Ilmiy dalillarning mantiqiy gnoseologik mohiyati


Tadqiqot maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilanadi



Yüklə 82 Kb.
səhifə5/7
tarix15.06.2023
ölçüsü82 Kb.
#131035
1   2   3   4   5   6   7
ilmiy tadqiqot

Tadqiqot maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilanadi:

  1. O`qitish texnologiyalarining ilmiy asoslarini didaktik muammo sifatida ishlab chiqish va ularning texnika oliy ta’lim muassasalari ta’lim tizimi uchun zaruriyatini ilmiy asoslash.

  2. O`quv jarayonining informatsion-texnologik ta’minoti asosi sifatida kasbiy yo`naltirilgan ta’limiy muhit modelini yaratish va ilmiy jihatdan asoslash.

  3. Kasbiy yo`naltirilgan o`qitish texnologiyalarini loyihalash va konstruksiyalash bosqichlari va qoidalarini ishlab chiqish.

  4. Kasbiy yo`naltirilgan o`qitish texnologiyalari doirasida talabalarning o`quv-biluv faoliyatini boshqarishni tizimli asoslash.

  5. Texnika oliy ta’lim muasasalari ta’lim tizimida faol o`qitish metodlari va shakllarining didaktik imkoniyatlarini nazariy jihatdan yaxlit tizim sifatida asoslash.

  6. Kasbiy yo`naltirilgan o`qitish texnologiyalarning didaktik samarasini pedagogik tajriba-sinovda aniqlash.

Texnika oliy ta’lim muasasalari ta’lim tizimida faoliyat ko`rsatayotgan o`qituvchilar uchun o`quv jarayonini kasbiy yo`naltirilgan o`qitish texnologiyalari asosida tashkil etish bo`yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Demak, maqsadga muvofiq vazifalar belgilanadi.
Tadqiqot vazifalari dissertatsiyaning istiqbolli rejasida, mazmunmundarijasida o`z ifodasini topadi.
Tadqiqotchining mutaxasisligi, qiziqishi, yaratuvchilik qobiliyati, ijodga intilishi aniq maqsadi va vazifasini belgilashda namoyon bo`ladi. Tadqiqot boshlanishida qo`yilgan maqsad, vazifa qo`lami kam bo`lsada, izlanish jarayonida ko`proq yutuqlarga erishi, yangi konsepsiyalar yaratilishi, qonuniyatlar ochilishi tajribalarga ega bo`lish mumkin. Chunki, fan buyuk ummon uni o`rganilmagan kengliklari, botuni o`z ijodkorlarini qutmoqda. Abu Abdullo Rudakiy aytganidek:
“Ilmdan yaxshiroq xazina bo`lmas,
Qo`lingdan kelguncha tera olsang bas”
Tadqiqotchilik, tashabbuskorlik maqsadi ilmiy izlanishni aniq maqsadida namoyon bo`ladi. Maqsad bo`yicha izchil, ilmiy faoliyat natijasi hayotda o`z ifodasini topadi. Sharq mutafakkirlaridan Kamoliddin Binoiy: “Ilm yo`lida ranj chekkan odam Ranj emas, ganjiga qo`yadi qadam”.
“Ilm amal bilan ishga rahnamo, Ilm agar amalga yor bo`lmas, Undan ko`zga hech mador bo`lmas”.
Tadqiqot maqsadi, vazifalarda o`rganayotgan voqelik, predmet, uning tarkibi, mohiyati, boshqa voqea-hodisalar bilan bog`liqligi, umumiy qonunityalar, nazariy asoslari, ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarni; mavjud shart-sharoit asosida tadqiqot obyekti va predmetini aniqlash; ilmiy izlanish metodlarini tanlash, kuzatish olib borish, tajribalar o`tkazishdan; amaliyotga joriy etish, tavsiyalar ishlab chiqish ifodalanadi, belgilanadi.

Yüklə 82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin