To’g’ri to’rtburchakning qarama-qarshi tomonlari teng.
Matematika darslarini davom ettirib o’quvchilarga aylana nima ekanligini tushuntiramiz. Quyidagi rasmda doira tasvirlangan. Doiraning chegarasi bo’lgan chiziq aylana deb ataladi. Aylanani sirkul bilan yasashadi. Sirkulning ignasi turadigan O nuqtani aylana markazi deyiladi. OA kesmani doira radiusi deyiladi.
A C OA radiusining uzunligini o’lchang.
O
D
O’quvchilarga yarim tushunchasini misollar bilan beramiz.
R asmda tasma 2 ta teng qismga (2 ta yarimtaga) bo’lingan.
Yarim – bu butunning ikkita qismidan biri.
To’g’ri to’rtburchak shakldagi qog’oz varag’ini teng ikki buklang. Varaqning yarmini ko’rsating. Shu usul bilan doiraning yarmini ko’rsating.
Rasmda uzunligi 9 sm va 8 sm bo’lgan ikkita tasma tasvirlangan. Birinchi tasma teng 3 qismga, ikkinchisini esa teng 4 qismga bo’lindi. Tasmaning uchdan biri; to’rtdan biri nimaga teng?
Tasmaning to’rtdan bir qismi chorak deyiladi.
Rasmda doiraning uchdan bir qismini, to’rtdan bir qismini va yarmini ko’rsating.
Shakllarning yuzi.
1-rasmda doira to’rtburchak ichiga to’la joylashgan; 2-rasmda to’g’ri to’rtburchak oltiburchak ichiga to’la joylashgan. Bu doiraning yuzi to’rtburchak yuzidan kichik, to’g’ri to’rtburchakning yuzi esa oltiburchakning yuzidan kichik ekanini bildiradi. Yuz-bu o’lchash mumkin bo’lgan kattalik.
Topshiriq: bu shakllarning yuzlarini ko’zda chamalab taqqoslang:
To’g’ri to’rtburchaklar yuzlarini ko’z bilan chamalang. Qaysi shaklning yuzi e ng kichik (katta)?
Kattalik (miqdor)larni o’lchash uchun o’lchov birliklari tanlab olinadi. Uncha katta bo’lmagan yuzlar kvadrat santimetrlar bilan o’lchanadi. Kvadrat santimetr tomonlari 1 sm dan bo’lgan kvadratning yuzi. “Kvadrat santimetr” so’zi sonlar.
Shakllarning yuzini topish deganda shu shaklni ajratish mumkin bo’lgan kvadrat santimetrlar sonini topish tushuniladi. Masalan:
Har bir shakldagi santimetrlarni sanang. Har bir shaklning yuzi nimaga teng?
To’g’ri to’rtburchakning yuzini hisoblash uchun uning bo’yini va enini bir xil birliklarda o’lchab, hosil bo’lgan sonlar o’zaro ko’paytiriladi.
Masalan:
2-sinfda o’tilgan mavzular bo’yicha o’quvchilarga takrorlash uchun quyidagi vazifalarni beramiz:
Q aysi kesma vertical, gorizontal, og’ma chizilgan?
B C
M K
A D
KD to’g’ri chiziq ABC uchburchakning qaysi tomonlarini kesib o’tgan?
B
K
A
D C
1) Har qaysi shaklning nomini ayting. har qaysi ko’pburchakning nechtadan burchagi, tomoni va uchi bor?
2) beshburchakning tomonlari uchburchakning tomonlaridan nechta ortiq? To’rtburchakning uchlari oltiburchakning uchlaridan nechta kam?
Dostları ilə paylaş: |