Ilmiy dalillarning mantiqiy gnoseologik mohiyati


Ilmiy tadqiqotning farazi



Yüklə 82 Kb.
səhifə6/7
tarix15.06.2023
ölçüsü82 Kb.
#131035
1   2   3   4   5   6   7
ilmiy tadqiqot

Ilmiy tadqiqotning farazi.

Ilmiy faraz fan taraqqiyotining, yangi ixtirolarini muhim tarkibiy qismlaridir. Biror ilmiy ixtiro induksiya, oldindan bashoratsiz, tajribasiz amalga oshmagan. Ayniqsa pedagogik tadqiqotda xatoga yo`l qo`ymaslik, natijani har tomonlama asosligi ilmiy faraz alohida ahamiyatga ega. Oldindan aniq ko`ra olish ilmiy faraz (fanda qabul qilingan gipoteza) dir. Ilmiy tadqiqot maqsadi, vazifasini aniqlagandan keyin eksperemintal (tajribalar) o`tkazish uchun muayyan ilmiy faraz bo`lishi, farazga har safar tayanish tadqiqot faoliyatining me’zonidir. Ilmiy faraz oldindan tasavvur, fikriy tajriba, tadqiqotning ichki tizimi, tadqiqotnig harakat kuchi.


Ilmiy faraz tajribaga, tipik hayotiy misollarga, mantiqiy analogiya, ilmiy voqelik modeliga, kelgusida tajribaga tekshiriladigan mavhum nazariyaga asoslanadi. Aniq ilmiy faraz tadqiqot samaradorligini oshiradi, tadqiqot bo`yicha natijaga erishadi.
Tadqiqot boshidagi ilmiy faraz ishchi gipoteza bo`ladi. Yaxshi shakillangan ilmiy faraz muammoni hal etish faraz asosida erishilgan natijalarga ko`ra istiqbolli aniq gipoteza yaratish imkoniyatini beradi. Muayyan ilmiy faraz chuqur nazariyaaga asosan ifodalanadi, unda mavjud voqelik, natijalarining pedagogik qonuniyatlar bilan uyg`unligi, mosligi isbotlanadi.
Tadqiqotda ilmiy faraz isbotlanish shart, dastlabgi ilmiy faraz va eksprimentlar natijasi asosidagi muayyan ilmiy faraz taqqoslanadi.
Pedagogik tadqiqot ilmiy farazi aniq natijaviy dalillar, misollar bilan bog`liq. Har tomonlama tekshirilgan natijaviy misollar, yaratilgan yangilik, bashorat qilish ilmiy farazning asoslangani tadqiqotning mezonidir. Demak, ilmiy farazlar avvalo dialektik qonuniyatlar pedagogikaning qonuniyatlaridan kelib chiqsa, mukammal tajribalarda va eksprimentlarda asoslansa uning mukammalligidir.
Ilmiy farazlar tadqiqot mavzusiga, qo`yilgan maqsadga, vazifalarga mos bo`lishi izlanish samaradorligini oshiradi, izchilligiga erishiladi. Dastlab gipotezani fanga ma’lum bo`lgan qonun va nazariyalar yordamida izohlashga harakat qilinadi. Gipoteza emperik tasdig`ini topgan yoki eksperimental tekshirish natijasida rad etiladi. Gipotezaning muhim sharti eksperimentlar va amaliyotda isbotlanishidir.
Ilmiy tadqiqotchi o`zining umumiy g`oyasini bir yoki bir nechta gipotezada ifodalaydi. Gipoteza tizimi tadqiqot jarayonining mexanizimidir. Ilmiy farazga qo`yiladigan asosiy talablar:

  1. Pedagogik tadqiqotda eng muhimi nimada?

  2. Tadqiqot obyektining tarkibiy qismi, xususiyati, pedagogik voqelik nimada?

  3. O`rganilgan jarayon modelining xususiyati qanday?

  4. O`rganilayotgan voqelikni mohiyati nimada?

  5. Muayyan voqelik qanday hosil bo`ladi?

  6. Tadqiqot vaqti, muddati, qanday?

  7. Ilmiy farazning tajribada aniqlash uchun qaysi metod va vositalardan foydalaniladi?

Demak, tadqiqot jarayonining hal qiluvchi tarkibiy qismi muayyan ilmiy faraz, uni tajribada, amaliyotda isbotlanishidir.
Masalan: Shaxs huquqiy ijtimoiylashuvuning nazariyasi va amaliyoti mavzusidagi dissertatsiya tadqiqotining ilmiy farazi quyidagicha bashorat qilinadi.
Ilmiy farazning tajribada sinalgani tadqiqotni ilmiy yangiligida ifodalanadi.
Tadqiqot ilmiy farazi asoslanganiga ko`ra tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Mutafakkirlarning ilmiy farazi haqidagi qarashlari bunga misol bo`la oladi:
Fan bilan she’riyat go`yo qarama-qarshi ikki qutbdir, deya hisoblanadigan odatiy fikr ko`proq yanglish fikrdir. Hayotlarini ilmiy izlanishlarga bag`ishlagan kishilar, ular o`zlari urganayetgan narsaning poeziyasini boshqa odamlar singarigina emas, balki ularga nisbatan ancha jonliroq qabul qila olishlarini bizga doimo isbotlab kelishyapti.
G. Spenser
Inson bilimining istalgan sohasida poeziya to`lib-toshib yotibdi.
K. G. Paustovskiy
Ilmiy tafakkurda doimo poeziya elementi mavjud. Haqiqiy fan ham, haqiqiy musiqa ham bir toifada mushohada yuritishni talab qiladi.

Yüklə 82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin