Imlo qoidalari (o‘zbek lotin alifbosi bo‘yicha)



Yüklə 416,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/15
tarix16.12.2023
ölçüsü416,21 Kb.
#181215
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Asosiy imlo qoidalari (1)

(sh, ch, ng)
birgalikda 
ko‘chiriladi: 
pe-shayvon, pe-shona, mai-shat, pi-choq, bi-chiq-chi, si-ngil, de-ngiz
kabi. 
79. Bosh harflardan yoki bo‘g‘inga teng qism va bosh harfdan iborat 
qisqartmalar, shuningdek, ko‘p xonali raqamlar satrdan satrga bo‘lib ko‘chirilmaydi. 
AQSh, BMT, ToshDU, 16, 245, 1994, XIX kabi. 
80. Harfdan iborat shartli belgi o‘zi tegishli raqamdan ajratib ko‘chirilmaydi:
5-“A” sinfi, V “B” guruhi, 110 gr, 15 ga, 105 m, 25 sm, 90 mm
kabi. 
81. Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomdan ajratilgan holda keyingi satrga 
ko‘chirilmaydi: 
“Navro‘z — 92”
(festival), 
“O‘qituvchi — 91”
(ko‘rik tanlov),
“Andijon — 9”

“Termiz — 16”
(g‘o‘za navlari), 
“Boing — 767”
(samolyot),
“Foton — 774”
(televizor) kabi. 
82. 
A.J. Jabborov, A.D. Abdullayev
kabilarda ismning va ota ismining birinchi 
harfiga teng qisqartmalar familiyadan ajratib ko‘chirilmaydi. Shuningdek
v.b.
(va 


boshqalar), 
sh.k.
(shu kabilar) singari harfiy qisqartmalar oldingi so‘zdan ajratib 
ko‘chirilmaydi. 
 
 
 
“IMLO QOIDALARI”GA ILOVA 
 
O‘zbek kirill alifbosidagi ayrim harf va belgilar o‘zbek lotin alifbosida 
quyidagicha aks ettiriladi: 
1.
ё, ю, я
harflari o‘rniga qaysi harflarni yozish ular bajaradigan vazifaga bog‘liq: 
1) ikki tovushni (
y
+unli) ifodalashga xizmat qilsa
yo, yu, ya
harflari yoziladi: 
ёмғир – yomg‘ir, заём – zayom; ютуқ – yutuq, юрист – yurist; яхши – yaxshi, ядро – 
yadro kabi; 
2) o‘zidan oldin kelgan undoshning yumshoq ekanini ko‘rsatishga xizmat qilsa, 
ikki xil: 
a) asosan bir harf:

Yüklə 416,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin