Ilmiy dalillarning mantiqiy gnoseologik mohiyati


Pedagogik tadqiqotning maqsad va vazifalari



Yüklə 82 Kb.
səhifə4/7
tarix15.06.2023
ölçüsü82 Kb.
#131035
1   2   3   4   5   6   7
ilmiy tadqiqot

Pedagogik tadqiqotning maqsad va vazifalari

Ilmiy tadqiqotda maqsad muhim o`rin tutadi. Amerikalik olim Jon Kxo “har qanday faoliyatda aniq maqsad yetmish foiz ijobatdir” deb yozadi. Ilmiy tadqiqot maqsadi izlanuvchining yaratuvchanlik tuyg`usi, fanning dolzarb muammosi, mavzuga doir axborotlarni aniqlanganligi, ijodiy ilhom, ilmiy til, muammoni yechimini bashorat qila olish kabi imkoniyatlar asosida umumlashtiriladi.


Ilmiy tadqiqot maqsadini quyidagicha belgilanadi:

Pedagogikaning umumiy asoslari, metodologiyaga doir tadqiqot maqsadi ta’lim-tarbiya jarayonining qonuniyatlari, prnitsiplari, mazmunini modernizatsiyalash muammosini aniqlashga qaratiladi. Didaktikaga doir tadqiqotlar didaktikaning umumiy qonuniyatlaridan kelib chiqib, aniq maqsad qo`yiladi. Yuqorida ta’kidlaganidek ta’lim jarayoniga doir kategoriyalar asosida tadqiqot maqsadi ifodalanadi.
Pedagogik tadqiqot maqsadi mutaxasislik yo`nalishlari xususiyatlaridan kelib chiqadi. Masalan, kasb-hunar ta’limi ixtisosligiga doir tadqiqotlar, shu sohaning dolzarb muammosini hal etishi rivojlantirish hozirgi davrda pedagogik tadqiqotlar konseptual yondashuvlar bilan harakterlanadi.
Kadrlar tayyorlash Milliy modeli fan komponenti ilmiy tadqiqotni jahonshumul ahmiyatini, fanimizni jahon faniga integratsiyasi talabini qo`yadi. Demak, avvalo globallashuv sharoitida tadqiqot muammosini umuminsoniy mohiyati, ahamiyati ilmiy ish maqsadida ko`zda tutilmog`i zarur. Ikkinchidan, tadqiqot muammosini jahonda o`rganilganlik darajasidan kelib chiqib maqsad qo`yilishi shart.
Tadqiqotchining yaratuvchanlik, tashabbuskorlik fazilati, shijoati, ezgulikka xizmat qilishi maqsadida o`z ifodasini topadi. Tadqiqot maqsadi avvalo ideal natijadir, bashoratdir, qolaversa, tadqiqot jarayoni modelidir.
Masalan, “Oliy ta’limda kasbga yo`naltirilgan o`qitish texnologiyalarining tizimli asoslanishi” mavzusidagi dissertatsiya tadqiqotida muammoning o`rganilganlik darajasi haqida jahon fanidagi ta’limotlar e’tirof etilib, maqsad aniqlanadi, “O`qitish texnologiyalari ilk bor XX asrning 50-yillarida amerikalik psiholog-pedagoglar B.Blum, L.Andersen, Dj.Blok, T.Gilbert, R.Taydjer tadqiqot obyektida, Yevropa davlatlari Angliya, Italiya, Vengriya va keyingi o`qitish texnologiyalari davlat, markazlarida faoliyat ko`rsatgani” qayd etiladi va tadqiqot maqsadi, texnika oliy ta’lim muassasalari ta’lim tizimida talabalarning amaliy faoliyatiga tayyorgarligini ta’minlovchi kasbiy yo`naltirilgan o`qitish texnologiyalarining ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqish, ulardan bo`lajak muhandislarni tayyorlashda foydalanishning didaktik shartsharoitlarini aniqlash va amaliyotga joriy etishi mazmunida belgilanadi.

Yüklə 82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin