Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/146
tarix02.01.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#42699
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   146
5-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
Ta’lim  tizimida,  jumladan,  umumiy  o‘rta  ta’lim  tizimida  hozirgacha  saqlanib 
qolayotgan va ularning bartaraf etilishi yuzasidan kechiktirib bo‘lmas samarali choralar 
ko‘rilishi zarur bo‘lgan muammolar ham talaygina. Tizimdagi bir qator muammolarning 
bartaraf etilishi yuzasidan quyidagilarni taklif etish mumkin.
O‘zbekiston ta’lim sohasiga davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘larni rivoj-
langan davlatlar bilan qiyoslaganda, bir necha barobar ko‘p ulush ajratadigan (davlat 
byudjetining 35 foiziga yaqin qismi ta’lim sohasiga sarflanadi) birinchi o‘ntalikka kiradi. 
lekin majburiy ta’lim bilan qamrab olinishi lozim bo‘lgan o‘quvchilar sonining jami aholi 
soniga nisbatan ulushining ko‘pligi, ta’lim sohasidagi xususiy sektor ulushining esa o‘ta 
kamligi ta’lim tizimidagi islohotlarni amalga oshirishdagi kuchli ta’sir etuvchi omillardir. 
Shuning  uchun  ta’lim  sohasiga  ajratilayotgan  byudjet  mablag‘larining  iqtisodiy 
samaradorligini oshirish masalasi dolzarbdir.
Mamlakatimizda  jami  10000  ga  yaqin  umumta’lim  maktabi  bo‘lib,  ulardagi 
bitta  sinfga  to‘g‘ri  keladigan  o‘quvchilar  soni  28-29  nafarni  tashkil  etadi.  Biroq  10 
foiz  maktablarda  bitta  sinfdagi  o‘rtacha  o‘quvchilar  soni  8  tadan  20  nafargachani 
tashkil etadi. Toshkent shahri hamda viloyat, tuman  markazlari yaqinidagi aksariyat 
maktablarda  me’yor(35  nafar)dan  ortib,  hattoki  48-50  nafar  o‘quvchidan  iborat. 
Masalan, o‘tgan o‘quv yilida Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 44 ta umumta’lim 
maktabida jami 894 ta sinfdagi o‘quvchilarning o‘rtacha soni 25 nafarni tashkil etgani 
holda, 158 ta sinflardagi o‘quvchilar soni 10-20 nafardan hamda tuman bo‘yicha faqat 
10 taga yaqin sinflarda (yoki tumandagi jami sinflarning 1,2 foizida) o‘quvchilar soni 35 
tadan ortiqni tashkil etgan.
Toshkent shahri tumanlaridagi holatni bunday deb bo‘lmaydi. Toshkent shahrining 
yunusobod tumanida esa 38- umumiy o‘rta ta’lim maktabida jami 50336 nafar o‘quvchi 
1496 ta sinfda ta’lim olmoqda. Tuman bo‘yicha bitta sinfdagi o‘rtacha o‘quvchilar soni 
33-34 nafarni tashkil etgani holda, ayrim sinflardagi o‘quvchilar soni 46-48 nafar bo‘lib, 
jami 570 ta sinfdagi (yoki tumandagi jami sinflarning 38 foizidagi) o‘quvchilar soni 35 
tadan ko‘pni tashkil etgan. 
Umumta’lim maktablaridagi o‘quvchilar sonining bunday notekis taqsimlanishini 
aholi yashash hududlaridagi bola sonining bir xil taqsimlanmagani va maktablardagi 
o‘qitish sifatining har xilligi kabi ta'sir etuvchi omillar bilan izohlash mumkin.
Jami  o‘quvchilar  soni  100  nafargacha  bo‘lgan  kam  komplektli  umumta’lim 
muassasalarini (filiallarni) bir yildagi moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag‘ning 
bitta  o‘quvchiga  to‘g‘ri  keladigan  o‘rtacha  ulushi  yuqori  quvvat  bilan  ishlayotgan 
maktablardagi bir o‘quvchiga o‘rtacha to‘g‘ri keladigan mablag‘dan 2-3 barobar ko‘pni 
tashkil etadi.
Shuning  uchun  sinflardagi  o‘quvchilar  sonining  o‘ta  kamligi  yo‘naltirilayotgan 
mablag‘larning  iqtisodiy  samaradorligini  pasaytirayotgan  bo‘lsa,  o‘quvchi  sonining 
belgilangan  me’yordan  ortib  ketgani  esa  sinf  xonalari  maydonining  yetarli  emasligi, 
o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan individual ishlashni qiyinlashtirayotgani kabi sabablar 
ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etmoqda.
O‘quvchilar soni me’yordan ortib ketgan holatlarni davlat byudjetining qo‘shimcha 
mablag‘lari evaziga yangi sinflar ochish orqali hal etish esa og‘ir moliyaviy qiyinchiliklarni 
paydo qiladi. 
Bundan  tashqari,  turli  bosqichdagi,  masalan,  1-sinf  va  3-sinf  o‘quvchilarining 
ba’zi  holatlarda  bitta  sinfga  birlashtirilib  o‘qitilishi  ta’lim  sifatiga  jiddiy  salbiy  ta’sir 
ko‘rsatadi.


9
Shuningdek, kam komplektli umumta’lim muassasalarining (filiallarning) har birida 
jami sinflar soni 10-11 ta bo‘lgani uchun bunday umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan 
fanlardan faqat 3 tasi bo‘yicha 1 stavkadan ortiq, 5 tasi bo‘yicha esa 0,5 stavkadan 
ortiq  dars  bo‘lgani  holda,  qolgan  fanlar  bo‘yicha  dars  soatlari  hajmi  0,5  stavkadan 
ham kamroqni tashkil etadi. Fan soatlari hajmining 0,5 stavkadan ham kamligi tegishli 
o‘qituvchilar uchun boshqa maktablardan ham ish qidirishlariga olib keladi.
germaniya, angliya, yaponiya, aQSH kabi rivojlangan davlatlarda ota-onalarning 
oylik  badal  to‘lovlari  asosida  pullik  maktab  avtobuslarining  yo‘lga  qo‘yilgani  faqat 
o‘quvchilarga qulay shart-sharoit yaratish maqsadidagina emas, balki yuqoridagi kabi 
holatlarda ortiqcha sarf-xarajatlarning oldini olish, iqtisodiy samaradorlikka erishishga 
ham xizmat qiladi. 
respublikamiz  bo‘yicha  o‘quvchilari  soni  200  dan  kam  bo‘lgan  maktablar 
mingdan ortiq ekanini, bunday maktablar uchun bir yilda taxminan 500 mlrd. so‘m-
dan  ortiq  byudjet  mablag‘lari  sarflanayotganini  e’tiborga  oladigan  bo‘lsak,  ta’lim 
sohasiga ajratilayotgan byudjet mablag‘larining samaradorligini oshirish va o‘quvchi 
soni  me’yordan  ortib  ketishini  oldini  olish  orqali  ta’lim  sifatini  ko‘tarish  eng  dolzarb 
masalalardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, aksariyat chekka  hududlarda joy lash-
gan  maktablarga  qish  kunlarida,  yog‘ingarchiliklar  davrida  o‘quvchilarning,  ayniqsa, 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining piyoda qatnab o‘qiyotgani ham transport xizmatini 
yaxshilash zarurligini ko‘rsatadi.
rivojlangan  davlatlarning  tajribasini  ta’lim  tizimiga  joriy  etgan  holda  ta’limga 
yo‘naltirilayotgan  mablag‘larning  iqtisodiy  samaradorligini  oshirish,  bitta  sinfdagi 
o‘quvchi  sonining  me’yordan  ortib  ketmasligini  ta’minlash  va  o‘quvchilarga  sifatli 
transport  xizmatini  yo‘lga  qo‘yish  maqsadida  ta’lim  oluvchilarga  transport  xizmatini 
ko‘rsatish uchun yengil avtomashinalar va maktab avtobuslari faoliyatini bosqichma-
bosqich joriy etish taklif etilmoqda. Buning uchun:
– boshqa umumta’lim muassasalariga yaqinligi hamda moddiy-texnik bazasining 
holatidan  kelib  chiqib,  tuman  (shahar)  xalq  ta’limi  muassasalari  faoliyatini  metodik 
ta’minlash  va  tashkil  etish  bo‘limlari  hamda  tuman  (shahar)  hokimliklari  moliya 
bo‘limlarining  takliflariga  ko‘ra,  tegishli  tuman  (shahar)  hokimliklarining  qarorlari 
asosida birinchi navbatda yuqoridagi kabi jami o‘quvchi soni 100 yoki 180 nafardan 
kam  bo‘lgan  kam  komplektli  umumta’lim  muassasalarining  (filiallarning)  faoliyatini 
maqbullashtirish, ya’ni ulardagi o‘quvchilarni bepul transport xizmatini yo‘lga qo‘yish 
orqali boshqa maqbul umumta’lim muassasasi sinflariga biriktirish;
–  faoliyati  maqbullashtirilgan  kam  komplektli  umumta’lim  muassasalarining 
(filiallarning)  o‘quvchilariga  bepul  transport  xizmatini  ko‘rsatuvchi  yo‘lovchi  tashish 
subyektlariga patent to‘lovlarini to‘lashdan ozod qilish, ularga yagona soliq to‘lovlarni 
to‘lashda imtiyozlar berish kabi soliq imtiyozlari berish, shuningdek, har bir o‘quvchi 
hisobiga bir o‘qish kuni uchun eng kam ish haqining 1-1,5 foizi miqdorida yo‘l haqi 
xarajatlari uchun mablag‘ to‘lab borish;
– faoliyati maqbullashtirilgan kam komplektli umumta’lim muassasalarini (filiallarni) 
bir  kalendar  yili  bo‘yicha  moliyalashtirish  uchun  ko‘zda  tutilgan  mablag‘larning  50 
foizigacha  qismini  o‘quvchilari  biriktirilgan  umumta’lim  muassasasining  moddiy-
texnik  bazasini  mustahkamlashga,  u  yerda  zarur  bo‘lgan  holda  direktor  o‘rinbosari 
lavozimi bo‘yicha yangi shtatlar ajratishga, hududdagi bitta sinfdagi o‘quvchilar soni 
me’yordan ortib ketgan holatlar bo‘yicha qo‘shimcha sinflar tashkil etishga, yo‘lovchi 
tashish  subyektlariga  har  bir  o‘quvchi  hisobiga  yo‘l  kira  harajatlarini  to‘lashga, 


10

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin