Undoshlar imlosi
8.
B b
harfi:
1) bobo, bahor, bir, majbur, zarb kabi so‘zlarda jarangli portlovchi lab undoshini
ifodalash uchun yoziladi;
2) kitob, yuzlab, kelib kabi so‘zlar oxirida
p
aytilsa ham,
b
yoziladi.
3) qibla, tobla kabi so‘zlarda ba’zan
v
aytilsa ham,
b
yoziladi;
9.
P p
harfi paxta, pichoq, opa, tepa, tup, yop kabi so‘zlarda jarangsiz portlovchi
lab undoshini ifodalash uchun yoziladi.
10.
V v
harfi:
1) ov, suv, kuyov; ovoz, savol; volida, vatan kabi so‘zlarda ovozdor sirg‘aluvchi
lab undoshini ifodalash uchun yoziladi;
2) avtobus, avtomat kabi o‘zlashma so‘zlarda
v
ba’zan
f
aytilsa ham,
v
yoziladi.
11.
F f
harfi:
1) fan, fe’l, futbol, fizika; asfalt, juft; insof, isrof kabi so‘zlarda jarangsiz
sirg‘aluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi;
2) fasl, fayz, Fotima, fursat kabi so‘zlarda
f
tovushi ba’zan
p
aytilsa ham, asliga
muvofiq
f
yoziladi.
12.
M m
harfi moy, muborak, tomon, ilhom kabi so‘zlarda ovozdor lab-lab
burun undoshini ifodalash uchun yoziladi.
13.
D d
harfi:
1) dala, odat, bunyod, modda, jiddiy kabi so‘zlarda til oldi jarangli portlovchi
undoshni ifodalash uchun yoziladi;
2) obod, savod, marvarid; zavod, pud, sud; badqovoq, badxo‘r kabi so‘zlarda
Dostları ilə paylaş: