Ilmiy bilishning nazariy usullari Rasmiylashtirish


Nazariy fizika kursini o‘qitishda seminar mashg‘ulotlarini o‘rni va ro‘li



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə7/9
tarix11.06.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#128533
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mutaxasislik xurshid

Nazariy fizika kursini o‘qitishda seminar mashg‘ulotlarini o‘rni va ro‘li
Turli g'oyalarning kurashi hamda mashhur fizik - olimlarning mashaqqatli mehnati tufayliyuzagakelganini talabalar yaqqol tasavvur qilishi va tushunish! kerak. Bufikrlaming amalga oshishida, ma’ruza etakchi vamuhim o‘rin tutadi. Ma'ruzada, birinchidan, talabalarning um um taiim tizimida olgan bilimlari va umumiy fizika kursini o'qishda o ‘zlashtirgan bilim, malaka va ko'nikmalari yana ham yuqori darajaga ko'tarilishi kerak. Bo'lg'usi fizika o'qituvchi lari bar bir fizik tushuncha, qonun va nazariyalami fizika fanini o'qitishning turli bosqichlarida qanday rivojlanishini yaqqol ko'z oldiga keltirishlari zarur, shundagina uiaming amaliy faoliyati samarali boiadi. Buning uchun, ular. uzluksiz ta’lim tizimida fizika fanini o'qitishda izchillik prinsipini qoiiashni yaxshi bilish lari kerak. Nazariy fizikada ma’ruza - qat’iy mantiqqa, tizimli ketma-ketlikka va u yoki bu ilmiy masalani chuqur va keng bayon qilishga qaratilgan metodologik asosga ega bo'lib, tajriba dalillariga va ko'rgazma modellari yordamida o'qilishi zarur. Ma’ruza. talabalami ilm-fanga olib kiradi, uning sohalariga tegishli asosiy ilmiy-nazariy g'oyalar bilan tanishtiradi. Yaxshi ma’ruza talabalarning fikrlarini uyg'otadi, o'qilayotgan predmet ustida bosh qotirishga majbur qiladi. yuzaga kelgan savollarga. javob topishga, eng muhim va qiziqarli ilmiy g'oyalarni tekshirishga o'rgatadi. Shuning uchun ham, ma’ruzan! olim lar- ilmiy fikrlashning o'ziga xos maktabi, deb bejiz aytishmaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, darslik yoki o'quv qollanmalaida bayon qilmganlarga o'xshagan yoki uni takrorlaydigan ma’ruza, talabalarda unchalik qiziqish uyg'otmaydi. Shuning uchun, har bir ma’ruza o'ziga xos bo'lishi zarur, bu esa ma’ruzachidan yuqori ilmiy- metodik tayyorgarlilcni hamda yuksak pedagogik mahoratni talab qiladi. Ma’ruza, faqatgina bilim berish bilangina cheklanib qolmasdan, muhim tarbiyaviy ahamiyatga ham ega bo'lib, yoshlarga har tomonlama ta’sir qilish vositasidir. Agar ma’ruzachi namunaviy shaxsiy xislatlarga va birinchi navbatda ilmiy salohiyatga va yuksak eruditsiyaga, ma’ruza o'qish mahoratiga hamda talabalar bilan turli sohalarda muloqot qilish qobilyatiga ega bo'lsa, uning ta'sir kuchi yana ham kuchayadi hamda ularning diqqati va hurmatiga sazovor boiadi. Demak, nazariy fizikadan ma’ ruza o'quv jarayonida muhim ahamiyatga ega bo'lib, yetakchirolnio'ynaydi. Shun mg uchun, kafedra vao'qituvchilarning asosiy vazifasi shundati iboratki, ularmuntazam ravishdama’ruzalarning ilmiy va g'oyaviy - nazariy darajasini, pedagogik mahoratini oshirib borishi zarur. Buning uchun. ma’ruzada o'qitilayotgan nazariy fizika bo'limining ilmiy va o'qitish jihatlarini birlashtirish, o'qituvchilar faoliyatining asosini tashkil qiladi. Binodarin, ular ma’ruza materiallarini muntazam tarzda yangilab, ularga zamonaviy-ilmiy yutuqlarni kiritib borishi kerak. 186 Nazariy fizikadan o'qiladigan ma’ruzalarda, talabalami, bayon qilinayotgan materialiar o'quv adabiyotlarda qanday darajada berisganligi bilan tanishtirish juda muhim hisoblanadi. Ko'pchilik ma’ruza o'qiydigan n'qitnvchilar, rejani bajarishga harakat qilib, ushbu masalaga yetarli darajada e'tibor berishmaydi, bu esajiddiy kamchilik hisoblanadi. Yana bir muhim masala, ma’ruzacbi talabalarning mustaqil ishlarni luijarishini nazorat qilib borishdan va ularning bilim saviyasini o'sib borishini Ivii/alib turishdan iborat. Ko'p hollarda, talabalar ma’ruzaning mazmuni bilangina chekianib qolib, ularda mazkur predmet bo'yicha mustaqil ishlash, bilim olish maiaka va ko'nikmalari yetarli darajada shakllanmay qoladi, bunga tislo yo'l qo'ymaslikkerak. Yu(]orida aytilgan fikrlami, nazariy fizika kursining "Kvant mexanika'5, "Statistik fizika va termodinamika” bo'limlarini o'qitish mijjolida ko'rib i hiqaylilc. Kvant mexanikani talabalar umumiy fizika kursining “Kvant fizika” bn'limi bilan tanishib bo'lgandan so'ng o'qishadi. Boshqacha aytganda. ular, kvant fizikada dastlabki muhim kvantoviy g'oya va tushunchalar bilan tanishib bo'lgach, kvant mexanikani o'qishadi. Shuning uchun, bu kurslar orasida il'miy izchillikni amalga oshirish zarur. Chunki izchillik amalga oshiriimasa, masalalar takrorlanib, talabalarning qiziqishini so'nishiga olib keiadi. Hunga yo'l qo'ymaslik uchun, barcha kvantoviy g'oya va tushunchalar, uzluksiz ta’lim tizimining turli bosqichlarida qanday darajada bayon qilinishini yaxshi bilishi kerak, ya’ni ularning bosqichma-bosqich rivojlanishini yaqqol ko'rsatish zarur, shundagina ulami o'qitish bosqichlari orasidagi izchillikni imalga oshirish mumkin. Albatta, bu yerda quyidagicha savol tug'iladi: uzluksiz ta’lim tizimining turli bosqichlarida izchillikni amalga oshirish qanday natija beradi? Bu savolga javob berish uchun izchillik sxemasiga murojaat qilish kerak. Unga ko'ra, izchillikni amalga oshirish bo'lg'usi fizika o'qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini kuchaytirib, ulaming umumta’lim maktab, AL va KHK lardagi amaliy faoliyatining samarali bo'lishiga olib keiadi. Chunki pedagogika oliy o'quv yurtiga fizika o'qituvchisi bo'laman deb o'qishga kirgan talabalarning bilimi qancha yuqori bo'lsa, ularning oliy maktab fizika kursidan egallagan bilimi, maiaka va ko'nikmalari ham yuqori dai'ajada bo'ladi, bu esa ular Uclajakda o'qitadigan o'quvchilaming bilimini ham yuqori darajada bo 'lishini ta'minlaydi. Natijada, izchillik sxemasining amalga oshishi, kelajakda o'quvchi va talabalarning bilimini spiralsimon o'sishiga olib keiadi. Bu erda shuni ta’kidlab o'tish lozimki, izchillikni falsafada qonun danijasida qaraladi. U o'zining m a’nosiga ko'ra, ilm-fanning rivojlanishini lavsiflab, falsafaning inkorni-inkor qonuniga asoslanadi. Fizika fanida esa, izchillik prinsipi moslik prinsipi deb atalib, faqatgina oldinga intilishni ko'rsatadi, ya’ni har qanday yangi nazariyadan ma’lum shaitlar bajarilganda, cski nazariyaning asosiy natijalarining kelib chiqishini ko'rsatadi. Jumiadan, maxsus nisbiyliknazariyasining barcha n atijalaridan,u«c-shart bajarilganda 187 klassik mexanikaning natijalari, real gazlar vasuyuqliklar uchun taklifqilingan holat tenglamalaridan, hozirda uiaming soni 200 dan ortiq, zarraiar orasidagi o'zaro ta’sir kuchlari yo'q deb qaralsa, ideal gazning holat tenglamasi yoki Mendeleev-Klapeyron tenglamasi kelib chiqadi. Moslik prinsipini fizikaga kvant nazariyaning asoschilaridan biri bo'lgan N.Bor 1918-yili kiritgan va kvant tasavvurlar bilan klassik tushunchaiar orasidagi bog'lanishni ko'rsatgan. Yuqorida aytilgan fikrlardan kelib chiqib, quyidagicha savol tug'iladi: "O'qitishda izchillik. prinsipining ta’rifi qanday?” Agar, bu savolga javob bersak, u quyidagicha: “O'qitishdagi izchillik, o'qitishning turli bosqichiarida o'quv materialini to'g'ri taqsimlashni, ular orasidagi bog'lanishlami aniqlashni va ularning rivojlanishini ko'rsatadi”. Demak, o'zining ma'nosiga ko'ra, izchillik prinsipi - didaktik prinsiplardan biri ekan. Nazariy fizikadan o'qiladigan m a’ruzaga tegishli jihatlardan yana biri, unda o'quv materialining tarixiy rivojlanishi va mantiqiy ketma-ketligi va ularning mutanosibligidir. Shuni unutmaslik kerakki, nazariy fizikaning bo'limlarini bayon qilishda, ushbu fikmi, albatta, hisobga olish zarur. Agarda, faqatgina bo'limning rivojlanishida tarixiylik prinsipiga asoslanilsa ma’ruza taiabalarga zerikarli bo'lib qoladi va aksincha, mantiqiy ketma-ketlik bilangina chegaralanilsa, shuningdek, ko'pnarsalar taiabalarga tushunarsiz bo'lib qolishi mumkin. Shuning uchun ham, ma’ruzada bu metodlaming mutanosibligini ta’minlash kerak. Albatta, ayrim mavzularni tushuntirishda, tarixiylik prinsipi asosiy rolni o'ynasa, ayrimlarida esa, mantiqiy ketma-ketlik ustun bo'iadi. Demak, mavzuning mazmuni va mohiyatidan kelib chiqib, o'qitish metodikasini tanlash zarur. Ma’ruzaning samarali bo'rishini ta'minlaydigan omillardan yana biri, uning tarkibiy tuzilishini aniqlashdir. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, ma’ruza o'qish jarayoni jonli jarayon bo'lgani uchun, mo'ljallangan rejadan chetlashishning bo'lishi tabiiy, chunki talabalarning mavzuni tushunishim va ular bergan savollarga aniq javob berishni hisobga olish kerak. Ammo iloji boricha, reja umumiy holda bajarilishi shart, shundagina talabalar bo'limni yetarli darajada o'zlashtirishga erishadi. Ma’ruzaning samarali bo'lishini ta’minlovchi omillardan yana biri, ma’ruzachining nutqidir. Agar ma’ruza bir xil tarzda o'qiladigan bo'lsa, u ko'pchilik talabalarda diqqatning susayishiga va zerikishning boshlanishiga olib keladi. Shuning uchun, ma’njzachi o'zining bayonini va diksiyasini ma’ruza materialiga va uning mazmuniga moslashtirishi shart. Eng muhim dalillar, tushunchaiar, qonunlar, nazariyalar va ularning amalda qo'llanishiga taalluqli fikrlarni bayon qilishda, o'zining nutqini balandlatib, ilhom va hayrat bilan tushunarli til da aytishi zanir. Ma’ruza ilmiy - o’quv ahamiyatiga ega bo'lgani uchun. ma’ruzachi bir yoki ikki soat ichida, bir necha oylab va villab olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalarini yoki murakkab nazariyalami sodda va tushunarii qilib bayon qilishi lozim. Ma’ruzaning samarasiga ta'sir qiladigan yana bir omil, savol-javoblar bilan bog'liq. Ayrim ma'ruzachilar talabalarga savollarni ma'mzaning yakunida berishni tavsiya qilishadi. Bizning nazarimizda, bu to'g'ri emas, chunki talabaga butun ma’ru/л o'qish jarayonida savol berishga ruxsat berish kerak. Shundagina ularning o‘quv materialini tushunishlari uzluksiz va tizimli bo'ladi. Agar talaba ma’ruza materialining biror joyini tushunmay qolsa, qolgan qismini tushunishi qivinlashadi, boshqacha aytganda, zanjir uziladi. Ikkinchi tomondan, ma’ruza yakuniga yetguncha, talaba savolini unutib qo'yishi ham mumkin. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, nazariy fizikadan ma'ruzani yuqoridagi tavsiyalar asosida o'qish, talabalarning bilimini chuqurlashtirish vakengaytirishga, ularning bilimlarini tizimlashtirishga, boshqacha aytganda, bo'Ig'usi fizika o'qituvchilarining nazariy tayyorgarligini kuchaytirishda asosiy o'rinni egallaydi. Talabalarning ma’ruza raateriallarini tolaqonli o'zlashtirishida amaliy mashg'ulotlarning ham alohida o'rni va roli bor. Shuning uchun, amaliy mashg'ulotlarning mazmuni va o'tkazish metodikasiga jiddiy e’tibor qaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Nazariy fizikadan amaliy mashg'iilotlarri ikki qismga: masalalar yechish va seminarlar o'tkazishga ajratish mumkin. Nazariy fizikaning bo'limlarini o'qitishda masala ishlashdan maqsad quyidagilardan iborat:
♦ ma'ruzada o'tilgan nazariy materialni yetarli darajada o'zlashtirishga xizmat qilish;
♦ talabalarda amaliy masalalarni hal qiiishga kerakli maiaka va ko'nikmalami shakllantirish;
♦ ma'ruzada o'tilgan materialning nazariy va amaliy ahamiyatini yaxshi tushunish;
♦masal ailing turmushdagi o'rni vaunikelajakdarivojlantirishyo'nalishini aniqlash:
♦ o'zlaridashakllangan amaliy bilim, maiaka vako'nikmalami kelajakdagi ishdagi faoliyatida qo'llashga o'rgatish asosida jamiyat talabiga javob bera oladigan o'qituvehilar tayyorlash.
Amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish rejasi o'qitilayotgan predmetni o'qitish bilan mutanosib bo'lishi zarur. Ushbu reja kafedrada muhokama qilinib, barcha o'qituvehilar uchun umumiy hisoblanib, m a’ruza kursining umumiy yo'nalishiga va asosiy g'oyalariga mos bo'lishi kerak. Amaliy mashg'ulotlarning yana bir muhim jihati shundaki, u, talabalami darsiik, o'quv qo'llanmalar va qo'shimcha materialiar bilan ishlashga o'rgatadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ushbu jarayonda. talaba, nazariy biiimlarni qanday darajada o'zlashtirganim bilib oladi yroki o'z-o'zini nazorat qiiishga imkon yaratadi. Amaliy mashg‘ulotlarning yana bir muhim shakli - seminar bo‘lib, uni nazariy fizikaboiimlarining muhim mavzulari yoki fanning eng so'nggi yutuqlari bo‘yicha o'tkazish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Seminar uni amaliy mashg‘ulotning muhim shakli hisoblanib, uni o'z sohasining yetuk mutaxassisi bo'lgan o'qituvchi rahbarligida o'tkazish samarali boiadi. Albatta, seminarga barcha talabalar jiddiy tayyorgarlik ko'rib kelishi. mashg'ulotlarni qiziqarli va bahsli o'tishini ta’minlab, uiaming o 'z fikrini mustaqil bayon qilish, ilmiy bahs va tortishuvlami ilmiy etikaga rioya qilgan holda olib borish malakalarini shaldlantiradi. Ushbu aytilgan fikrlar asosida nazariy fizikaning “Kvant mexanika” va “Statistik fizika va termodinamika” bo'limlarini o'qitishda, seminar mashg'ulotlari uchun, quyidagi mavzular tavsiya qilinadi.


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin