Page 161
bilan to‘siqlarsiz muloqot qilish imkoniyati yo‘qligi namoyon bo‘ladi. Buning asosiy
sababi o‘qitishning hayot bilan aloqadorligi tamoyilining bu o‘qitish tizimida o‘z aksini
topmasligidadir. Surdopedagogikaning umumiy va xususan, ushbu kundagi rivojlanishida
muhim o‘rin egallagan boy tajribalardan yana biri XIX asrda Fransiyada yashab, faoliyat
ko‘rsatgan Aleksandr Blanshe nomi bilan bog‘liqdir. Amaliyotchi olim kar bolalarni
eshituvchi bolalar bilan birgalikda o‘qitish eng samarali yo‘l ekanligini o‘z faoliyati
davomida isbotlashga harakat qildi hamda birgalikda o‘qitishni tashkil etdi. Bu tizimda
tashkil etilgan maktabda kar bolalar oddiy maktabda alohida sinfda o‘qitilsa, zaif
eshituvchilar sog‘lom bolalar bilan birgalikda o‘qitilishlari yo‘lga qo‘yiladi. A.Blanshe
o‘zining «Ustozga qo‘llanma» (1858) asarida uch asosiy qoidani taklif etadi va ularga
erishish yo‘llarini batafsil yoritib berishga urinadi. Olim tomonidan taklif etilgan asosiy
qoidalar quyidagilar edi:
1)
karlarni bu yo‘l bilan o‘qitishda umumiy metodikaga rioya qilinishi;
2)
o‘qitishda karlarning toifalari: kar-soqovlar va gapiruvchi karlarga alohida
yondashish;
3)
og‘zaki nutqni, mimika va daktil shakli orqali rivojlantirish yo‘llariga rioya
qilish lozim.
Shuningdek, Fransiyada Jan Jak Valad-Gabel (1801-1879) tomonidan eshitishi
me’yorda bo‘lgan go‘daklar nutqining rivojlanish yo‘llariga asoslangan «Intuitiv
(onalik) metod» yaratiladi. Olim ushbu metod asosida kar bolalar ta’limini tashkil etar
ekan, o‘qitishda imo-ishoradan foydalanishni inkor etgan holda og‘zaki (jarangdor)
nutqqa qo‘shimcha sifatida birinchi o‘rinda yozuv taxtachalarida aks ettirilgan yozma
nutq shakli (yaxlit (global) o‘qish)dan foydalanish yuqori samara berishini isbotlashga
urinadi. Shuningdek, ta’lim jarayonida daktil nutqiga katta e’tibor qaratiladi. J.J. Valad-
Gabel og‘zaki nutq, kar-soqovlar uchun o‘zlashtirib bo‘lmaydigan nutq turi bo‘lganligi
bois so‘zlashuv nutqiga ular alfavit harflarini alohida emas, balki yaxlit o‘qish asosida
deb o‘rgatilishlari eng samarali yo‘l ekanligini isbotlashga urindi. 1779 yilda Venakar –
soqovlar instituti ochiladi hamda unda I.May (1754-1874) va F.Shtorklar (1746-1820)
tomonidan mimika o‘qitish metodi takomillashtirilgan holda, qayta tuziladi: ta’lim
jarayonida daktil alfaviti keng qo‘llanilib, imo-ishora nutqidan esa yordamchi vosita
sifatida foydalana boshlanadi. Ikki amaliyotchi-olim ishlari M.Menus (1774-1850)
tomonidan davom ettiriladi hamda u bu metodni to‘ldirgan holda o‘qitish jarayoniga
karlarni og‘zaki nutqqa o‘rgatishni kiritadi. Bu davrga kelib, keng qo‘llanilayotgan sof
og‘zaki metod asta-sekin o‘z ko‘rinishini o‘zgartirib boradi. Masalan, F.M.Gil (1805-
1874) tomonidan kar-soqovlarni og‘zaki nutq, lab yordamida o‘qish, yozuv va
o‘qitishga o‘rgatish bo‘yicha qator qo‘llanmalar yaratiladi. Olim tomonidan yaratilgan
o‘qitish tizimining yangiligi karlarni o‘qitish jarayonida umumta’lim fanlari doirasini
kengaytirish bilan tavsiflanadi. F.M.Gil o‘qitishda bola idrokining tabiiyligi hamda
o‘ziga xosligi tamoyillariga tayangani sababli keyinchalik u tomonidan yaratilgan