Ilmiy tadqiqot va akademik ko’nikmalar



Yüklə 69,05 Kb.
səhifə3/6
tarix06.02.2023
ölçüsü69,05 Kb.
#83036
1   2   3   4   5   6
asosiy g\'oya va mavzuni rivojlantirish

Biznes tuzilmasi.
Bundan oldingi materiallar shundan dalolat beradiki, biznes-reja bu oddiy bir hujjat emas. U korxonaning konstitutsion asosini tashkil etib, uning ishlab chiqarish faoliyatini, kelgusidagi rivojlanish strategiyasini belgilab beradi. Korxona strategiyasi esa, ma‘lumki, turli xil bo’ladi: kimdir mahsuldor, ya‘ni ishlab chiqarish strategiyasini afzal ko’rsa, boshqalarga moliyaviy strategiya ko’proq to’g’ri keladi. Bozorga yangi mahsuldor g’oya bilan kirishga harakat qilayotgan yangi korxona va firmalar odatda moliyaviy strategiyaga katta e‘tibor qaratadilar. Bozorda ma‘lum ma‘noda barqaror o’ringa ega bo’lgan boshqa korxonalar esa asosiy e‘tiborni ishlab chiqarish strategiyasiga qaratadilar.
Hamma korxonalar bir xil emasligi sababli ularning har biri uchun biznes- rejani ishlab chiqish bo’yicha detalli tavsiya berishning imkoni yo’q. SHunday bo’lsada, zamonaviy iqtisodiyot fanida biznes-rejaning taxminiy tuzilmasi ishlab chiqilgan bo’lib, quyida uning ayrim variantlari keltirilgan.
Keltirilgan variantlardan ko’rinib turibdiki, biznes-rejaning qat‘iy tartibga solingan tuzilmasi mavjud emas. Biroq biznes-rejalarning har bir turi uchun xarakterli bo’limlar mavjud bo’lib, ularda tanlangan biznes (ishlab chiqarish) konsepsiyasi, taklif qilinayotgan mahsulot yoki xizmatning o’ziga xosliklari, marketing va menejment, tavakkalchilikni baholash, moliyaviy ta‘minot va natijalar aks ettiriladi. Qabul qilingan har bir biznes-reja tuzilmasi quyidagi savollarga javob berishi lozim: ishlab chiqarishni nimadan yoki qanday boshlash kerak, ishlab chiqarishni qay tarzda samarali tashkil qilish mumkin, ilk daromad (foyda) qachon olinadi, investorlar va kreditorlar bilan qanchalik tez hisob-kitob qilish mumkin, tavakkalchilik darajasi va uni kamaytirish imkoniyatlari qanday.
Biznes-rejaning har bir bo’limi o’z mazmuniga, ko’rsatkichlar tizimi va ularni
hisob-kitob qilish usullariga ega bo’ladi. Biroq, bu biznes-rejaning yaxlit va to’liqligiga putur etkazmaydi. Barcha bo’limlar o’zaro bog’liq bo’lishi hamda korxonaning potensial ishlab chiqarish imkoniyatlarini amalga oshirishga xizmat qilishi lozim. Biznes-rejaning bo’limlarini mazkur qo’llanmaning mos keluvchi boblarida alohida ko’rib chiqamiz. Bozor munosabatlari sharoitlarida biznes-reja qonun maqomiga ega bo’lmasligi hamda bozordagi vaziyatga bog’liq bo’lgan holda turli o’zgarishlarga uchrashi, iste‘molchilarning hali qondirilmagan ehtiyojlariga moslashtirilishi lozim. Biroq bunday tarzda qayta ko’rib chiqish har bir holatda jiddiy ravishda etarlicha asoslab berilishi zarur.
Hisobdor shaxslar bilan bo’ladigan hisob-kitoblar hisobi
Hisobdor shaxslar bilan hisoblashishlar mayda xo’jalik xarajatlarini va xizmat safar xarajatlarini to’lashda sodir bo’ladi. Demak, hisobdor shaxslar – kelgusi ma’muriy-xo’jalik va safar xarajatlari uchun pul mablag’larini oldindan olgan xodimlardir. Hisobdor shaxs sifatida kassadan naqd pul oladigan xodimlarning ro’yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Beriladigan pul miqdori cheklangan: xo’jalik ehtig’jlari uchun beriladigan naqd pul korxona smetasida nazarda tutiladi; safar xarajatlari uchun beriladigan pul safar muddati va boradigan joyiga bog’liq. Safar xarajatiga pul berishda yo’lkira (ikki tomonga), sutkalik va yotoq (turar joy ijarasi) xarajatlari hisoblab chiqiladi.
Хizmat safari davrida xodimning asosiy ish joyidagi ish haqisi saqlanadi. Safar uchun hisobdor shaxsga pul berish rahbarning buyrug’i va safar guvohnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Beriladigan pul hisoblab chiqilgandan so’ng buxgalteriya tomonidan kassa chiqim orderi rasmiylashtiriladi.
Belgilangan me’yor doirasida yoki undan ortiq qilingan safar xarajatlari, maqsadli tayinlanishiga qarab, yoki ishlab chiqarish xarajatlariga, yoki davr xarajatlariga o’tkaziladi. Basharti safar xarajatlari ishlab chiqarish jarayoniga o’tkazilsa, mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxiga hamda boshqaruv xodimlarining safar xarajatlari esa – davr xarajatlariga o’tkaziladi.
Korxona rahbarining qarori bilan istisno shaklida qonunchilikda nazarda tutilgan me’g’ridan ortiq qilingan safar xarajatlari soliqqa tortiladigan bazani ko’paytiradi. Belgilangan vazifa bajarilgandan so’ng uch kun ichida hisobdor shaxs qilingan xarajatlar to’g’risida avans hisoboti topshirishi shart. Qilingan xarajatlarni isbotlovchi, tasdiqlovchi hujjatlarni va safar guvohnomasini avans hisobotiga ilova qiladi.
Safarning maqsadli tayinlanishga qarab sex, bo’lim boshliqlari qilingan xarajatlarni maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Avans hisoboti tuzilib summasi aniqlangandan so’ng avans hisoboti korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi va tegishli buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi. Foydalanilmay qolgan summa avans hisoboti topshirgan kuni hisobdor shaxs tomonidan kassaga kirim orderi bilan topshiriladi, ortiqcha qilingan xarajat summasi kassadan chiqim orderi bilan beriladi.
Hisobdor shaxsga berilgan summa maqsadli xarakterga ega bo’lib, birovga berish yoki buyurish taqiqlanadi. Oldingi berilgan avans bo’yicha qarzi bo’lmagan holdagina yangi avans beriladi. Basharti belgilangan muddatda avans hisoboti topshirilmasa yoki foydalanilmagan summa kassaga qaytarib topshirilmasa, qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya bu qarzni hisoblangan ish haqidan ushlab qolishi mumkin. Shuni ham bilish kerakki, belgilangan me’yordan ortiqcha qilingan sutkalik xarajati hisobdor shaxsning ish haqisiga qo’shib daromad solig’iga tortiladi. Sutkalik xarajatlar shuningdek turar joy ijara xarajatlari me’g’ri eng kam ish haqi miqdoridan koeffitsiyentda belgilanadi.
Хizmat safari xarajatlari oldindan ma’lum bo’lgan hollarda, korxona rahbari isbotlovchi hujjatlar topshirmasdan safar xarajatlarini to’lashga ruxsat berish huquqiga ega. Bunda safar xarajatlari summasining raschyoti, korxona rahbari va safarga borayotgan xodim tomonidan imzolanib, korxona buxgalteriyasida saqlanadi. Safardan qaytgandan so’ng talabga muvofiq rasmiylashtirilgan safar guvohnomasi buxgalteriyaga topshiriladi, qilingan xarajatlar summasi to’g’risida hisobot topshirilmaydi.
Safar muddati korxona rahbarining buyrug’i bilan aniqlanadi, safarda bo’lgan haqiqiy vaqti esa – safar guvohnomasidagi imzolar va muhr bilan tasdiqlangan tartibda safar joyiga kelgan va ketgan kuni to’g’risidagi belgi bilan aniqlanadi. Bunda safarga ketgan va safardan kelgan kunlari to’liq kun hisoblanadi.
Korxonada safarga ketgan va kelgan shaxslarni ro’yxatga olish jurnali yuritiladi. Barcha hisobdor summa operatsiyalari korxona buxgalteriyasida 4220 - «Хizmat safarlari uchun berilgan bo’naklar» schyotlarida hisobga olinadi. Bu aktiv schyot bo’lib, debet qoldig’i hisobdor shaxsining korxonadan bo’lgan qarzini ko’rsatadi. Bu schyotning debetiga kassa chiqim orderiga asosan yangi avans summasi berilganda, kreditga esa – avans hisobotiga asosan sarflangan va kirim kassa orderiga asosan qaytarib topshirilgan foydalanilmagan summa yoziladi.
Hisobdor shaxslar oldindan olingan bo’nak summasidan ortiqcha xarajat qilgan bo’lsa, hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan ortiqcha qilingan xarajatlar summasiga 6970 «Hisobdor shaxslarga qarzlar» schyoti kreditlanadi. Ushbu ortiqcha qilingan xarajat summasi hisobdor shaxsga qaytarilganda 6970 schyoti debetlanib, 5010 «Milliy valutadagi pul mablag’lari» schyoti kreditlanadi. Ushbu jurnal-order kombinlashgan registr bo’lib, bir qatorga yozish yo’li bilan sintetik va analitik hisobni o’zida mujassamlashtirgan. Bunda har bir hisobdor shaxsga berilgan summa uchun jurnal-orderda bir qator ochilib, unga hisobdor shaxsning avans hisoboti bo’yicha sarflangan xarajat, qaytarib topshirilgan foydalanilmagan summa yozib boriladi. Bunda 7- jurnal-order shaklidan foydalaniladi.
Arifmetik va ma’naviy jihatdan tekshirilgan va korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan avans hisobotlarini buxgalter, hujjatlarga bog’lanuvchi schyotlarni qo’ygan holda, ishlab chiqadi. 7 – jurnal-orderga yozish uchun asos bo’lib hisobdor shaxsga berilgan avans summasi bo’yicha – kassa chiqim orderi, sarflangan summa bo’yicha tasdiqlangan avans hisoboti, qaytarib topshirilgan summa bo’yicha – kirim kassa orderi, ortiqcha qilingan xarajatlar summasini qaytarish bo’yicha – kassa chiqim orderi hisoblanadi. Ushbu jurnal orderning shakli yangi schyotlar rejasi talabiga to’liq javob bermaydi. U qaytadan ishlab chiqilishi kerak.
Agar korxona tashqi iqtisodiy faoliyati bilan shug’illansa, xorijiy safar bo’yicha xarajatlarni hisobga olish zaruriyati tug’iladi. Хorijiy safar xarajatlari uchun pul O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan me’yor bo’yicha to’lanadi. Хorijiy valutada qilingan safar xarajatlari maqsadli tayinlanishiga qarab 4220 schyotidan mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxiga (2010-schyot) yoki davr xarajatlariga (9400-schyot) yoki xorijdan sotib olingan asmavzu-uskunalarga (0720-schyot), materiallarga (1000-schyot), tovarlarga (2910-schyot) o’tkaziladi. Schyotlarga xarajatlar xorijiy valuta va so’m ekvivalentida yoziladi. Ҳisobdor shaxslarda qolgan valuta ham qaytadan baholanib natija 9620 yoki 9540 - schyotlarga o’tkaziladi.

Boshqa hisob-kitob operatsiyalarini hisobga olish


Yuridik shaxslar orasidagi hisob-kitoblar mahsulot (ish va xizmat) lar bo’yicha sotuvchi va xaridorlar va faqat pul mablag’larining harakati bilan bog’liq bo’lgan tovarsiz operatsiyalar (budjetdan, bankdan, ijtimoiy sug’urta organlaridan bo’lgan qarzlarni to’lash) bo’yicha yuzaga kelishi mumkin.


Тovar operatsiyalari bo’yicha hisob-kitoblar, ularning joylashgan joylariga qarab, shahar ichidagi va shaharlararo bo’lishi mumkin. O’zaro hisob-kitob munosabatlarining zaruriy sharti bo’lib, vujudga keladigan o’zaro majburiyatlar uchun pulni o’z vaqtida o’tkazib berish hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda korxonalarda naqd pulsiz hisob-kitoblarning quyidagi: to’lov topshiriqlari, to’lov talabnoma-topshiriqlari, akkreditivlar va maxsus schyotlar, rejali to’lovlar, aloqa vazirligi korxonalari orqali pul o’tkazishlar, pul chek daftarchalari orqali amalga oshiriladi. Mol sotib oluvchilar tomonidan material qiymatliklarni olgan vaqti bilan pul to’lash vaqtidagi oraliqni qisqartirish, debitor va kreditor qarzlarni vujudga kelishi va yo’ldagi tovar-material qiymatliklar qoldig’ini ko’payishiga barham berish maqsadida hisob-kitobning eng qulay shakllarini tanlab olish zarur.
Тo’lov topshiriqlari bilan hisob-kitoblar. Тo’lov topshiriqnomasi - bu to’lovchi mijozning bankdagi depozit hisobvarag’idagi pul mablaqlarining ma’lum bir summasini boshqa mijozning hisobvarag’iga o’tkazish haqida o’ziga xizmat ko’rsatuvchi bankka bergan topshirig’idir. Тo’lov topshiriqnomasi 0505411002 shakldagi maxsus blanka bo’lib, to’lovchi tomonidan rasmiylashtiriladi va quyidagi to’lovlarni: tovarlar va xizmatlar uchun qisob-kitoblar; notovar operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblar; markaziy bankning me’yoriy hujjatlarida ko’zda tutilgan bo’lsa, bank kreditlari va unga hisoblangan foizlarni undirish uchun mablag’larni o’tkazishda; hukumat qarorlari va bank qoidalarida belgilangan hollardagi to’lovlarini amalga oshirishda qo’llaniladi.
Shuningdek, transport va aloqa tashkilotlari, shuningdek zarur bo’lgan hollarda olingan tovar va foydalanilgan xizmatlar bo’yicha bir yo’la hisob-kitoblar olib borish uchun bank tomonidan akseptlangan, ko’rsatilgan summa oldindan bankda deponentlangan holda, to’lov topshiriqlari qo’llanilishi mumkin.
Ish haqi va ayrim shaxslarga alimentlar summasi o’tkazib berilganda aloqa bo’limlari orqali pul o’tkazish shaklidan foydalaniladi. Bunda oluvchilarni, ularning oladigan pulini, turar joylarini ko’rsatib ro’yxat tuziladi. O’tkaziladigan pulning umumiy summasiga to’lov topshirig’i tuzilib ro’yxat bilan birga bankka topshiriladi. Bankda bu hujjat akseptlanadi.
Bank tomonidan akseptlangan to’lov topshirig’i ro’yxat bilan birga pochta bo’limiga o’tkazib berilgan pulni rasmiylashtirish uchun topshiriladi. Pul o’tkazib berish bo’yicha pochta bo’limining ko’rsatgan xizmat xarajatlari topshiriq summasiga qo’shiladi yoki pochtaga naqd pul bilan to’lanadi. Тo’lov topshirig’i bilan pul o’tkazib berilganda quyidagi yozuvlar beriladi: Dt 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz», Dt 6520 «Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar», Dt 6990 «Boshqa majburiyatlar», Kt 5110 «Hisob-kitob schyoti» schyotlari.
Тo’lov talabnomasi - bu mahsulot yetkazib beruvchi va mablag’ oluvchilarning belgilangan summani to’lovchi bank orqali to’lashi to’g’risidagi talabnomani o’z ichiga olgan hisob-kitob hujjatidir. Тo’lov talabnomasi bo’yicha hisob-kitoblar “aksept” shaklidagi hisob-kitoblar ham deb yuritiladi.
Aksept shaklida hisoblashish asosida to’lov talabnomasi-topshiriqlari bilan olib boriladigan hisob-kitoblar vujudga keladi. Ularning mohiyati quyidagilardan iborat: mol yuboruvchi molni jo’natib mol sotib oluvchi nomiga to’lov talabnomasini to’ldirib unga jo’natadi. Mol oluvchi (to’lovchi) to’lov talabnomasini olib uning ikkinchi qismi-to’lov topshirig’ini to’ldiradi. Shu bilan to’lovchi o’zining hisob-kitob schyotidan, mol yuborish yoki xizmat ko’rsatish bo’yicha mol yuboruvchi tomonidan shartnoma shartlari bajarilganligi uchun ko’rsatilgan summani o’tkazib berish bo’yicha bankka topshiriq beradi. O’z navbatida bank to’lovchining hisob-kitob schyotidan pulni chiqarib uni mol yuboruvchilar schyotiga o’tkazib berish uchun hujjatlarni mol yuboruvchining bankiga jo’natadi.
Тo’lovchi pul to’lashni rad etish huquqiga ega. Тo’lashni rad etish to’liq va qisman bo’lishi mumkin. Тo’lashni to’liq rad etish quyidagi hollarda sodir bo’lishi mumkin: mol oluvchining roziligini olmay tovarlar muddatidan oldin kelib tushsa; tovarlarni komplekt emasligi va sifatsizligi hujjatlar bilan tasdiqlansa; tovarlarning narxlari to’g’risida kelishilmagan bo’lsa; to’langan tovarlar uchun yana qaytadan talabnoma taqdim etilsa. Тo’lashni qisman rad etish quyidagi hollarda sodir bo’lishi mumkin: buyurtilgan tovar bilan birga buyurtilmagan tovar kelib tushsa; schyotda ko’rsatilgandan ortiqcha tovar kelib tushsa; past navli bo’lsa; qisman tovarlar bo’yicha narxlari kelishilmagan bo’lsa; talabnomada arifmetik xatolar bo’lsa; tovarlar kam kelsa. Iste’mol qilingan kommunal xizmatlari (gaz, suv), elektroenergiya, telefon bo’yicha abonement to’lovlari summalari to’lovchining roziligisiz to’lanadi.
Тo’lash rad etilsa, kelib tushgan tovarlarni mol oluvchi mas’uliyatli saqlashga qabul qilib 002-«Mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy boyliklar» balansdan tashqari schyotida, mol yuboruvchidan boshqa joyga jo’natish to’g’risida ko’rsatma kelguncha, hisobga oladi.
Тovarlarni jo’natish va pul mablag’larini hisob-kitob schyotlariga o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi: tovarlar jo’natilishi bilan mol yuboruvchida – D-t 4010 «Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», K-t 9010-«Тayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad», 9020 -«Тovarlarni sotishdan olingan daromad», 9030-«Bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar» schyoti.
Mol yuboruvchining hisob-kitob schyotiga pul o’tkazilganda: D-t 5110 «Hisob-kitob schyoti», K-t 4010 «Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti.
Agar materiallar kelib tushishganda mol oluvchilarda: D-t 1010 «Хom-ashyo va materiallar», K-t 6010 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» schyoti.
Mol sotib oluvchining hisob-kitob schyotidan pul o’tkazilganda: D-t 6010 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar», K-t 5110 «Hisob-kitob schyoti» schyoti.
Akkreditiv - mijozning topshirig’iga ko’ra shartnoma bo’yicha uning kontrogenti foydasiga berilayotgan bankining shartli pul majburiyatidir. Unga ko’ra, akreditiv ochgan bank mahsulot yetkazib beruvchiga to’lovni bajarishi yoki boshqa banklar tomonidan akkreditivda ko’zda tutilgan hujjatlar taqdim qilinganda va akkreditivning boshqa shartlari bajarilganda ularga bu to’lovlarni bajarish uchun vakolat berishi mumkin. Akkreditiv so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, “ishonchli” degan ma’noni bildiradi.
Akkreditiv bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va uning amal qilish muddati to’lovchi va mablag’ni oluvchi o’rtasida tuzilgan shartnomaga asosan belgilanadi. Shartnomada quyidagilar ko’rsatilishi lozim: bank-emitentning nomi; akkreditivning turi va uni bajarish usullari; akkreditiv ochilganligi to’g’risida mablag’ oluvchini xabardor qilish usuli; akkreditivlar bo’yicha mablag’larni olish uchun mablag’ oluvchi tomonidan taqdim qilinadigan xujjatlarni to’liq ro’yxati va aniq tavsifnomasi; mahsulotlar yuklab jo’natilgandan (bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmat) keyin hujjatlarni taqdim qilish muddati, ularni rasmiylashtirishga doir talablar.
Akkreditiv shaklidagi hisob-kitob mol sotib oluvchilar uchun qulay emas, chunki hisob-kitob schyotidagi bo’sh pul mablag’larini tovar olmasdan turib chetga jalb qilib, akkreditivlar schyotiga o’tkazib qo’yishga majbur qiladi. Mol sotib oluvchi akkreditiv harakatini mol yuboruvchining bankida 15 kun muddati (undan ortiqroq muddat ham bo’lishi mumkin) bilan cheklab qo’yganiga qaramay odatda pul mablag’larini chetga jalb qilish bu muddatdan ikki-uch marta ko’p.
Akkreditiv summasidan qisman foydalanilgan hollarda, uning foydalanilmay qolgan qismi qaytarib hisob-kitob schyotiga topshiriladi. Hisob-kitobning bu shakli ayniqsa bozor munosabatlariga o’tish davrida ishonarli bo’lib hisoblanadi, chunki u mol yuboruvchilar o’z vazifalarini bajarganlaridan so’ng tezda pul olish imkoniyatini beradi.
Korxona maxsus schyotni o’z vakili orqali uzoq muddat ichida xo’jalik faoliyatini qaysi ma’muriy xududda olib boradigan bo’lsa, o’sha joyning bankida ochadi. Mahsus schyot mazkur hududda yuborgan mahsuloti, bajargan ishi bo’yicha mol yuboruvchilar va boshqa tashkilotlar va shaxslar bilan hisoblashish uchun foydalaniladi. Тalablar faqat mol sotib oluvchining vakili tomonidan akseptlangandan so’ng to’lanadi. Bu schyotdan korxona vakiliga tovarlarni qabul qilish va jo’natish bo’yicha xarajatlarni qoplash uchun naqd pul berilishi mumkin.
Akkreditiv va maxsus schyotlar bo’yicha hisob-kitoblar 5510 «Akkreditivlar» schyotida hisobga olinadi. Bu hisob-kitoblarning sintetik va analitik hisobi bankning ko’chirmasiga asosan 3 – jurnal-orderda yuritiladi.
Rejali to’lovlar tartibidagi hisob-kitoblar korxonalar orasida muttasil tovar-material qiymatliklar jo’natilib yoki xizmatlar ko’rsatilib (non magazinlariga non mahsulotlarini jo’natish, kundalik iste’mol qilinadigan mahsulotni korxonalar omborida saqlash huquqiga ega bo’lmay jo’natib turish) turilsa amalga oshiriladi.
Iste’molchi va mol yuboruvchi shartnomaga binoan har kuni to’lab turiladigan mahsulot yoki xizmatlar qiymatining reja summasini belgilaydilar. Pul to’lash to’lov topshirig’i yoki to’lov talabnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Hisob-kitoblar shartnomada belgilangan muddatlarda tartibga keltiriladi, ya’ni o’tkazib berilgan summa haqiqiy olingan mahsulot yoki foydalanilgan xizmatlar qiymati (hajmi) bilan taqqoslanib farqi aniqlanadi.
Тo’langan summa kam chiqsa qo’shimcha to’lanadi, ortiqcha chiqsa, yoki mol sotib oluvchiga qaytarib beriladi yoki keyingi to’lovlarda hisobga olinadi. Rejali to’lovlar orqali olib boriladigan hisob-kitoblar hisobi mol yuboruvchining balansida 4010 «Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyotining «Rejali to’lovlar hisob-kitobi» analitik schyotida yuritiladi. Mol yuboruvchi o’z vazifasini bajarsa bu analitik schyotni debetlab 9010 «Тayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar» schyotini kreditlaydi, jo’natilgan mahsulotlar uchun pul kelib tushsa, 5110 «Hisob-kitob schyoti» schyoti debetlanib, 4010 – schyotning rejali to’lovlar analitik schyotini kreditlaydi. Analitik hisob 7- qaydnomada har bir debitor bo’yicha yuritilsa, sintetik hisob 11 – jurnal-orderda (krediti bo’yicha oboroti) yuritiladi.
Mol sotib oluvchining hisob-kitob schyoti holatidan qat’iy nazar pul o’tkazib berishni kafolatlovchi muttasil hisob-kitoblarni olib borish zaruriyati tug’ilganda hisoblashish cheklari qo’llaniladi. Ҳisoblashish cheklar daftarchasida 10, 20, 25, 50ta cheklar bo’lib ular bank tomonidan beriladi.
Limitlashtirilgan chek daftarchalari olti oygacha muddatga berilib, unda hisoblashish chek daftarchasidan o’tkazib berilishi mumkin bo’lgan summa ko’rsatiladi. Chek, yozib berilgan kunni hisobga olmaganda, 10 kungacha o’z kuchini yo’qotmaydi. Oldindan e’lon qilingan limit summasi to’lovchining hisob-kitob schyotidan maxsus schyotga o’tkazib qo’yiladi, shuning uchun limitdan ortiqcha summaga yozib berilgan chek bekor qilinadi va bank tomonidan to’lanmaydi. Limitlashtirilgan chek daftarchasi bo’yicha summa 100 so’mdan kam bo’lmasligi kerak.
Xulosa.
Pul mablag’lari hisobini to’g’ri tashkil etish xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash, mablag’lardan maqsadli foydalanish va xo’jalik mablag’larini ko’paytirish hamda majburiyatlarini qoplashga yo’naltirilishini nazorat qilishdir.
Хo’jalik operatsiyalari natijasida sodir bo’ladigan o’zaro hisoblashishlarni buxgalteriya hisobida to’g’ri, o’z vaqtida rasmiylashtirish va ularni schyotlar tizimida ikkiyolama aks ettirish, shuningdek, olinadigan hamda to’lanadigan mablag’larni tan olish usullariga ko’ra, so’ndirilishini ta’minlash bo’yicha nazariy va amaliy takliflar berilgan. Shuningdek, xo’jaliklarning budjet va budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha tegishli idoralar hamda ishlab chiqarishda, boshqaruv apparatida faoliyat ko’rsatayotgan xodimlar bilan hisoblashishlar vujudga keladi.
Хo’jalikning boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hisoblashishlari naqd pullik yoki naqd pulsiz, ya’ni pul o’tkazish yo’li orqali to’lovni oluvchining hisob raqami ochilgan bankka o’tkazib beriladi. Bugungi kunda subyektlar o’rtasida o’zaro hisob-kitob operatsiyalari bo’yicha hisoblashishlar nizomgako’ra pul o’tkazish yo’li orqali amalga oshiriladi.
Тijorat banklari yuridik va jismoniy shaxslarning bo’sh turgan mablag’larini jalb qilish, ularning boshqa xo’jalik hamda tashkilotlar o’rtasidagi o’zaro hisob – kitoblarini amalga oshirish, shuningdek, qaytarib olish to’lovlilik va muddatlilik sharti bilan bo’sh mablag’larni joylashtirish maqsadida tashkil etilganligidir.
Respublikamizda bank tizimi davlat Markaziy banki va tijorat banklaridan tashkil topgan bo’lib, ular o’z mijozlariga shartnoma asosida xizmat ko’rsatadi. Mijozlar bank xizmatlaridan foydalanishda mustaqil ravishda o’zlari tanlagan bir yoki bir nechta banklarda hisob-kitob-pul bilan bog’liq operatsiyalari amalga oshiradi.
Shu bilan birga ishlab chiqarish faoliyati kengaytirish maqsadida bankning kredit resurslaridan foydalanishlarilari va maqsadli kredit munosabatlari yuzasidan kredit shartnomalarini rasmiylashtirishlari mumkin. Korxonalar banklarda hisob–kitob va valuta schyotlaridan tashqari, maxsus joriy schyotlari (limitlashtirilgan chek daftarchalari, akkreditivlar, maxsus schyotlar va b.) dan ham foydalanishlari mumkin.
Хo’jalik yurituvchi subyektlarning pul mablag’lar hisobi buxgalteriya hisobi schyotlar rejasining beshinchi bo’limi, majburiyatlari bo’yicha hisob–kitoblar esa oltinchi va yettinchi bo’limida tayinlangan schyotlarda yuritiladi.

Yüklə 69,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin