11
bosqichlarida davom ettirishlarida, ularni rag‘batlantirilishida bilimni baholashning
amaldagi tizimi yetarlicha ta’sir kuchiga ega emas hamda bilimli bo‘lishni to‘liq
rag‘batlantirmaydi. Bundan tashqari, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini
ko‘tarish, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini yanada rivojlantirish
kabi masalalar ham dolzarbdir.
Shundan kelib chiqib, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida har bir o‘quv yili
yakuni bo‘yicha muvaffaqiyatga erishgan 7-11 sinf o‘quvchilariga
tegishli fan kesimida
navbatdagi ta’lim turi bo‘yicha o‘qishga qabul qilish sinovlarida 5-15 foizgacha imtiyoz
foizlarini berib borilishini keng yo‘lga qo‘yish, ta’lim tizimiga yangicha ko‘tarinki ruh
olib kirib, o‘qituvchining nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarishga xizmat qiladi. Bunda,
bir o‘quv yilida har bir o‘quvchiga ko‘pi bilan uchta fandan imtiyoz foizlari berilishi
nazarda tutiladi. imtiyozga ega o‘quvchi navbatdagi ta’lim turi bo‘yicha davlat ta’lim
muassasalariga kirish sinovlarida tegishli fandan maksimal to‘plash mumkin bo‘lgan
ballning 55 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda ball to‘play olsagina mazkur imtiyozdan
foydalanish huquqi berilishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bunda quyidagi zaruriy
talablar belgilanadi:
– o‘quv yili davomida tegishli fandan yuqori bilim darajasini egallagan bo‘lishi;
– tegishli fan o‘qituvchisining o‘quvchiga imtiyoz balini berish bo‘yicha yozma
tavsiyasi;
– barcha turdagi o‘quv mashg‘ulotlaridagi uzrli sabablarni inobatga olgan holda
95 foizdan yuqori davomat bilan ishtirok etishi, biroq mashg‘ulotlardagi umumiy
davomati 85 foizdan kam bo‘lmasligi zarur;
– ta’lim muassasasi nizomlari va ichki tartib qoidalarini o‘sha o‘quv yili davomida
buzmaslik;
– doimiy yashash manzilidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining
ijobiy tavsiyanomasi bo‘lishi kerak;
– ta’lim oluvchi o‘qiydigan sinf yoki guruh murabbiysi va guruhdoshlarining
ko‘pchiligi tomonidan
maqullangan tavsiyanoma;
– ta’lim muassasasi rahbariyati va jamoasining ushbu tavsiyani qo‘llab
-quvvatlagan pedagogik kengash qarori.
amaldagi harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlardan, fan olimpiyadasi respublika
g‘oliblari, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti kabi boshqa mukofotlarni olib imtiyozga
ega bo‘lgan juda ham oz sondagi o‘quvchilardan farqli ravishda fan kesimidagi
imtiyozning joriy etilishi o‘quvchilarning aniq bir fandan olgan bilimi uchun barcha
sinflardagi iqtidorli o‘quvchilarga berilishi nazarda tutiladi. yuqorida bildirilgan
taklif joriy etilishi ta’lim oluvchilarning bilimli bo‘lishga rag‘batlantiradi, davomat,
tartib-intizomning yanada yaxshilanishiga, ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligini
mustahkamlaydi, ta’lim oluvchilarning keyingi ta’lim bosqichlarini o‘z iqtidorlaridan
kelib chiqib davom ettirishlariga turtki beradi. O‘qituvchilarning, ta’lim muassasasining
jamiyatdagi mavqeini yanada ortishiga, ta’lim muassasasi, oila va mahalla o‘rtasidagi
hamkorlikning mustahkamlanishiga olib keladi.
Eng muhim dolzarb masalalardan yana biri, umumma’lim maktablaridagi
ko‘pchilik o‘qituvchilarning pedagogik mahorati hamda bilim darajasining pastligidir.
albatta, bu haqda fikr yuritishning o‘zi juda ham og‘ir. Biroq ushbu masala jiddiy
e’tiborga loyiq. 2017-yilda o‘tkazilgan “yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” tanlovining
tuman (shahar) bosqichi 1-turida 100 ballik asosida test-sinovi natijalariga ko‘ra, ayrim
tumanlarda qatnashgan o‘qituvchilarning atigi 2,5-3 foizigina 80 balldan yuqori ballni