Al-Xorazmiy o’zining «Al-jabr val–muqobola» risolasida olimlarni, ularning ishlari
xarakteri bo’yicha 3 guruhga bo’lgan:
1. Ulardan birlari o’zlarigacha qilingan ishlarni qilib, uni kelajak avlodga qoldirib.
o’zgalardan o’zib ketadilar.
2. O’zgalar o’tmishdoshlari mehnatlarini sharhlab beradilar va bu bilan qiyinchiliklarni
yengillashtiradilar, qulflarni ochadilar, yo’llarni yoritadilar, bu esa tushunishni osonlashtiradi.
3. Bu odam ba’zi kitoblardagi nuqsonlarni topadi va uzilganlarni ulaydi.
SHu sinflash bo’yicha Xorazmiy o’zini «Algebra»ning muallifi sifatida birinchi guruhga,
«Arifmetika»si bilan ikkinchi guruhga kiritilishi mumkin.
Demak, yer yuzida yashayotgan odamlar tashqi qiyofasi jihatidan ham, yashash tarzi
bo’yicha ham, tafakkuri ham, mafkurasi, urf - odati, irqi, dini, tili, millati, kasb-kori, milliy
qadriyatlari va boshqa xislatlari bilan bir-biridan sezilarli fprqlanib turadi va ongli omma (olimlar)
tomonidan yaratilib bizga qoldirilgan ilmiy merosdan, ya’ni intelektual mulkdan ular bab-baravar
o’z hayotiy ehtiyojlarini qondirishda foydalanaveradilar. Ana shu sababli ham ilm-fan xalqlarni biror
maqsad atrofida birlashtiradi va jipslashtiradi. Ilmiy ijodiyotning ijtimoiyligi ham ana shundadir.
Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar: ijtimoiy maqsad deganda nimani tushunasiz?
insonlarning o’zaro yaqinlashtiruvchi ilmiy qadriyatlar deganda nimani tushunasiz?
olimlar deganda nimani tushunasiz va ularning vazifalari nimalardan iborat?
Intellektual salohiyatning asoschilari haqidagi fikringizni yozib chiqing.
Al-Xorazmiyning olimlarni guruhga ajratishini aytib bering.
Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid ma’lumotlar: ijtimoiy maqsad ko’pchilik, ya’ni jamoatchilikning orzu-intilishlarini ifoda etadi;
dunyo sirlarini yoki umumiy dunyoni ninsonlar aql, ong, ilm, bilim bilan fan orqali bilishga
harakat qiladi va kamolotga erishadi. Bunday kishilar