Ilmiy rahbar: B. Marasulov


TURLI JANRDAGI ASARLARNI O‘RGATISH



Yüklə 44,37 Kb.
səhifə2/5
tarix21.02.2023
ölçüsü44,37 Kb.
#85198
1   2   3   4   5
Kusr ishi

TURLI JANRDAGI ASARLARNI O‘RGATISH

Boshlang‘ich ta’limda hajm jihatidan ixcham bo‘lgan badiiy asar janrlaridan hikoya, ertak, masal, she’r, rivoyat, asotirlar, dostondan parcha, xalq og‘zaki ijodi namunalari va ilmiy-ommabop maqolalar o‘qitiladi. Turli janrdagi asarlar sujeti, uslubiy bo‘yog‘i, til vositalarining o‘ziga xosligi jihatidan o‘quvchilarga har xil ta’sir qiladi. O‘qish darslarida o‘qituvchi o‘rganilayotgan asarning janr xususiyatlarini inobatga olib, unga mos bo‘lgan an’anaviy yoki noan’anaviy pedagogik usullardan foydalanishi zarur.
Hikoya — epik tur janrlaridan biri. kichik hajmli bu badiiy asar kishi hayotidagi ma’lum bir voqeaning muhim tomonlarini umumlashtirib tasvirlaydi, lekin shu voqeaga qadar ro‘y bergan yoki undan keyin yuzaga keladigan voqealar haqida batafsil bayon qilmaydi. Hikoyanavisning mohirligi shundaki, u qaynoq hayot qo‘ynidan bir epizodni olib, yashashning muhim, tipik tomonlarini shu ixcham shaklga sig‘diradi. Hikoyadagi ana shu ixchamlik, obrazlar xarakterining murak- kab emasligi boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari uchun mos keladi. kichik yoshdagi bolalar asar qahramonining ruhiy kechinmalarini tahlil qilishga emas, balki o‘sha qahramon harakati, portreti, jasorati va nutqiga ko‘proq qiziqadilar. Qiziqarli sujet asosiga qurilgan hikoya ularning diqqatini tezda o‘ziga jalb etadi. Boshlang‘ich sinflarda hikoya mazmunini ko‘proq izohli o‘qish vositasida o‘r- ganiladi. Bunda quyidagi o‘qish-o‘rganish ishlari amalga oshi- riladi:

  • Ifodali o‘qish;

  • matnni qayta hikoyalash;

  • lug‘at ustida ishlash;

savol-javob vositasida hikoyadagi voqea-hodisalar bilan obrazlar xatti-harakatidagi ichki bog‘lanishni aniqlash va boshqalar. Hikoyani o‘qishda mazmun tahlilidan tashqari o‘quvchilar nutqini o‘stirish ham muhimdir. Shuning uchun hikoya matni o‘qil- gach, uning g‘oyaviy mazmunini ochishga daxldor bo‘lgan savollar topib yoki darslik savollari va topshirig‘idan foydalangan holda o‘quv- chilarni gapirishga, hikoya voqealariga o‘zlarining mustaqil munosa- batini bildirishga, obrazlarni taqqoslash va ularning xulq-atvoridagi yaxshi yoki yomon xususiyatlarni ajrata olishga undash zarur.
Masalan, S. Anorboyevning «Bahs» hikoyasidagi (3-sinf) kasb- ning yaxshi-yomoni bo‘lmaydi, uning xalq manfaatiga xizmat qilishi muhimdir, degan g‘oya Halim, Salim, karim ismli uch o‘rtoqning bahsli suhbatida namoyon bo‘ladi. karim otasining cho‘ponligini maqtasa, Halim otasining hisobdonligini ustun qo‘yadi, Salim esa qorovul otasi bilan g‘ururlanadi. karimning buvasi behuda bahsga chek qo‘yib, kasbning yomoni bo‘lmaydi, deydi. Hikoya g‘oyasi shu cholning gapida aks etadi. Asar tahlilida o‘quvchilar shu g‘oyani anglab olishlari uchun quyidagi savol va topshiriqlarni bajarishi talabga mosdir:
l. Bolalar nima haqida tortishadi?
2. Karim o‘rtoqlarini nega xafa qildi?
3. Bobosi karimga nima dedi?
4. Uch qismdan iborat bo‘lgan hikoyaning har bir qismiga sarlavha qo‘ying, o‘zingizga yoqqan qismini so‘zlab bering.
5. «Ichlariga chiroq yoqqanday yorishib ketdi» iborasining mazmunini izohlang. Ushbu savol va topshiriq o‘quvchilar muhokamasi asosida hal qilinib, o‘qituvchi tomonidan fikrlarga aniqlik kiritilsa, hikoya sujetini tushunish osonlashadi. keyin uch o‘rtoq obraziga tavsif beriladi, asar tili o‘rganiladi. Asar mazmunini yoritishda o‘quvchilar tuzgan savollardan foydalanish ham yaxshi natija beradi. U sinfda jonlanishni, motivatsiyani yuzaga keltiradi. Biroq maktab tajribasidan ma’lumki, o‘quvchilarning qobiliyati, intellekt darajasi bir xil bo‘lmaydi. Bu farq ularning o‘quv faoliyatiga nisbatan motivatsiya hosil qilish bilan farqlanadi. Dars maqsadini amalga oshirish uchun o‘quvchi- larda qiziqish uyg‘otadigan turli pedagogik usullardan foydalanish darkor. Ayniqsa, hikoya yuzasidan sahna varianti yaratish, obrazga
kirib, dialogik nutqni yodlash va uni jonli ijro etish asar ruhiyatini hayotiylashtiradi. Sinfdagi sust o‘zlashtiradigan o‘quvchilar ham jonli ijroga befarq qarashmaydi. O‘rtoqlarining harakati va asar voqeasining ko‘z o‘ngida namoyon bo‘layotgani ularni ta’sirlantiradi. Natijada, tafsilotlarda adashsalar ham, asar g‘oyasini to‘g‘ri anglashadi.
Hikoyani o‘rganish uslubi haqidagi fikrlarni umumlashtirib, izohli o‘qish darsining reja variantini metodik tavsiyalarga suyangan holda quyidagicha belgilash mumkin:
l. Hikoyada tasvirlanuvchi voqea sodir bo‘ladigan muhitga o‘qituvchi tomonidan qisqacha tavsif berish.
2. Hikoyani bir darsga mo‘ljallangan qismini o‘qituvchi yoki suxandonligi chiroyli bo‘lgan o‘quvchi tomonidan ifodali o‘qish.
3. O‘quvchilar hikoya mazmunini qay darajada idrok etayotgan- larini bilish maqsadida suhbat o‘tkazish.
4. Tushunishda mavhumlik sezilgan so‘z yoki iboralarni, fanga doir terminlar ma’nosini izohlash.
5. Hikoyaning sahna variantini o‘qituvchi ko‘rsatmasi asosida yaratish va obrazlar replikasini asar ruhiga mos tarzda yodlatish.
6. Hikoya matnini qismlarga bo‘lish va har biriga sarlavha topib, alohida-alohida reja tuzish.
7. Hikoyaning ma’lum qismini ifodali o‘qish va reja asosida qaytadan bayon qilish.
Hikoyani o‘qish va uning mazmunini o‘zlashtirishdagi bu reja varianti qat’iy bo‘lmay, noan’anaviy dars usullari bilan boyitish mumkin. Biroq shu narsani e’tiborda tutish lozimki, hikoya o‘qish darsida undagi asosiy maqsadni aniqlash bilan birga, asarning tarbiya- viy ahamiyatini va ma’naviy ta’sirini nazardan qochirmaslik zarurdir.



  1. Yüklə 44,37 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin