Imlo qoidalari (o‘zbek lotin alifbosi bo‘yicha)



Yüklə 416,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/15
tarix16.12.2023
ölçüsü416,21 Kb.
#181215
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Asosiy imlo qoidalari (1)

Eslatma:
1) ko‘chirma gapdan keyin kelgan muallif gapining birinchi so‘zi (agar u atoqli 
ot bo‘lmasa) kichik harf bilan yoziladi: “Bu men”, — qo‘rqibgina javob berdi ko‘laga 
(O.Yoqubov); 


2) xatboshiga gapning sanaluvchi qismlari chiqarilganda bunday qismlar oldidan 
chiziq qo‘yiladi va ular kichik harf bilan yoziladi: 
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishga tayyorlash vaqtida tegishli 
organ (mansabdor shaxs) quyidagi masalalarni: 
— mazkur ishni ko‘rib chiqish uning huquq doirasiga kirish-kirmasligini; 
— ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi protokol va ishga oid boshqa 
materiallar to‘g‘ri tuzilgan-tuzilmaganligini... hal qiladi;
3) gapning qismlari qavsli raqam yoki qavsli harf qo‘yib sanalsa, bunday qismlar 
ham kichik harf bilan yoziladi: 
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining lug‘at boyligi asosan besh manba negizida tarkib 
topgan: 1) umumturkiy so‘zlar, 2) o‘zbekcha so‘zlar, 3) tojik tilidan kirgan so‘zlar, 4) 
arab tilidan kirgan so‘zlar, 5) rus tilidan kirgan so‘zlar
(“O‘zbek tili” darsligidan). 
74. Tarkibli nomlarning bosh harfidan iborat qisqartmalar, atoqli ot bo‘lmagan 
ba’zi birikmalarning qisqartmalari bosh harf bilan yoziladi: AQSh 
(Amerika Qo'shma 
Shtatlari)
, BMT 
(Birlashgan Millatlar Tashkiloti)
, AES 
(atom elektr stansiyasi)
kabi. 
Qisqartma tarkibida bo‘g‘inga teng qism bo‘lsa, uning birinchi harfigina bosh harf bilan 
yoziladi: ToshDTU 
(Toshkent davlat texnika universiteti)
kabi. 
KO‘CHIRISH QOIDALARI 
75. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zning oldingi satrga sig‘may qolgan qismi keyingi satrga 
bo‘g‘inlab ko‘chiriladi: 
to‘q-son, si-fatli, sifat-li, pax-takor, paxta-kor
kabi. Tutuq 
belgisi oldingi bo‘g‘inda qoldiriladi. 
va’-da, ma’-rifat, mash’-al, in’-om
kabi. 
76. So‘zning bosh yoki oxirgi bo‘g‘ini bir harfdan iborat bo‘lsa, ular quyidagicha 
ko‘chiriladi: 
1) so‘z boshidagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi oldingi satrda 
qoldirilmaydi: 
a-badiy
emas, 
aba-diy, e-shikdan
emas, 
eshik-dan
kabi; 
2) so‘z oxiridagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi keyingi satrga 
ko‘chirilmaydi: 
mudofa-a
emas, 
mudo-faa

matba-a
emas, 
mat-baa
kabi. 
77. O‘zlashma so‘zlarning bo‘g‘inlari chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq 
undosh quyidagicha ko‘chiriladi: 
1) ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi: 
dia-gramma, 
mono-grafiya
kabi; 
2) uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki 
undosh keyingi satrga ko‘chiriladi: 
silin-drik
kabi. 
78. Bir tovushni ko‘rsatuvchi harflar birikmasi 

Yüklə 416,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin