Imlo qoidalari (o‘zbek lotin alifbosi bo‘yicha)



Yüklə 416,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix16.12.2023
ölçüsü416,21 Kb.
#181215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Asosiy imlo qoidalari (1)


tovushi ba’zan 
m
aytilsa xam, 
n
yoziladi. 
23. 
G g
harfi gul, go‘zal; ega, gugurt; teg, eg kabi so‘zlarda til oldi jarangli 
portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi. 
24. 
K k
harfi ko‘l, ko‘ylak; uka, moki; tok, bilak kabi so‘zlarda til orqa jarangsiz 
portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi. 
25. 
Y y
harfi yo‘l, yigit, yetti, yaxshi, yoz, yulduz; tuya, dunyo, tayyor; soy, tuy 
kabi so‘zlarda til o‘rta sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi. 
26. 
Ng ng
harflar birikmasi yangi, ko‘ngil, dengiz, singil, keling, bordingiz; 
tong, ming, teng kabi so‘zlarda til orqa ovozdor burun tovushini ifodalash uchun 
yoziladi. 
27. 
Q q
harfi qizil, qimiz, qirq, haqiqiy, aql kabi so‘zlarda chuqur til orqa 
jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi. 
28. 
G‘ g‘
harfi g‘oz, bag‘ir, tog‘ kabi so‘zlarda chuqur til orqa jarangli 
sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi. 
29. 
X x
harfi xabar, xo‘roz, xohish, xushnud, baxt, axborot, mix kabi so‘zlarda 
chuqur til orqa jarangsiz sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi. 
30. 
N h
harfi hosil, hamma, bahor; isloh, nikoh kabi so‘zlarda jarangsiz 
sirg‘aluvchi bo‘g‘iz undoshini ifodalash uchun yoziladi. 
31. Yonma-yon keladigan undoshlarning imlosi: 
1) baland, Samarqand, poyezd; do‘st, past, artist, g‘isht kabi so‘zlarda 
d, t
tovushi ba’zan aytilmasa ham, yoziladi; 
2) metall, kilogramm, kilovatt, kongress kabi o‘zlashma so‘zlar oxirida bir 
undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladi. Lekin bunday so‘zga xuddi shu tovush bilan 
boshlanadigan qism qo‘shilsa, so‘z oxiridagi bir harf yozilmaydi: metall + lar = metallar, 
kilogramm + mi = kilogrammi kabi. 
32. ’
 — 
tutuq belgisi: 
1) a’lo, ba’zan, ma’yus, ta’zim; ra’y, ta’b; e’lon, e’tibor, e’tiqod, me’mor, 
ne’mat, she’r, fe’l; Nu’mon, shu’la kabi o‘zlashma so‘zlarda unlidan keyin shu unli 
tovushning cho‘ziqroq aytilishini ifodalash uchun qo‘yiladi; mo‘jiza, mo‘tadil, mo‘tabar 
kabi so‘zlarda 
o‘
unlisi cho‘ziqroq aytilsa ham, tutuq belgisi qo‘yilmaydi; 
2) in’om, san’at, qat’iy, mas’ul kabi o‘zlashma so‘zlarda unlidan oldin shu unli 
oldingi undosh tovushdan ajratib aytilishini ifodalash uchun qo‘yiladi. 

Yüklə 416,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin