-ga
, chegara bildiruvchi
-gacha
, ravishdosh
shaklini yasovchi
-gach, -guncha, -gani, -gudek
, sifatdosh shaklini yasovchi
-gan
,
buyruq maylining ikkinchi shaxs ko‘rsatkichi
-gin,
shuningdek,
-gina
qo‘shimchasi uch
xil aytiladi va shunday yoziladi:
a)
k
undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda bu qo‘shimchalarning bosh
tovushi
k
aytiladi va shunday yoziladi:
tokka, yo‘lakkacha, ko‘nikkach, zerikkuncha,
to‘kkani, kechikkudek, bukkan, ekkin, kichikkina
kabi;
6)
q
undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda bu qo‘shimchalarning bosh
tovushi
q
aytiladi va shunday yoziladi:
chopiqqa, qishloqqacha, yoqqach, chiqquncha,
chiniqqani, qo‘rqqudek, achchiqqina
kabi;
v) qolgan barcha hollarda, so‘z qanday tovush bilan tugashidan va bu
qo‘shimchalarning bosh tovushi
k
yoki
q
aytilishidan qat’i nazar,
g
yoziladi:
bargga,
pedagogga, bug‘ga, sog‘ga, og‘gan, sig‘guncha
kabi.
QO‘SHIB YOZISH
38.
Xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat,
talab
kabi so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi:
qabulxona, tabriknoma, taklifnoma, bedapoya, ommabop, xushxabar, hamsuhbat,
orombaxsh, kamquvvat, bug‘doyrang, umumxalq, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab
kabi.
39.
-(a)r
(inkor shakli —
-mas
) qo‘shimchasi bilan tugaydigan qo‘shma ot va
qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi: o
‘rinbosar, otboqar, cho‘lquvar, ishyoqmas,
qushqo‘nmas
kabi.
40. Takror taqlid so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shish bilan yasalgan ot va fe’llar
qo‘shib yoziladi:
pirpirak (pir-pir+ak), bizbizak (biz-biz+ak), hayhayla (hay-hay+la),
gijgijla (gij-gij+la)
kabi.
41. Narsani (predmetni) boshqa biror narsaga nisbatlash (qiyoslash), o‘xshatish
yo‘li bilan bildiruvchi qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi:
karnaygul,
qo‘ziqorin, otquloq, oybolta, devqomat, sheryurak, bodomqovoq, qirg‘iyko‘z
kabi.
42. Narsani uning rangi, mazasi, o‘zidagi biror narsasi va shu kabi belgilari
asosida bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi:
olaqarg‘a, qizilishton, achchiqtosh,
mingoyoq
kabi.
43. Narsaning biror maqsad, ish uchun mo‘ljallanganligini bildiruvchi qo‘shma
otlar qo‘shib yoziladi:
kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, oshrayhon, molqo‘ra, nosqovoq,
ko‘zoynak
kabi.
44. Narsani joyga nisbat berish asosida bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib
yoziladi:
tog‘olcha, cho‘lyalpiz, suvilon, qashqargul
kabi.
45. Marosim, afsona kabilarni bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi:
kiryuvdi, kelintushdi, qoryog‘di, Urto‘qmoq, Ochildasturxon
kabi.
46. Qaratuvchili birikmaning bir so‘zga aylanishi bilan yuzaga kelgan qo‘shma
otlar qo‘shib yoziladi:
mingboshi, so‘zboshi, olmaqoqi
kabi.
47. Ikkinchi qismi turdosh ot bilan yoki
obod
so‘zi bilan ifodalangan joy nomlari
qo‘shib yoziladi:
Yangiyo‘l, To‘rtko‘l, Mirzacho‘l, Sirdaryo, Kosonsoy, Yangiobod,
Xalqobod
kabi. Lekin ikkinchi qismi atoqli ot bo‘lgan joy nomlari ajratib yoziladi:
O‘rta
Osiyo, Ko‘hna Urganch, O‘rta Chirchiq
kabi.
48. Rus tilidan aynan o‘zlashtirilgan yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish yo‘li bilan
hosil qilingan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi:
kinoteatr, radiostansiya, fotoapparat,
elektrotexnika; teleko‘rsatuv, yarimavtomat, bayramoldi, suvosti
kabi.
49. Qisqartmalarning barcha turlari va ularga qo‘shiladigan qo‘shimchalar
qo‘shib yoziladi:
SamDU, ToshDUning
kabi. Lekin yonma-yon kelgan ikki qisqartma
ajratib yoziladi:
O‘zXDP MK (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy
kengashi)
kabi.
50. Bir tovush ikki va undan ortiq tovush tarzida aytilsa, bunday holat harfni
takror yozish bilan ko‘rsatiladi:
yo‘o‘q, nimaa, himm, ufff
kabi.
Dostları ilə paylaş: |