda undan yordam maslahat kutadi.Bundan ko’rinib turibdiki, 
kelgusi yillarda bu sohaga ehtiyoj tobora ortadi.Qaysi kasb egasi bo’lmaylik avvalo 
o’sha kasbni sevishimiz va yetarli bilim darajasiga ega bo’lishimiz kerak. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Z.T.Nishanova.”Psixologik xizmat”, Toshkent “Yangiyul Poligraph 
service” 2007y 45-bet 
2.
Ze.E.F. “Kasblar psixologiyasi” M;Akademik loyiha, 2006y, 30bet 
3.
Klimov.E.A.“Kasbiy o’zini o’zi aniqlash psixologiyasi”, Rossiya, 1996y 
4.
www.ziy onet.com kutubxonasi. 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/
 

№ 6
~ 85 ~ 
O’SMIRLIK DAVRIDAGI PSIXOLOGIK O’ZGARISHLAR 
Yusupova Azizaxan Abdullayevna 
Xorazm viloyati Urganch shahar 10-sonli maktab amaliyotchi psixologi 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada o’smirlik davrining psixologik xususiyatlari 
haqda yoritilgan. Shuningdek, o’smirlik davrini o’rganish bo’yicha psixodiagnostik 
uslublar keltirilgan. o’smirlik ko’p jihatdan insonning ertangi kunini belgilab beruvchi 
muhim palla hisoblanadi. Bu davrda ota-onalar farzandlariga har doimgidan ko’proq 
e’tibor berishlari kerak. 
Kalit so’zlar:
O’smir, o’smirlik davri psixologiyasi, “Men” konsepsiyasi, o’tish 
davri. 
O’smirlik balog’atga yetish davri bo’lib yangi hislar, sezgilar, tuyg’ular paydo 
bo’ladi. Bu davrda o’smir hayotida fiziologik va psixologik o’zgarishlar juda ham 
keskin sur’atlarda amalga oshiraldi. Kichik maktab yoshidagi novcha qizlarning 
yonida bo’yi pastroq lekin serharakat bolalar o’smirlik davrida novcha qizlarga yetib 
oladilar, hattoki ulardan o’zib ham ketadilar. Bu davrda qiz bolalar 5-7 smga o’ssalar, 
o’g’il bolalar esa unadan yuqori 5-10 smga o’sib ketadilar. Bo’y o’sishi naysimon 
suyaklar va umurtqa pog’onasining uzayishi hisobiga ro’y beradi. Bu davrda naysimon 
suyaklarning oxirgi tayanch qismlari hali yetarli darajada suyaklanmagan, yumshoq 
bo’ladi. Bu xususiyatlarni nazarda tutish, o’smirlar sportning murakkab, og’ir turlari 
bilan shug’ullanishiga yo’l qo’ymasligi kerak.Aks holda bolalarning umurtqa 
pog’onasi qiyshayib bo’yi o’smay qolishi mumkin.Og’iz bo’shlig’iga hamda 
halqumdagi o’zgarishlar oqibatida tovush tembri ham o’zgaradi. Bu o’g’il bolalarda 
qiz bolalarga nisbatan ko’proq darajada sodir bo’ladi. O’g’il bolalarning tovushi 
vazminroq bo’lib qoladi va do’rillaydi. Ayni shu holat ham o’smir psixikasiga katta 
ta’sir ko’rsatadi. Agar ularning ovozi muhokama qilinaversa, ustidan kulinaversa 
o’smir agressiv, urishqoq bo’lib qoladi. Shuning uchun ham kattalar o’smirlar bilan 
qanday muomala qilishni bilishlari kerak. Chunki ular o’zlari bilan xuddi kattalardek 
muomala qilishlarini xohlashadi. Insonning o’zining “Meni” ham shu davrda rivojlana 
boshalaydi va u o’zligini anglashni o’rganadi. Ular o’zlarining layoqati, qobiliyati va 
imkoniyatlarini ma’lum darajada o’rtoqlariga va o’qituvchilariga ko’rsatishga 
intiladilar. O’smirlik davri 
“O’tish davri”, “Krizis davri”, “Qiyin davr” 
kabi nomlarni 
olgan psixologik ko’rinishlari bilan xarakterlanadi. Chunki bu yoshdagi o’smirlarning 
xattiharakatlaridagi muqobil, yangi sharoitlarda o’z o’rnini topa olmaslik, psixik 
portlash hollari ham kuzatiladi. Tevarak-atrofdagi odamlarga o’zining ahamiyatga ega 
ekanini ko’rsatish uchun u kuchli, qo’rqmas va epchil bo’lishga intiladi. Tarbiyachilar 
ham o’z tarbiyalanuvchilari xuddi shunday bo’lishlarini istaydilar, ammo ular ana shu 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/
 

№ 6
~ 86 ~ 
fazilatlarning faqat «kerakligi» uchun shunday bo’lishini istaydilar. Ana shunday 
«xohlayman» va «kerak» o’rtasidagi qarama-qarshiliklar ba’zan oilada, maktabda, 
keskin ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga keltiradi. Tarbiyalangan odamda «xohlayman» 
fakat «kerak»ni bajarish orqaligina amalga oshiriladi. Agar o’smir bola tushunishga 
o’rgatilmagan bo’lsa va «kerak» bo’lgan narsani bajarishga odatlanmagan bo’lsa, u 
o’zboshimchaligini namoyon qilish orqali tarbiyachilarning talablariga qarshilik qiladi 
hamda o’zining shaxsiy asoslanilmagan xohishlari asosida ish tutadi. O’smirning yangi 
huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar bilan o’zaro munosabatlarning butun muhitiga oid 
bo’ladi. O’smir avval bajonidil bajaradigan talablarga endi qarshilik ko’rsata 
boshlaydi: 
uning 
mustaqilligini 
cheklashganda, 
vasiylik 
qilishganda, 
yo’naltirishganda, 
nazorat 
qilishganda, 
quloq 
solishni 
talab 
qilishganda, 
jazolashganda, uning qiziqishlari, munosabatlari va fikrlari bilan hisoblashishmaganda 
u norozilik bildiradi. 
O’smirlik davriga kimningdir xatti-harakatini 

Yüklə 6,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin