-chi, -a (ya), -ku, -u (-yu), -da, -e, -ey (-yey) yuklamalari chiziqcha bilan
yoziladi:
sen-chi, boraylik-chi, sen-a, kutaman-a, bola-ya, mingta-ya, keldi-ku, kelgan-u, yaxshi-yu, yaxshi-da, qo‘y-e, yashang-e, o‘g‘lim-ey, keldi-yey kabi. Ammo
-mi , -
oq (- yoq), -ov (-yov), -gina(-kina, -qina) yuklamalari o‘zidan oldin kelgan so‘zga qo‘shib
yoziladi:
keliboq, o‘ziyoq, ko‘rganov, ko‘rdiyov, mengina, qo‘shiqqina kabi.
56. Tartib son arab raqamlari bilan yozilsa,
-nchi qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha
(-) qo‘yiladi:
7-sinf, 5-“A” sinfi, 3-, 7-, 8-sinf o‘quvchilari, 60-yillar, 1991-yilning 1- sentabri kabi. Tartib sonni ko‘rsatuvchi rim raqamlaridan keyin chiziqcha yozilmaydi:
XX asr, X sinf kabi.
AJRATIB YOZISH 57. Qo‘shma fe’lning qismlari ajratib yoziladi:
sarf qil, ta’sir et, tamom bo‘l, sotib ol, olib kel , olib chiq, miq etma kabi.
58. Ko‘makchi fe’l va to‘liqsiz fe’l mustaqil fe’ldan ajratib yoziladi:
aytib ber, olib ko‘r, so‘rab qo‘y, ko‘ra qol, bera boshla, yiqila yozdi; ketgan edi, ketgan ekan, ketgan emish kabi. Lekin mustaqil fe’l bilan yordamchi fe’l orasida tovush o‘zgarishi
bo‘lsa, bunday qismlar qo‘shib yoziladi:
aytaver (ayta ber), boroladi (bora oladi), bilarkan (bilar ekan) kabi.
59. Ko‘makchilar ajratib yoziladi:
shu bilan, soat sayin, borgan sari, bu qadar, kun bo‘yi kabi. Lekin
bilan ko‘makchisining
-la shakli,
uchun ko‘makchisining
-chun shakli chiziqcha bilan yoziladi:
sen-la, sen-chun kabi.
60.
Hamma, har, hech, bir, qay, u, bu, shu, o‘sha so‘zlari o‘zidan keyingi yoki
oldingi so‘zdan ajratib yoziladi:
hamma vaqt, har kim, hech qaysi, qay kuni, u yerda, shu yoqdan, o‘sha yoqqa kabi. Lekin
birpas, biroz, birato‘la, birvarakayiga, birmuncha, buyon so‘zlari qo‘shib yoziladi. Shuningdek,