“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 96 ~
Uzoqdan quyidagi so’zlar ko’zga tashlanadi: «Ajoyibotlar mamlakati».
Jamshid:— Iye, bolalar, yetib kelibmiz shekilli. Lekin bu otaxon kim bo’ldi ekan-
a? Assalomu alaykum, bobojon!
Nuroniy otaxon: — Valaykum assalom, bolalarim.
Alisher:— Ajoyibotlar mamlakatiga shu yerdan kiriladimi?
Otaxon: — Xuddi shunday, bo’talog’im. Lekin bir sharti bor —bu mamlakatga
kirish uchun siz avval mening yoshimni topishingiz kerak.
Nodir:— Xo’p bo’ladi, otaxon. Biroq bunda siz ham bizning ayrim savollarimizga
javob berasizda, maylimi?
Otaxon: — Mayli, xo’p. Men tayyorman.
Nodir: — Otaxon, siz yoshingizni bizga aytmasdan 10 ga ko’paytiring. Natijadan
9 ni ayiring.Endi javobni bizga ayting, qancha bo’ldi?
Otaxon: — Olti yuz to’qson bir (691).
Kamol: Demak, siz 70 yoshdasiz.
Otaxon: — Barakalla, bolajonim.
Endi esa, mana bu g’aroyib sonlarni xona
birliklariga ajratib bersangizgina bu darvozadan o’tasiz. (Darvozadan «1000, 568, 205,
460, 300» sonlarini xona birliklariga ajratib o’tishadi).
Aks-sado eshitiladi: «Ajoyibotlar mamlakati »ga xush kelibsiz. Endi bu
yerdagi ajoyibu g’aroyib misol-masalalar, boshqotirmalar-u
rebuslar sizning
ixtiyoringizda. Ularni to’gri bajarsangizgina tog’ni zabt eta olasizlar.
Jamshid:— Voy-bo’-o’, mana bu yerda qiziqarli masala-yu, boshqotirmalar bir
talay ekan. Men ularga deyarli javob topdim. Qani, endi siz ham javobini topib ko’ring-
chi:
1) Agar kechasi soat 12.00 da yomg’ir yoqqan bo’lsa, u holda 24 soatdan so’ng
quyosh chiqishi mumkinmi?
2) 5 ta cho’pning 10 ta uchi bor. 5 yarimta cho’pning nechta uchi bo’ladi?
3) Chizg’ichning to’rtta burchagi bor.
Agar bitta burchagini qirqsak, qancha
burchak qoladi?
4) O’n ikkiga bo’lib 10 hosil qiling. Bolalarning birlari olib, birlari qo’yib bu
qiziqarli savollarga javob berishadi.
Alisher:— Do’stlar, ancha yo’l yurdik, bir qancha to’siqlardan o’tdik. Mana
do’stlik tog’iga ham yetib keldik.
Bolalar tog’ning cho’qqisiga chiqib
hech qachon ayrilmaslikka, do’stliklari
abadiy bo’lishiga qasam ichishibdi va sayohatni tugatib uylari tomon yo’l olishibdi.
Savollar:
7.
1000da nechta nol bo’ladi?
8.
1kilogrammda qancha gramm bor?
9.
1 tonna necha kilogrammga teng?
10.
1 kilometr necha metr bo’ladi?
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 97 ~
11.
2, 5 km = *m ?
12.
Otaxonning Yoshi qancha?
13.
1000, 568, 205, 460, 300 sonlarini xona birliklariga ajrating?
14.
Agar kechasi soat 12:00 da yomg’ir yoqqan bo’lsa, u holda 24 soatdan
so’ng quyosh chiqishi mumkinmi?
15.
5 ta cho’pning 10 ta uchi bor. 5 yarimta cho’pning nechta uchi bo’ladi?
16.
Chizg’ichning to’rtta burchagi bor. Agar bitta burchagini qirqsak, qancha
burchak qoladi?
17.
O’n ikkiga bo’lib 10 hosil qiling ?
Javoblar:
1)
3ta
2)
1000gramm
3)
1000 kg
4)
1000 m
5)
2500 m
6)
70
7)
1ta minglik yoki 1000tabirlik
8)
Yo’q
9)
12ta
10)
5ta
11)
120
Bu matematik ertak o’quvchilarga 1000lik konsentrida ishlashga, o’lchov
birliklarini esda saqlashga yordam beradi. Og’zaki hisoblash ko’nikmasini
rivojlantiradi. O’quvchilarni topqirlikka, hozirjavoblikka,
mantiqiy fikrlashga
o’rgatadi. Do’stlik buyuk ne’matligi, uni saqlash yo’lida to’siqlarni yengib o’tish
kerakligini bolalar ruhiyatiga singdiradi.
Demak biz o’tmoqchi bo’lgan matematika darslarimiz orqali boshlang’ich sinf
matematika darslarida o’quvchilar arifmetik amallarni bajarish va kattaliklar bilan
ishlashda o’qituvchi hamkorligida ijodiy fikrini ifodalay oladi va 1000 ichida sonlarni
og’zaki va yozma raqamlash va uch xonali sonni xona birliklari yig’indisi ko’rinishida
tasvirlay oladi.
13
Bu esa o’quvchilarining matematik ertaklar yordamida fanga oid
qiziqishlarini oshirishdagi ahamiyati juda kattadir.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining bilish faoliyatini matematik ertaklar faoliyati
orqali uyg’un holda tashkil etish
darsning maqsadiga erishishda, ularni
rag’batlantirishda, ta’lim tarbiya berishda, shaxsni kamolga yetkazishda yaxshi samara
va natija beradi.
13
Umumiy o‘rta ta’limning
davlat ta’lim standarti va o‘ quv d
asturi
boshlang‘ich ta`lim. Toshkent
-2017
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 98 ~
Insoniy fazilatlarni targ’ib qilish yoki aksincha xarakterdagi yomon jihatlarni
bayon etishda eng qulay va ta’sirchan usullardan biri ertakdir.
Shuningdek, ertak
bolalarning tafakkur doirasini kengaytirish, quvvayi-hofizasini kuchaytirish maqsadida
mantiqiy fikrlashga o’rgatishning asosiy omillaridan biri sanaladi.
Dostları ilə paylaş: