Ilmiy rasmiy idoraviy uslubiyatlar



Yüklə 22,63 Kb.
səhifə5/5
tarix02.12.2023
ölçüsü22,63 Kb.
#171484
1   2   3   4   5
Ilmiy rasmiy idoraviy uslubiyatlar Sozlarni tuzilishi jihatdan turlari Punktuatsiya

Puntuatsiya
Punktuatsiya (lot. punctum — nuqta; kichkina dogʻ) — 1) alifbodan tashqari boʻlgan grafik belgilar (tinish belgilari) tizimi boʻlib, grafika va orfografiya (imlo) bilan birgalikda yozma tilning asosiy vositalarini tashkil etadi. P.ning asosiy vazifasi yozma (bosma) matnni qismlarga ajra-tish, grafik jihatdan shakllantirishdir; 2) yozma matnni punktuatsion rasmiylashtirishni tartibga soluvchi, har bir til uchun tarixan shakllangan qoidalar, meʼyorlar; 3) P. tizimi qonuniyatlarini, shuningdek, tinish belgilarining qoʻllanish meʼyorlarini oʻrganadigan tilshunoslik boʻlimi.


Muayyan milliy til grafikasi (yozuvi) 2 xil vositadan: harflar (alifbo) va tinish belgilari (punktuatsiya) tizimidan iborat. P. tarixi, punktuatsion tizimniig paydo boʻlishi, tinish belgilarining soni turli tillarda turlicha namoyon boʻladi. Masalan, punktuatsion tizim hozirgi maʼno va koʻrinishda Gʻarbiy Yevropa tillari yozuvlarida 15—16-asrlarda, rus yozuvida 18-asr da, oʼzbek yozuvida esa 19-asrning 2-yarmida paydo boʻlgan. Yoki ingliz tili punktuatsion tizimida apostrof va defis ham tinish belgisi hisoblanib, ularning jami 12 ta boʻlsa, hozirgi oʻzbek P.si quyidagi 10 ta tinish belgisidan iborat: vergul, ikki nuqta, koʻp nuqta, nuqta, nuqtali vergul, soʻroq belgisi, tire, undov belgisi, qavs, qoʻshtirnoq. P.ning qoʻllanishida ham tillararo tafovut boʻlishi mumkin, Masalan, ispan tilida soʻroq va undov belgilari gapning boshida va oxirida qoʻyiladi.


P. tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bogʻliq boʻlib, yozma nutqni toʻgʻri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini taʼminlashda muhim vositadir.
Yüklə 22,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin