Ilmiy ijodiyotning ijtimoiyligi
Tayanch iboralar va atamalar:
ijtimoiy maqsad, omillar,
intellektual salohiyat, bug’
dvigateli, elektr, ichki yonuv dvigateli, algoritm,
uchinchi darajali tenglamalar, “Al-jabr val-
muqobola”, Algebra, Arifmetika, tafakkur, mafkura,
urf-odat, irq, din, til, millat, kasb-kor, kitob
bosish.
Mavzuning matni: Ilmiy ijodiyotning ijtimoiyligi.
Kishilik jamiyati paydo bo’lishi bilan undagi ongli odamlar tabiat va jamiyat hodisalarining
sir-sinoatlarini bilishga qiziqib keladi.
Insondagi aql, ongning rivojlanib borishi natijasida tabiat
va jamiyatdagi hodisa va
jarayonlar kechishini o’rganishga, ularni imkon bo’lganda boshqarishga bo’lgan qiziqish, intilish
hamma vaqt ham dolzarb muammo bo’lib kelgan. Eng asosiysi bular masofa ham, irq ham, millat
ham tanlamadi.
Umuman olganda,
ijtimoiy maqsad
ko’pchilik, ya’ni jamoatchilikning
orzu-intilishlarini
ifoda etadi. Bu borada shaxsiy fikrning ijtimoiy maqsadga aylanishida hayot, voqelik muhim o’rin
tutadi.
Bunga insoniyat taraqqiyoti bosqichlaridan xohlagancha misol keltirish mumkin, ya’ni
insoniyat kashf etgan g’ildirak, olov, metallarga ishlov berish, «Uchar gilam», «Oynai jahon»,
yozuv, kitob, bug’
va ichki yonuv dvigatellari, elektr, atom, elektronika, kompьyuterlar va shu
kabilarning paydo bo’lishi (yaratilishi) insonlar orzu-istaklari ro’yobidir. Bular insoniyatning o’zaro
yaqinlashuvini ta’minlaydi, desak xato bo’lmaydi.
Demak, dunyo sirlarini yoki
umumiy dunyoni insonlar aql, ong, ilm, bilim bilan fan orqali
bilishga harakat qiladi va kamolotga erishadi.
Dostları ilə paylaş: