Ilmiy dalillarning mantiqiy gnoseologik mohiyati


Pedagogik muammoni tanlash va pedagogik tadqiqot mavzularini shakillantirish



Yüklə 82 Kb.
səhifə2/7
tarix15.06.2023
ölçüsü82 Kb.
#131035
1   2   3   4   5   6   7
ilmiy tadqiqot

Pedagogik muammoni tanlash va pedagogik tadqiqot mavzularini shakillantirish

Pedagogik tadqiqot murakkab jarayon, chunki ta’lim-tarbiyaning dialiktik xususiyati, serqirra ekanligi izlanuvchidan aniq muammoni tanlashni taqozo etadi. Pedagogik jarayon hali yetarli o`rganilmagan dolzarb muammodir. Jamiyatni, fanlarni, ishlab-chiqarishni, texnikani tez taraqqiyoti, talim-tarbiyaning davr talabi, mavjud shart-sharoitga mos qonuniyati va yosh avlodni hayotga tayyorlash zarurati pedagogik moammolar tadqiqotlarni ilmiy-amaliy ahamiyatidan dalolat beradi. Pedagogik muammo ta’lim-tarbiya tizimining yechilmagan qirralari masalalaridir.


Ana shu ta’lim-tarbiya tizimining kompleks ko`lamidan, o`z imkoniyatiga mos muammoni, tadqiqot mavzusi sifatida tanlash, ilmiy izlanishning dastlabki qadamidir. Chunki ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, jamiyat iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot omilidir.
Tadqiqot muammosini tanlash, chuqur mulohaza, intelliktual tahlil, hayotiy tajribaga asoslanadi. XXI asrda ta’lim-tarbiyani istiqbolli yo`nalish i, barkamol avlod, barkamol shaxs modeli uzluksiz ta’lim-tarbiyani modernizatsiyalar, pedagogik merosni o`rganish, jahonda inson, insoniylik, muammosi pedagogik tadqiqot predmetidir.
Globallashuv sharoitida jahonda muayyan muammoni hal etilgani darajasini aniqlash; insonni o`rganadigan fanlarda ushbu muammoning tadqiq etilganini tahlili; milliy mentalitet, qadriyatlar xususiyati; muammoni tarixiy, mantiqiy mohiyati muammoni aniqlash mezonidir.
Muammoni tanlash, tadqiqot maqsadini yo`nalishlarini belgilashda muhim o`rin tutadi. Pedagogik tadqiqotning informatsion, konseptual, eksperimental, kvalametrik, metodik, tashkiliy, tarixiy, yo`nalishlari mavjud. Informatsion tadqiqot ilg`or pedagogik tadqiqotlarni o`rganish umumlashtirish fanda muhim o`rin tutadi. Ta’lim-tarbiya umum xalq ishi: ko`p sonli ijodkor pedagoglar, ota-onalar, jamoatchilik, matbuot, radiotelevideniya xodimlari faoliyatining tarkibiy qismi. Pedagogik qonuniyatlar, tamoillar, asosida ilg`or tajribalarni umumlashtirish tahilil, targ`ib qilish, jamiyatni pedagoglashtirish imkoniyatini oshiradi. Informatsion tadqiqotda obyektivlik, mantiqiylik, badiiylik, hayotiylik, va pedagogika-psihologiya qonuniyatlar ommaviyligi muhim o`rin tutadi.
Ilmiy-pedagogik tadqiqot konseptual yo`nalish metodologik xususiyatga ega. Ta’lim-tarbiya jarayonining metodologik muammosini o`rganish pedagogikaning nazariyasini rivojlantiradi. Nazariy va metodologik tadqiqotlar ilmiy asoslangan konsepsiyalarda umumlashadi. Konseptual tadqiqotlar jahon ilm-fan yutuqlari, ilg`or tajribalar, tarixiy taraqqiyot qonuniyatlariga asoslanib istiqbolli yo`nalishlarni belgilab beradi. Masalan, O`zbekistonda “Kadrlar tayyolash Milliy modeli” jahon tajribalari asosida yaratildi, uzluksiz ta’limni istiqbolini belgilab berdi. Shaxsga yo`naltirlgan ta’lim, texnologik yondashuv, qonuniyatli yondashuv, ta’lim-tarbiyani insonparvarlashtirish, demokratlashtirish va uzviy modernizatsiyalash dolzarb muammolardir.
Pedagogik muammolar asosida muayyan-todqiqot mavzusi tanlanadi. Mavzuga doir aniq muammolar aniqlanadi, tadqiqotchi o`ziga quyidagi savolni qo`yilishi va qirq o`lchab- bir qaqorga kelishi maqsadga muofiq:

  1. Faning qasysi sohasi, yo`nalishi meni qiziqtiradi?

  2. Qaysi muammoni metodologik, umumiy ta’lim, maktabgacha pedagogika, kasb-hunar ta’limi, oliy maktab pedagogikasi va hokazolarni hal eta olaman?

  3. Qaysi yoshdagilar ta’lim-tarbiyani hal eta olaman?

  4. Tarbiyalash o`z o`zini tarbiyalash, didaktika, maktabshunoslikning qaysi yo`nalishi mening imkoniyatimga mos?

  5. Qaysi muammolar dolzarb?

Tanlangan muammoga asosan mavzu shakillantiriladi. Mavzuning har bir kategoriyasi (tushuncha so`zi) muammoni ifadalashi lozim. Mavzu aniq, ixcham, ilmiy shaklda ifodalanishi shart. Masalan, ko`p holarda u yoki bu muammoni “pedagogik asoslari” shaklida qo`llanilish holatlari mavjud, “pedagogik asos” butun fanning nazariyasi va amaliyotidir. Shuning uchun yaratish «ishlab chiqarish», «takomillashtirish», «rivojlantirish», «samaradorlik», «informatsiya», «modernizatsiyalash», «model», «tizim» kategoriyalari ilmiylik darajasini bildiradi.
Mavzuni tanlash asosan tadqiqotchining irodasi, ilhomi asosida bo`ladi. Lekin mavzu tanlashda ijtimoiy buyurtma dolzarb ilmiy loyihalar asosida ham tavsiya etiladi. Mavzuni tanlashda ilmiy markazlar muvofiqlashtirish kengash muhokamasi, yetakchi mutaxasislar maslahati ham muhim ahamiyatga ega. Chunki, muammo o`rganilgan, tadqiq etilgan, takror bo`lmasligini shart. Pedagogik tadqiqot muammosini tanlash, mazmuni shakllantirish ilmiy faoliyatning muhim bosqichidir. Birinchi bobda pedagogika ayrim dolzarb muammolari keltirilgan.


Yüklə 82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin