Ilmiy dalillarning mantiqiy gnoseologik mohiyati


Pedagogik tadqiqot obyekti va predmeti



Yüklə 82 Kb.
səhifə3/7
tarix15.06.2023
ölçüsü82 Kb.
#131035
1   2   3   4   5   6   7
ilmiy tadqiqot

Pedagogik tadqiqot obyekti va predmeti

Ilmiy tadqiqot mavzusi, maqsad vazifasi, tadqiqot obyekti va predmeti bir-biri bilan uzviy bog`liqdir. Pedagogik tadqiqot–mavzuga mos tadqiqot obyekti va predmetini aniqlash murakkab jarayon. Mavzuning har bir kategoriyasi tadqiqot obyekti va predmeti asosida foydalanadi. Tadqiqot obyekti va predmeti avvalo fanning predmetidan kelib chiqadi. Fanlarning tutash bandlarida ilmiy izlanishlar an’anaga aylanmoqda, bunday tadqiqotlar predmeti, o`zaro bog`liqlik dialektik qonuniyatlar asosida belgilanadi. Pedagogik tadqiqot obyekti va predmetini to`g`ri belgilanishi ilmiy faoliyat samaradorligini oshiradi. Mavzuning mavhum, umumiyligi, uning obyekti va predmetini belgilashda qiyinchilik tug`diradi. Mavzuda tadqiqot obyekti va predmeti aniq, qisqa ifodalanadi. Yuqoridagi bobda ta’kidlaganimizdek: u yoki bu muammoning “pedagogik asoslari”, “pedagogik muammolari”, “pedagogik masalalari” kabi tadqiqot mavzularining predmeti va obyekti ham mavhum bo`ladi.


Tadqiqot obyekti tanlangan mavzu bo`yicha uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayonining u yoki bu qismi, tadqiqot predmeti muayyan ta’lim-tarbiya jarayonini, takomillashtirish istiqbolli qonuniyatlari, metodlar vositalari yo`nalishlari bo`lishi mumkin. Masalan, “Maktabgacha ta’lim muassasalarida multimediyasidan foydalanishning ilmiy-metodik asoslari” mavzusida dissertatsiya tadqiqot obyekti: maktabgacha ta’lim muassalarida tayyorlov guruhlarida multimediya texnologiyasi asosida ta’lim-tarbiya jarayoni belgilangan. Tadqiqot obyekti asosida dissertatsiya tadqiqot predmeti: maktabgacha ta’lim muasssalarida multimediya texnologiyasidan foydalanilgan holda bolalarga ta’lim-tarbiya berish, ularda boshlang`ich kompyuter savod vositalari tanlangan. Avvalo, mavzu dolzarb, bugungi kunda uzluksiz ta’lim – tarbiyada pedagogik texnologiyadan foydalanish shaklmetodlaridan ishlab chiqish davr talabidir. Tadqiqotchi mavzuga mos tadqiqot obyekti va predmetini tanlagan. Tadqiqot obyekti maktabgacha ta’lim muassasalarining o`ziga xos xususiyati va aynan tayyorlov guruhlari ta’limtarbiya dasturidan kelib chiqilgan. Tadqiqot predmetida multimediyadan foydalanish tayyorlov guruhida ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishning metod, vositalarini ishlab chiqish maqsadi qo`yilgan.
Shuningdek, “Pedagogik ta’lim jarayonini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish nazariyasi va amaliyoti” mavzusidagi dissertatsiyaning tadqiqot obyekti o`qituvchilarni kasbiy tayyorlash va malakasini oshirishda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish jarayoni;
Tadqiqot predmeti «O`qituvchilarni kasbiy tayyorlash hamda malakasini oshirishda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va boshqarishning nazariy va amaliy asosi» belgilangan.
Dessertatsiya tadqiqqoti maqsadi: Oliy pedagogik ta’limda kadrlar tayyorlash va ularni malakasini oshirish jarayoniga zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish tizimining mazmunini ishlab chiqish, nazariy asoslash hamda amaliyotga tadbiq etish ilmiy ishning maqsadi, obyekti va predmeti bir-biri bilan bog`liqligini ko`rsatadi.
Tadqiqot maqsadini amalga oshirish jarayoni (obyekti) va hal etiladigan dolzarb ilmiy muammo – predmeti aniq tizimli yondoshilganligidan dalolat beradi.
13.00.08. – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi pedagogik tadqiqoti bo`yicha “Kasb-hunar ta’limida fanlararo uzviylikni ta’minlash metodikasi” mavzusidagi dissertatsiya tadqiqotida “Kasb-hunar ta’limida “Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi” maxsus fanidan fanlaaro uzviylikni ta’minlash metodikasini ishlab chiqish, amalga joriy etish” maqsadidan kelib chiqib, tadqiqot obyekti: kasb-hunar kollejlarida uzviylashgan fan dasturlari asosida “Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi maxsus fanini o`qitish jarayoni”.
Tadqiqot predmeti: kasb-xunar ta’limida “Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi” maxsus fanidan fanlararo uzviylikni ta’minlash mazmuni va metodikasi belgilangan. Taqdiqotda maqsad va vazifa, obyekt va predmet uyg`unligi ilmiy izlanish uzviyligini ta’minlagan.
13.00.02. – ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) bo`yicha “Maktab o`quvchilarida ekologik tafakkurni fanlararo takomillashtirish uslubiyoti (biologiya va fizika misolida) dissertatsiya tadqiqotida quyidagi maqsad qo`yilgan: “biologiyani fizika bilan bog`lab o`qitish asosida o`quvchilarda ekologik tafakkurni takomillashtirishning didaktik, uslubiy jihatdan maqsadga muvofiqligini aniqlash ularni amalga oshirishda zamonaviy shakl va uslublarni ishlab chiqish”.
Shunga asosan tadqiqot obyekti: umumiy o`rta ta’lim maktablarida biologiyani fizika bilan bog`lab o`qitishda o`quvchilarning ekologik tafakkurini shakllantirish jarayoni belgilangan. Lekin tadqiqot predmetida butun didaktik tizim qamrab olingan: umumiy o`rta ta’lim maktablarida biologiyani fizika bilan bog`lab o`qitish o`quvchilarning ekologik tafakkurini shakllantirish vositalari, uslublar, shakllari pedagogik shart-sharoitlari belgilangan.
Demak, pedagogik tadqiqot maqsadiga mos ta’lim-tarbiya jarayoni va dolzarb muammoni hal etish predmeti belgilash, uzviy bog`liqli ilmiy izlanishi samaradorligini ta’minlaydi.

Yüklə 82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin