HADISLAR, HIHMATLAR, MAQOL, TEZ AYTISH VA TOPISHMOQLARNI O‘RGANISH
Hadislar «Qur’oni karim»dan keyin turuvchi mo‘tabar manba bo‘lib, islom dini ta’limotini payg‘ambar Muhammad sallallohu alayhi vasallam faoliyatiga bog‘liq holda o‘rganiladi. Adabiyotshunos olim, professor Boqijon To‘xliyev arabcha «hadis» so‘zining bir qator ma’nolarini ko‘rsatadi:
yangi, yangi narsa, yangi ro‘y bergan voqea;
so‘z, hikoya, naql, rivoyat;
Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar yoki uning sahobalari haqida hikoya qiluvchi xabar yoki rivoyat.
Professor B. To‘xliyev akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun yozilgan «Adabiyot» darsligida yuqoridagi fikrga yanada oydinlik kiritib, yozadi: «Hadislar Muhammad payg‘ambar hayoti va faoliyati, shuningdek, uning turli sharoitlarga diniy, falsafiy, axloqiy-ta’limiy mavzularda aytgan xilma-xil fikrlari, ko‘rsatmalari yoki munosabatlarini aks ettiradi».
Hadislarning aksariyati odob-axloq masalasiga qaratilgan. Bu esa islom e’tiqodini mustahkamlashda komil inson ma’naviyati bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal qilishning eng to‘g‘ri yo‘lidir. Boshlang‘ich ta’lim o‘qish kitoblarida o‘quvchilarni insonpar- varlik ruhida tarbiyalash nuqtayi nazaridan hadislar kiritilganki, bu ularning xulqida eng yaxshi sifatlarni tarkib toptiradi. 2-sinf «O‘qish kitobi»dagi HADISlar o‘quvchi o‘rganadigan mavzuning asosiy g‘oyasini yoritish bilan birga axloqqa ziynat beruvchi fazilat- larni egallashga undaydi. «Bahs» nomli matnda Sarvar ismli bolaning yetuk suxandon bo‘lganligi aytiladi. Matn tahlili savollar bilan hal qilingach, ushbu hadis keltiriladi: «So‘zlashga shoshilma, shoshilgan odam fikrini aslo uqtira olmas». Bu hadis suxandon kasbi uchun abadiy nasihat bo‘lib qoladi. Yoki «Ur to‘qmoq» ertagidagi asosiy fikr yaxshilikka yaxshilik qaytishi, yovuzlik qoralanishini ifoda- lashdan iborat bo‘lsa, savol va topshiriqdan keyin keltirilgan hadislar undagi mazmunni hayotiylashtirib yuboradi, ya’ni «Yaxshini yomon kunda sina», «O‘z zararingga bo‘lsa ham haqni gapir», «kimning xulqi yomon bo‘lsa, o‘zi azoblanadi». 3-sinfda buyuk alloma, muhaddis Ismoil al-Buxoriy to‘plagan «Hadislardan naqllar» turkumi berilgan bo‘lib, o‘qituvchi ko‘magida ifodali o‘qish va mazmunini yoritib berish talab etiladi. Unda o‘quvchilar Payg‘ambarimizning «Ochlarga taom, tanish-notanish- larga salom» berish eng yaxshi ish, «nohaq qon to‘kilishi» eng yomon ish deb aytgan hadisini atroflicha muhokama qiladilar. 4-sinfda «hadis ilmi va sunnat» haqida kengroq ma’lumot beriladi. Ular muborak hadisdan namunalar o‘rganadi, leksikasidan «istig‘for» (kechirim so‘rash), «fiqh» (islom huquqi), «sahobalar» (Rasululloh suhbatdoshlari, do‘stlari) kabi yangi so‘zlar joy oladi. Hadislardan keyin xalq maqollari va hikmatli so‘zlar kichik yoshdagi o‘quvchilar saviyasiga mos ixcham janr hisoblanadi. Boshlang‘ich ta’lim o‘qish kitoblarida bu janrlarga keng o‘rin berilgan. Maqollar xalq donoligidir. Unda kishilar hayotni obdan kuzatib, tajriba to‘plab aytgan hikmatli so‘zlari o‘z ifodasini topgan. ko‘pin- cha, she’riy shaklda izhor etilgan maqollarning mavzusi rang- barangdir. U rad qilinmas darajadagi pishiq nasihatdan iborat bo‘ladi. Masalan:
• Bog‘li el — yog‘li el.
• Bilim kuchda — kuch bilimda.
Yozma adabiyot namoyandalari ham o‘z mulohazalarini aniq va ixcham ifodalab, maqollardek purma’no hikmatlar yaratishgan. 2-sinf o‘quvchilari «Navoiy hikmatlari»ni o‘rganishadi. Masalan,
«Olamdan g‘amsiz o‘tay desang, ilm-u hunar o‘rgan», «Sabr bila ko‘p bog‘liq ish ochilur, ishda oshiqqan ko‘p toyilur».
Maqollar va hikmatli so‘zlar mavzularni yakunlovchi, uning g‘oyaviy mazmunini o‘quvchi xotirasida uzoq saqlaydigan janr sifatida berilgan.
3-sinf o‘quvchilari «Xalq og‘zaki ijodi» ruknida berilgan do‘stlik, ahillik, ilm va hunar, kitob va mehnat, ota-ona va farzand haqidagi xalq maqollarini o‘rganadilar. Maqol va hikmatli so‘zlarni yodlash o‘quvchilarning tafakkurini o‘stiradi, nutqini boyitadi, hayotdagi inkor etib bo‘lmas turmush tajribalarini o‘zlashtirishga yordam beradi.
Darsliklarda topishmoqlar va tez aytishlarga ham keng o‘rin berilgan. Bular ham xalq og‘zaki ijodi janrlari bo‘lib, o‘quvchilar zehnini o‘tkir qilishga, tilini burro etishga mo‘ljallangan. Tez aytishda biror-bir tovush qayta-qayta takrorlanadi, o‘quvchi undan o‘sha tovushni to‘g‘ri talaffuz etishni o‘rganadi. Masalan, «Erkin egatga ertagi ekin ekdi» (2-sinf), «Qishda qatiq qattiq qotib qolibdi» (3-sinf).
Tez aytishlarning nutqqa aloqadorligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, topishmoqlar undan farqli o‘laroq zehnga aloqador janrdir. «Topishmoqda ma’lum bir hodisa yoki narsaning belgisi, sifati va xususiyati atayin ochiq emas, balki ramz va ishora bilan aytiladi. Tinglovchi (yoki kitobxon) o‘sha ramz va ishora asosida topishmoqqa yashirilgan hodisa yoki predmetni topadi. Bu janr topishmoq to‘quv- chilardan juda katta kuzatuvchanlikni talab qiladi». («Adabiyotshu- noslik terminlari lug‘ati», T., l967) Bunday sinchkovlik topish- moqni topuvchida ham bo‘lmog‘i shart. Unda yana zehn kuchi ishga tushadi, belgi va xususiyatdan o‘z tasavvurida shakl tiklaydi va shun- dagina topishmoq javobini to‘g‘ri topadi. O‘qish kitoblarida topish- moqlar ko‘p. O‘qituvchi shu janr vositasida muammoli vaziyat yaratishi, o‘quvchilar diqqatini jalb qilib, ularning motivatsiyasini kuchaytirishi lozim. Masalan: Sirti tayoq, ichi bo‘yoq (2-sinf).
Zehni yugurik o‘quvchi tayoq ichida qotgan bo‘yoq «qalam» bo‘lishini topishga muvaffaq bo‘ladi. Yoki: Biz edik-u, biz edik, Yigirma to‘qqiz qiz edik. Birin-birin tizildik, Ma’no bo‘lib tuzildik (2-sinf) (harflar).
Bundanda murakkabroq bo‘lib, ayrim sifatlari bilan o‘xshashlik kasb etadigan, ammo bir e’tibordan yashiringan jihati bilan farqlanuvchi topishmoqlar ham borki, o‘quvchi uni kengroq mushohada qilishga majbur bo‘ladi:
Nomini top, Sherali, Yesang, mazza, shirali. O‘zi polizda pishar,
Bosh harfi-chi almashsa, kir tog‘oraga tushar (3-sinf).
Polizda pishadigan shiralilar: tarvuz, qovun, handalak kabilardir. Bu sifati — o‘xshash. Ammo bosh harfi o‘zgarsa, boshqa narsaning nomi kelib chiqadigani qovundir. «Q» «S»ga aylansa, sovun bo‘lib tog‘oraga tushadi. Shunday qilib, kichik janrdagi hadis, hikmat, maqol, tez aytish va topishmoqlar boshlang‘ich ta’limga mos bo‘lib, o‘quvchilarni har tomonlama ma’naviy kamolotga erishuvida salmoqli o‘rin tutadi. Ularni tahlil qilishda, izohli o‘rganishda, mustaqil mushohada etishda mushtarak jihatlar mavjud. Bular quyidagilar:
ERTAK O‘QISH METODIHASI
Ertak — xalq og‘zaki ijodidagi eng ommaviy va keng tarqalgan janr sifatida hayotiy ildizga ega bo‘lgan to‘qima voqealarni tasvirlaydi. U xalq tomonidan yaratilgan va uzoq zamonlardan beri ertakchi- larning quvvai hofizasida saqlanib, el-ulus urf-odatlari bilan cham- barchas bog‘langan holda ijtimoiy-siyosiy, moddiy-iqtisodiy hayotni fantastik va badiiy uydirmalar orqali ifodalaydigan folklorning epik janridir.
Boshlang‘ich ta’limning o‘qish darslarida xalq ertaklariga keng o‘rin berilgan. Chunki ertaklardagi qiziqarli sujet, voqealar rivojida yuz beradigan tasodiflar, qahramonlarning ko‘tarinki ruh bag‘ish- laydigan jasorati, tadbirkorligi, eng mushkul damda ham aqliy topqirlik bilan harakat qilishlari o‘quvchini maftun etadi. O‘zbek xalq ertaklarini g‘oyaviy mazmuni, kompozitsiyasi, badiiy xusu- siyatlari, uslubiy ravonligi asosida tasnif qilgan folklorshunoslar uni to‘rt asosiy guruhga bo‘lish lozimligini ma’qullashadi. Bular:
1. Hayotiy ertaklar.
2. Sehrli-sarguzasht ertaklar.
3. Hayvonlar haqidagi ertaklar.
4. Hajviy ertaklar.
Boshlang‘ich ta’limning «O‘qish kitobi»da ertaklar uchun maxsus ruknlar ajratilgan, jumladan, 2-sinf darsligida «Ertaklar yaxshilikka yetaklar», 3-sinfda «Xalq og‘zaki ijodi», 4-sinfda «Ertaklar mamlakatida» turkumlari berilgan. Bundan ko‘rinadiki, ertaklar pedagogik-tarbiyaviy qimmatga ega bo‘lib, o‘quvchilarni halollik, to‘g‘rilik, ezgulik, jasoratli bo‘lish, qat’iylik, insonpar- varlik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash vositasi sanaladi. kichik maktab yoshidagi bolalar doimo yaxshilik yomonlik ustidan g‘alaba qilishini istaydilar. Shuning uchun ertakni tahlil qilish jarayonida undagi timsollarning xatti-harakatini sinchkovlik bilan kuzatib, taqqoslab, xulq-atvoriga baho berishga o‘rganishadi.
Masalan, «Botir mergan va chaqimchi» (3-sinf) ertagidagi asosiy g‘oya insonparvarlikni targ‘ib etish bo‘lib, chaqimchilik yomon illat ekanligi aytiladi va «Odamlar orasini buzadigan chaqim- chilikdan saqlaning», degan muborak hadisni yodga soladi. «Hiyla- garning jazosi» (4-sinf) ertagida esa do‘stiga xiyonat qilib, tuhmati o‘z otasining boshiga yetgan hiylagardan nafratlanish hissi o‘z ifodasini topgandir.
Ertak qahramoni xalq orzu-istaklari timsoli sifatida o‘quvchi qalbidan joy oladi. So‘zlashuv uslubiga monand bo‘lgan ertak matni esa bog‘lanishli nutqni o‘stirish uchun asosiy manba vazifasini o‘taydi. Boshlang‘ich ta’limda hayvonlar haqidagi ertaklar anchagina. Ularning kompozitsiyasi sodda. Sujet tizimini tashkil etuvchi voqea- lar ko‘lami oz: bir yoki ikki voqea asosiga quriladi. Matnni tashkil etuvchi rivoyat ko‘pincha dialogda yechiladi. Ramziy mazmun masaldagi kabi allegorik obrazlar orqali talqin etiladi. Ammo ertak va masalning farqli jihati bor:
l. Ertaklar ko‘proq an’anaviy boshlanmada «Bir bor ekan, bir yo‘q ekan» iborasini ishlatadi va «Murod-maqsadlariga yetibdi», deb nihoya topadi. Masalda bunday an’ana yo‘q.
2. Ertakka qaraganda masallar hajm jihatidan kichik bo‘ladi. Ib- ratli xulosaga asos bo‘ladigan voqea yoki detal masalda ertakdagiga nisbatan bir zumda «o‘z vazifasini o‘taydi».
3. Xalq ertaklari nasrda, masallar esa juda ko‘p hollarda nazmda yoziladi.
4. Ertakda ma’lum bir hayotiy masala hal etiladi, masalda esa axloqqa doir mantiq qissadan hissa chiqarish yo‘li bilan yakun topadi.
Shunday qilib, hayvonlar haqidagi ertaklarni bolabop deyishga asos tug‘iladi. Chunki unda bolalarning ma’naviy va estetik talablariga javob beradigan xususiyatlar ko‘p. Ertakda voqealar tez rivojlanadi, hayvonlar yoki shaxslar o‘rtasidagi muammoni yechishda dialog qo‘llanadi. Dalil sifatida «O‘tinchi yigit va sher» ertagidan (2-sinf) ushbu parchani keltirish joiz:
«Bir yigit dalaga o‘tin tergani chiqibdi. Bir daraxt yoniga kelib, uni yiqitmoqchi bo‘libdi. Shu payt bir sher kelib qolib:
— Ey, odam, bu yerga nimaga kelding? — debdi.
— Mana shu terakni yiqitmoqchiman, — debdi yigit.
— Men shunday kuchim bilan bu terakni qulata olmayman- ku, sen qanday qilib qulatasan? — debdi sher.
— Ey, jo‘ra, men juda zo‘rman, — debdi yigit o‘zini tetik tutib.
— Sen zo‘r bo‘lsang, kel, ikkovimiz kurashib, kuchimizni sinaymiz, — debdi sher.
— Mayli, kurashamiz, — debdi yigit o‘zini mag‘rur tutib, — lekin kuchimning yarmi uyda qolibdi, borib olib kelay.
— Ha, borib kel, tag‘in yiqilsang, kuchim uyda qolgan edi, — deb tan bermay yurma»...
Bu matndagi oddiy voqea qiziqarli suhbat vositasida o‘quvchi diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Garchand kichik yoshdagi bolalar ushbu ertakdagi hayvon — sherning gapirmasligini (gapirish insonga xosligini) bilishsa ham, ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar. Shuning uchun boshlang‘ich sinfda hayvonlar to‘g‘risidagi ertaklar ko‘p uchraydi.
Masal matni ustida ishlash uchun hikoyani izohli o‘qish darsi- dagi pedagogik usullardan foydalaniladi. Masad esa ertak mazmunini yaxshi idrok etishga, personajlarning harakatlarini to‘g‘ri baholashga yo‘naltiriladi. Ertak o‘rganishning so‘ngida: «Ertakning qaysi jihati sizga ko‘proq ma’qul bo‘ldi?», «Hayotda ertakka mos hodisalar bo‘lishini tasavvur qila olasizmi?», «Ertak matnida o‘zingizga yoqqan joyni topib o‘qing. Nimasi bilan yoqishini ayting» kabi savol va topshiriqlar yordamida o‘quvchilarning ertak xulosasini tushunish- lariga, mustaqil mushohada yuritib o‘z fikrini ayta olishlariga erishiladi. Boshlang‘ich ta’limda hayvon haqidagi ertaklardan tashqari «Uzun terak», «Oq ko‘ngil chol va xasis boy», «Sanog‘idan adash- madi», «Olqar» (2-sinf), «Botir mergan va chaqimchi», «Halollik», «Donishmand yigit» (3-sinf) kabi axloqiy-tarbiyaviy xarakterdagi ertaklar ham o‘rganiladi. Bunday ertaklarni hikoya tahlilidagidek o‘qituvchi rahbarligida bahs va savol-javob usulida o‘zlashtiriladi. Bundan tashqari, o‘quvchilar muallifi bor ertak bilan ham tanisha- dilar. Unda ertak mazmuninigina emas, balki yozuvchi niyatini, u ko‘targan hayotiy masalaning mohiyatini bilishlari lozim bo‘ladi. Demak, ertak o‘rganishda o‘quvchilar:
hayotga ibrat ko‘zi bilan qarash ko‘nikmalarini shakllantiradi;
tabiat, hayvonot va inson orasida uzviylik mavjudligini tushuna boshlaydilar;
ramziy ma’nolarning hayotiy talqinini ertakdagi oddiy detallar yoki timsollar yordamida mushohada qilishga o‘rganadilar;
nutqning sodda va mantiqiy bo‘lishini, ifodaliligini o‘zlashtira borishga erishadilar.
Ertak haqida aytilgan yuqoridagi uslubiy talqinlarni inobatga olib, izohli o‘qish va ertakni tahlil qilish darsini quyidagi tartibda tashkillashtirish mumkin:
ertak voqeasini jonli ijro asosida namoyish etish.
Ertaklarni kichik yoshdagi bolalarga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularda axloqiy sifatlarni tarkib toptiradi, dunyoqarashini kengaytiradi va nutqini boyitadi.