Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/146
tarix02.01.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#42699
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   146
5-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
qutqaruvchi vosita sifatida ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Hozirda dunyoning 
50 dan ortiq davlatlarida elektron sigaretalar sotilayotgan bo‘lishiga qaramay elektron 
sigareta ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar uning inson salomatligi uchun bezarar 
ekanligini uqtirishga, ishontirishga harakat qilsalarda, o‘zlari chekishga butunlay qarshi 
chiqadilar.
nikotinga  qaramlik  masalasi  keskin  turgan  qator  xorijiy  davlatlarda  tamakisiz 
aralashmalarni chekish ham odatdagi tamakini iste’mol qilish kabi xavfli degan ilmiy 
xulosaga  kelingan  va  ayrim  xorijiy  davlatlarda  tamakidan  holi  muhit  to‘g‘risidagi 
qonunlar qabul qilingan. Jumladan, jamoat joylarida chilim chekish germaniya, italiya, 
Avstriya, Belorussiya, Fransiya, Shvetsiya, Ukraina, Qozog‘iston, Birlashgan Arab 
amirligi, Quvayt va boshqa davlatlarda taqiqlangan va jarima sanksiyalari belgilangan. 
Shuningdek, Braziliya, kanada, Daniya, Turkiya, Norvegiya, Avstraliya, Urugvay, 
iordaniya, italiya, Birlashgan arab amirligida 2013- yildan boshlab elektron sigaretalarni 
reklama va realizatsiya kilish taqiqlangan. Taylandda esa elektron sigaretlar va ularning 
analoglarini olib kirish, foydalanish, saqlash va olib yurish taqiqlangan. Rossiya 
Federatsiyasida  2013-yildan  boshlab  shakli  va  rangi  bo‘yicha  tamaki  mahsulotini 
eslatuvchi eletron sigaretlarni sotish ma’n etilgan. Ayrim davlatlar qonunchiligida 
huquqbuzarlarni axloq tuzatish ishlariga ham yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
Mamlakatimiz qonunchiligida ham jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar 
chekishni cheklash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, fuqarolarning sog‘lig‘ini 
chilim va elektron sigaretalarning zararli ta’siridan, u bilan bog‘liq ijtimoiy va boshqa 
salbiy  oqibatlardan  muhofaza  qilish  shuningdek,  jamiyatda  sog‘lom  turmush  tarzini 
shakllantirish hamda qaror toptirishning tashkiliy va huquqiy sharoitlarini yaratishga 
alohida e’tibor qaratiladi. 2018- yil 2- iyulda qabul qilingan O‘zbekiston respublikasining 
“Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida”gi qonuni 
fikrimizning isbotidir. 
yoshlarning  zararli  illatlarga  qaramligini  oldini  olishda  iste’mol  qilayotgan  mah-
sulotining tarkibi va uning zarari haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlar berish va uning 
oqibatlarini tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois qonunda “chilim”, “chilim 
uchun tamakisiz chekish aralashmasi”, “chilim chekish uchun damlama”, “chilim uchun 
chekish toshi”, “elektron sigareta” kabi asosiy tushunchalarga ta’rif beriladi. Jumladan, 
“Chilim” – tamaki chekish yoki tarkibida tamaki bo‘lmagan chekiladigan qorishma 
(tutatqi  qiyom,  tutatqi  tosh)  iste’mol  qilish  uchun  qo‘llaniladigan  asbob  bo‘lib,  unda 
aerozol (bug‘) yoki tutun suyuqlik solingan idish (chilim suvdoni) orqali o‘tadi
8

“elektron sigareta” esa nikotinni yoki nikotinsiz mahsulotni yetkazish vositasi 
sifatida  foydalaniladigan,  nafas  olib  yutish  uchun  mo‘ljallangan  aerozol  (bug‘)  hosil 
qiladigan elektron moslama, deya ta’rif beriladi.
Chilim chekish jarayonida is gazidan tashqari katta miqdorda og‘ir metallar va turli 
xil kimyoviy birlashmalarning organizmga tushishi onkologik, yurak qon-tomir, o‘pka va 
nafas yo‘llari kasalliklariga, asab va ovqat hazm qilish tizimi faoliyatining buzilishiga, 
jinsiy va reproduktiv qobiliyatning susayishiga olib kelishi, tish milklari patologiyasini 
keltirib chiqarishi kuzatilgan. elektron sigaret chekish davomida paydo bo‘ladigan 
bug‘li-tutunli  aralashma  kuchli  kanserogen  ta’sirga  ega  bo‘lib,  nafas  olish  organlari 
va  immun  tizimiga  jiddiy  putur  yetkazadi,  teri  kasaliklarini  keltirib  chiqaradi.  Eng 
achinarlisi, homilaning vaqtidan oldin, kam vazn bilan tug‘ilishi natijasida chaqaloqlar 
8
  O‘zbekiston  respublikasining    “Jamoat  joylarida  chilim  va  elektron  sigaretalar  chekishni 
cheklash to‘g‘risida”gi qonuni. // Xalq so‘zi gazetasi, 2018-yil 3-iyul, №133 (7091). 


19
o‘limi ko‘payadi. Balog‘at yoshida bunday mahsulotlarni iste’mol qilish esa bepushtlikka 
olib keladi.
Qonunda  chilim  va  elektron  sigaretalarni  chekish  mumkin  bo‘lmagan  jamoat 
joylari tarkibi aniqlashtirilgan bo‘lib, ular quyidagi obyektlardir:
– statsionar savdo obyektlari, shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalari bundan 
chilim va elektron sigaretalar chekish uchun maxsus ajratilgan xonalar mustasno;
– kinoteatrlar, teatrlar, sirklar, konsert, ko‘rik va ko‘rgazma zallari hamda ommaviy 
dam olish uchun mo‘ljallangan boshqa yopiq inshootlar;
–  klublar,  diskotekalar,  kompyuter  zallari,  internet  jahon  axborot  tarmog‘idan 
foydalanish  bo‘yicha  xizmatlar  ko‘rsatish  uchun  jihozlangan  xonalar  yoxud  boshqa 
ko‘ngilochar (bo‘sh vaqt o‘tkaziladigan) joylar;
–  muzeylar, axborot-kutubxona muassasalari va ma’ruzaxonalar;
–  mahalliy  hamda  uzoqqa  qatnaydigan  poezdlar,  shahar  atrofiga  qatnaydigan 
poezdlarning vagonlari (shu jumladan tamburlari), daryo kemalari, shahar, shaharlararo 
va xalqaro qatnovdagi avtobuslar, taksilar, yo‘nalishli taksilar va shahar elektr transporti, 
havo kemalari;
– yer osti o‘tish joylari, transport bekatlari va avtotransport vositalarini vaqtinchalik 
saqlash joylari;
– aeroportlarning, temir yo‘l, avtomobil va suv transporti bekatlarining binolari;
–  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlarining,  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari, 
korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarning binolari;
– sog‘liqni saqlash tizimi muassasalari va tashkilotlari, ta’lim muassasalari, 
jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari;
– ish o‘rinlari bo‘lgan xonalar;
–  ko‘p  qavatli  uylarning  yo‘laklari  shuningdek,  uylar  oldi  hududida  joylashgan 
bolalar va sport maydonchalari;
– xiyobonlar, bog‘lar, ko‘chalar va boshqalar jamoat joylari hisoblanadi. 
Jamoat  joylarida  chilim  va  elektron  sigaretalar  chekishni  cheklash  bo‘yicha 
profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, 
fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, korxonalar 
(muassasalar), ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning ishtiroki orqali yoshlar 
tarbiyasida davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligini ta’min-
lanlash ko‘zda tutiladi. 
Shu bilan birga yoshlarni ayniqsa, voyaga yetmaganlar o‘rtasida chilim va elektron 
sigaretalarni  targ‘ib  etish,  ya’ni  chekishni  rag‘batlantiruvchi,  shaxsda  ularni  iste’mol 
qilishning zararsizligi haqidagi tasavvurni shakllantiruvchi g‘oyalar, qarashlar va badiiy 
obrazlarni ochiq yoki yashirin shaklda tarqatishga qaratilgan harakatlar qonun bilan 
taqiqlanadi.
Mazkur qonunning hayotga tatbiq etilishi natijasida jamoat joylarida yoshlar o‘r-
ta sida chilim va elektron sigaretalar chekish keng tarqalishining, chekmaydigan fuqa-
rolarning huquqlari himoyasini ta’minlashga yoki tamaki tutunidan zaharlanishning, 
chekish natijasida kelib chiqadigan kasalliklarning, shuningdek, guruh bo‘lib chekish 
oqibatida  yuqish  xavfi  bo‘lgan  yuqumli  kasalliklar  tarqalishining  oldini  olishga 
erishiladi. 
Xulosa  qilib  aytish  mumkinki,  mazkur  qonun  bilan  belgilangan  jamoat  joylarida 
chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash orqali ko‘zlangan natijaga erishish, 
jamiyatda  sog‘lom  turmush  madaniyatini  rivojlantirish  uchun  har  bir  fuqaro  jamoat 


20

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin