Page 162
o‘qitish tizimi, «Kar bolalarni o‘qitishning tabiiy metodi» deb yuritila boshlandi. Iogann
Fatter (1842-1916) esa, aksincha, o‘qitishda og‘zaki nutqni o‘zlashtirishga o‘rgatishni
asosiy maqsad qilib oladi. U karlarni og‘zaki nutqqa o‘rgatishni, nutq tovushlariga
o‘rgatishga asoslantiradi. Keyinchalik I.Fatter sistemasi, «Tovush metodi» degan
ikkinchi nomni oladi. AQShda karlarning dastlabki instituti (maktabi) 1817 yili Tomas
Gallode (1787-1851) tomonidan ochiladi. Ushbu o‘quv dargohda ta’lim fransuz metodi
asosida yozuv, imo-ishora va daktilologiyani qo‘llagan holda olib boriladi. Keyinchalik
shaxsiy hamda G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida xizmat safarida qator maktablar
tajribalarini o‘rganish, tahlil qilish imkoniga ega bo‘lgan Xoras Man (1796-1859) va
Edvard
Gallodelar
(1837-1907)
turli
metodlarning
chatishmasi
asosida
«Kombinatsiyalashtirilgan (birlashtirilgan) metod»ni yaratadilar. Bu tizim o‘z tarkibiga
turli metodlar, jumladan, og‘zaki nutqqa o‘qitishni ham qamrab oladi. Kar bolalarni
og‘zaki nutqqa o‘rgatish muammolari yechimini hal qilish yo‘llari bilan Aleksandr
Melvil Bell (1815-1905) ham shug‘ullangan bo‘lib, u tomonidan «Ko‘rinarli nutq»
tizimi taklif etiladi. Unda har bir tovush artikulyatsiyasi, o‘z aksini topgan belgisiga ega
bo‘ladi. O‘z otasi A.M.Bell ishlarining davomchisi bo‘lgan Aleksandr Grexem Bell
(1847-1922) Fiziologo-fonetik institut va Karlarni og‘zaki nutqqa o‘rgatishga
ko‘maklashish jamiyatiga asos solgan bo‘lib, telefon ixtiro etgan, shuningdek, u karlarni
kichik yoshdan o‘qitish masalalariga ham katta e’tibor qaratgan. 1879 yilda Fransiya
poytaxti Parij va 1880 yilda Italiyaning Milan shaharlarida karlarni o‘qitish masalalariga
bag‘ishlangan dastlabki anjumanlar bo‘lib o‘tadi. Milan anjumani qarorida «Sof og‘zaki
metod» tizimi karlarga eshituvchilar bilan muloqot qilish imkoni berilishining
ko‘rsatilishi tufayli bu tizim universal (qulay, eng samarali) deb tan olinadi. Bu davrning
oxiridagi yutuqlar shundan iborat bo‘ldiki, har bir mamlakatda karlarni o‘qitish masalasiga
ijobiy munosabatning shakllanishi yuzaga kelib, «bepul, majburiy umumiy boshlang‘ich
ta’lim» haqidagi qonunlar qabul qilindi. Ya’ni ushbu davr kar-soqovlar uchun davlat
muassasalarining tashkil etilishiga asos solinishi, qonunlarning qabul qilinishi, ta’limni
moddiy ta’minoti manbalarining aniqlanishi, o‘qitishning maqsadi va metodlari ishlab
chiqilishi bilan tavsiflanadi. Maxsus ta’lim Yevropa va Amerika qit’alarining tobora katta
hududlarini qamrab ola boshlagan bo‘lsa, nodavlat tashkilotlarining shakllanishi esa
karlarni o‘qitish va tarbiyalash tizimining, kelajakdagi rivojiga turtki beradi. XIX asr oxiri
va XX asrning boshlarida Yevropa va Amerika surdopedagoglari «Sof og‘zaki metod»
tizimida mavjud yuzakilikni bartaraf etish hamda uni takomillashtirishga harakat
qiladilar. Chunki bu tizim karlarni og‘zaki nutqqa o‘rgatishni asosiy maqsad qilib olgan
bo‘lib, bolalarning umumta’lim fanlarini o‘zlashtira olishlari imkonini bermas edi.
Karlarni o‘qituvchi nemis o‘qituvchisi I.Geydzik (1851-1942) «sof og‘zaki metod»ni,
eshitishida nuqsoni bo‘lgan kar bolaning tabiatiga to‘g‘ri kelmaydigan metod sifatida
tanqid qiladi. Dastlab u «imo-ishora metodi»ga qaytish taklifini bergan bo‘lsa,
keyinchalik kar bolalarni nutqqa o‘rgatishni daktilologiyadan foydalanish asosida olib