Page 160
Karlarni yakka tartibda o‘qitishga urinishlar eshitish nuqsoniga ega farzandlari
bo‘lgan zodagonlar ijtimoiy buyurtmasining ob’ektiv sababi edi. Shu bois yakka
tartibda o‘qitishlar ijobiy tajribaga ega bo‘lsa-da, ushbu toifa bolalari uchun o‘quv
muassasalarini tashkil etishga uzoq vaqt muvaffaq bo‘linmadi. Faqat XVIII asrning 70-
yillaridagina kar bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun maxsus muassasalar tashkil
etish va rivojlantirish bo‘yicha urinishlar yuzaga kela boshladi. 1770 yilda Fransiyada
dunyo tarixida birinchi bo‘lib Sharl Mishel de Epe (1712-1789) tomonidan Parijda
xususiy maktab – kar-soqovlar instituti ochildi. De Epe Volter, Deni Didro, Jan Jak
Russo kabi fransuz ma’rifatparvarlarining g‘oyalari bilan yo‘g‘riltirilgan mimika
metodini yaratdi. Sharl Mishel de Epening g‘oyalari uning shogirdi R.A.Sikar
tomonidan rivojlantirildi. Amaliyotchi olim o‘qitish tizimida asosiy e’tiborni kar
bolalarni har tomonlama aqlan va jismonan rivojlantirishga qaratadi. Bu tizim kar bolani
umumta’lim fanlariga oid bilimlarni o‘zlashtirish, jamiyatda yashash va mehnat qilishga
tayyorlaydi. Ammo ushbu vazifalarni hal etish uchun o‘qitish davomida faqat nutqning
imo-ishora shaklidan foydalaniladi hamda kar o‘quvchilar uning asosida yozishni
o‘rganadilar. R.A.Sikar imo-ishoralar tilini «metodik belgilar» bilan boyitadi. Ya’ni
ushbu metod asosida o‘qitish jarayonida o‘quvchilarga tildagi grammatik
kategoriyalarni tasvirlash uchun ma’lum bir belgilar o‘rgatib boriladi. Ma’lumki, tilda
grammatik kategoriyalar juda ko‘pchilikni tashkil etadi. O‘quvchilar hajmi kundan-
kunga ortib borayotgan belgilarni o‘zlashtira olmasliklari natijasida fanlarga oid
bilimlarni ham o‘zlashtirishga ulgurmay qoladilar hamda imo-ishora metodi asosida
o‘qitish tizimi takomillashtirilganiga qaramay, undan amaliyotda foydalanish ta’limning
oldiga qo‘yilgan vazifalarni to‘laligicha hal etish imkonini bermasligini ko‘rsatadi.
1778 yil 14 aprelida Germaniyaning Leypsig shahrida Samuil Geynike (1727-1790)
tomonidan kar-soqovlar instituti tashkil etiladi. Samuil Geynike surdopedagogika tari-
xida muhim o‘rin egallagan karlarni o‘qitishning keyinchalik «sof og‘zaki metod» deb
nomlangan o‘z o‘qitish tizimini yaratadi. Bu metod og‘zaki nuqtni karlarni o‘qitishning
asosiy vositasi va maqsadi sifatida tan oladi. Shuningdek, bu tizimda bolalar o‘qish,
yozish va arifmetikani ham o‘rganadilar. Karlarga ta’lim berishning ushbu metodi
asosida tovushlar, bo‘g‘inlar, so‘zlar va jumlalarni talaffuz etishning mexanik mashqlar
texnikasi yotadi. Ya’ni ta’limning dastlabki davrida kar bolalar, talaffuzi malakalari
ustida jadal ravishdagi ishlar olib boriladi. Umumta’lim fanlariga oid bilimlarni egallash
talaffuz malakalarini o‘rganishga tobe bo‘ladi. Masalan, agar bolalar kunda ko‘radigan,
iste’mol qiladigan va foydalanadigan non, sut, choy, ruchka, daftar, kitob so‘zlarini
talaffuz qilishni o‘rganmas ekanlar, o‘qitish jarayoniga bu so‘zlar «olib kirilmaydi».
Bunday o‘qitish asosida karlar tomonidan tovush, bo‘g‘in, so‘z va jumlalar va hattoki,
yirik matnlarni sof, ravon talaffuz qilishga o‘rganilishiga muvaffaq bo‘linsa-da, o‘quv
fanlariga oid bilimlarni tabiiy holatda o‘rganishlariga erishilmaydi. Maktabni bitirgan
o‘quvchilar atrofdagilarda «chiroyli so‘zlovchilar» sifatida taassurot qoldirsalar-da, ular