Tadqiqot ob’ekti va predmeti; Tadqiqot maqsadi va vazifalari; Ilmiy yangiligi; Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari; Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili); Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi; Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati; Ish tuzilmasining tavsifi. YUqoridagi bandlar kesimida mantiqiy ketma-ketlikda aniq va qisqa bayon tarzda 3-8-sahifalarda, jami 5 (besh) bet hajmida bo‘lishi lozim. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlaridan, shuningdek, faylasuf olimlarning ilmiy ishlanmalaridan mavzuga daxldor ixtiboslar keltirilishi maqsadga muvofiqdir. Masalan, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “...banklar endi xalqimizni tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka o‘rgatishi va shunga etaklashi lozim bo‘ladi” 40.
5-ilova Magistrlik dissertatsiyasining asosiy qismi Magistrlik dissertatsiyasining asosiy qismi 3 (uch) bobdan iborat bo‘lishi tavsiya etiladi.
Dissertatsiyaning asosiy qismi boblar hajmi o‘zaro mutanosib bo‘lishi talab etiladi va ular mavzuning mohiyatidan kelib chiqib, quyidagilarni:
-tadqiqot mavzusiga taalluqli manbalardan keltirilgan nazariy-amaliy va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlilini;
-tadqiqot metodikasi va ishning amaliy qismi bayonini;
-tadqiq etilayotgan masalani hal etishda magistratura talabasining shaxsiy hissasi ko‘rsatilgan holda tadqiqotning asosiy natijalari bayonini o‘zida qamrab olishi lozim.
Dissertatsiyaning har bir bobi yakunida tadqiqotning asosiy natijalari yuzasidan qisqa tarzdagi xulosa va takliflar keltiriladi.
Magistrlik dissertatsiyasi asosiy qismining boblar kesimidagi namunaviy shakli (varaqning yuqorisida 2 sm qoldirilgan holda)
i БОБ. ТОЛЕРАНТЛИК ФЕНОМЕНИНИНГ НАЗАРИЙ-МЕТОДОЛОГИК АСОСЛАРИ 1.1. “Толерантлик” тушунчасига доир замонавий фалсафий концепциялар 12
(jami 8-9 bet hajmida) 1.2. Экологик толерантликҳодисасининг структураси ва намоён бўлиш шакллари 26
(jami 8-9 bet hajmida) 1.3. Халқароэкологикмуносабатларда толерантликнингижтимоий-фалсафий хусусиятлари 38