Ilmiy tadqiqot asoslari


idrok – insonning bilish, tushunish qobiliyati va zehni hamda fahm-farosati;  iroda



Yüklə 364,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/25
tarix01.08.2023
ölçüsü364,18 Kb.
#138167
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
idrok
– insonning bilish, tushunish qobiliyati va zehni hamda fahm-farosati; 
iroda
– bu insonning bir maqsad sari ongli intilishi, boshlangan ishni oxiriga yetkazish 
qobiliyati - bilimlar, tajribalar, kuzatishlar, tarbiya va o’z-o’zini boshqarishning natijasidir;
iste’dod
– insonning ma’naviy-ma’rifiy, ma’daniy va shu kabi jihatlar asosidagi kamol 
topishidagi darajsidir;
tajriba
– voqelikni amaliy jihatdan hissiy – empirik bilish jarayoni;
eksperiment
– bu fan va bilish sohasida favqulotda holatdan chiqish, muammoli vaziyatni hal 
qilish jarayonlari, shaxsning xis-tuyg’ulari, xarakteri, qobiliyati, aql zakovatini o’rganishda 
qo’llaniladigan usul.
Mavzu bo’yicha muammoli savollar va topshiriqlar:
ijodiy faoliyat deganda nimani tushunasiz? U sizda bor deb o’ylaysizmi?
izlanish olib borishni zaruriy holat, deb o’ylaysizmi va u Sizning kasbiy faoliyatingizni 
yuksaltirishga yordam beradimi?
magistrlik dissertatsiyaning yo’nalishi ilmiy ijodga to’g’ri keladimi yoki badiiy ijodgami?
kishining ilmiy ish qilishida asosiy poydevor nimadan iborat, deb o’ylaysiz?
aynan bir mavzu bo’yicha ITI ni olib borishga harakat qiling va buning uchun atama va 
terminlar mazmun-mohiyatini yorituvchi yon daftar yuriting va undan muntazam ravishda 
foydalanishga erishishga harakat qiling.
Tadqiqotchiga mavzu materiallaridan ijodiy faoliyatda 
foydalanishga 
tavsiyalar:
ilmiy ijodiyotni olib borishda zamonaviy hayotiy ehtiyojlarni qondirib borish borasidagi ITI ga 
harakat qiling;
qilayotgan ishingiz mavjudlarini to’ldirsin, to’liq yangi fikr yoki qarashni hal qilsangiz 
yanayam yaxshi bo’ladi va bunda tadqiqotning induktsiya metodidan foydalansangiz adashmaysiz;
shug’ullanayotgan ITIgiz avvalo magistrlik dissertatsiyasiga, qolaversa Vatanimizning 
ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy-iqtisodiy ravnaqiga mos tushsin.

Yüklə 364,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin