O‘ZBEK TILINING ASOSIY
IMLO QOIDALARI
(o‘zbek lotin alifbosi bo‘yicha)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 24-avgustdagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
O‘ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini
joriy etish to‘g‘risida”gi Qonunini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror
qiladi:
1. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2. Respublika vazirliklari, idoralari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv
idoralari, ommaviy axborot vositalari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi
barcha turdagi yozishmalarda, matbuotda, ish yuritishda ushbu qoidalarni joriy qilish
yuzasidan tegishli tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat matbuot qo‘mitasi uch oy muddat ichida
maktablar uchun qo‘llanma sifatida o‘zbek tilining imlo lug‘atini, kishi ismlari va joy
nomlari lug‘atlarini tayyorlasinlar va nashr etish choralarini ko‘rsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining
Ta’lim va fan hamda Ijtimoiy masalalar va madaniyat bo‘limlariga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 24-avgust,
339-son
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil
24-avgustdagi 339-son qaroriga
ILOVA
O‘ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARI
HARFLAR IMLOSI
Unlilar imlosi
1.
A a
harfi:
1) aka, alanga, aloqa, og‘a; sentabr, noyabr kabi so‘zlarda old qator keng unlini
ifodalash uchun yoziladi;
2) bahor, zamon; savol, gavda; vasvasa kabi so‘zlarning oldingi bo‘g‘inida, vaqt,
vahm kabi so‘zlarda
Dostları ilə paylaş: |